Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 1-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 1-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 578 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Adabiyot 1-mavzu yuzasida testlar 1-MAVZU : ALPOMISH 1 / 20 Hakimbek nima uchun alp deb ataladi? (Alpomish nomini oladi) A) Yetti yoshida Boybo'ridan qolgan o'n to'qqiz botmonlik yoy (kamon)ni ko'targani uchun B) to’g’ri javob yo’q C) Boboxon to'gining cho'qqisini uchirib yuborgani uchun D) Yakkama yakka olishuvda Qultoyni yenggani uchun 2 / 20 "Alpomish" dostonidan olingan quyidagi parcha kim tomonidan aytilgan? Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, Osilmaymiz Boybo'rining doriga A) Qaldirg'och B) Qultoy C) Kayqubod D) Yartiboy 3 / 20 “Tortib olib bo’lmasa ,sotib olib bo’lmasa ,xudo bermasa qayoqdan qilamiz taraddi ?” Bu kimning nutqi gap kim yoki nima haqida? A) Boybo’ri, farzand haqida B) Boysari ,farzand haqida C) Ko’kaldosh ,Barchin haqida D) Rajabxo’ja eshon ,Qorajon haqida 4 / 20 "Alpomish" dostonida boshqa dostonlarga nisbatan qanday xususiyat ustunlik qiladi? A) Qahramonlik B) ) Mubolag'aviylik C) Hayotilik D) Xayolilik 5 / 20 “..qariganda bizning molimiz behisobga chiqdi .Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” Bu kimning tashabbusi ? A) Bir chapanitob boyvachcha B) Boybo’ri C) Boysari D) Shohimardon pir 6 / 20 "Alpomish" dostonidagi zakot masalasi tufayli kimlar o'rtasida sovuqchilik tushadi? A) Boybo'ri va Boysari B) Boybo'ri va Hakimbek C) Barchin va uning onasi D) Hakimbek va Barchin 7 / 20 ”Alpomish" dostonida Barchinning Alpomishga yozgan maktubini Boybo'ri yashirdi. Uni kim topdi ? A) Alpomishning onasi B) mahramlar C) Qaldirg'och D) Qultoy 8 / 20 “Qarichlab ko’rdi : sag’risining ustidan qulog’ining o’rtasigacha to’qson olti ,ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi .Sag’risini silab burnidan naycha qo’yib durbin bilan qarab ko’rdikim ,qo’ltig’ida to’rt yarim gaz qanoti taklam –buklam bo’lib yotar” Ushbu parchada qaysi qahramon ot tasvirlangan ? A) G’irko’k B) Raxsh C) Boychibor D) Ko’do’nan 9 / 20 ”Alpomish “ dostonida “ Xudoning yaratgan sheri “ deya ta’riflangan obraz qaysi? A) Qorajon B) Alpomish C) Shohimardon pir D) Ko’kaldosh 10 / 20 ”Alpomish “ dostonida “tarzi gul yuzli ,shirin so’zli, bir siyosatli kishi deya ta’riflangan qahramon qaysi ? A) Alpomish B) Shohimardon pir C) Rajabxo’ja eshon D) Qorajon 11 / 20 “Alpomish” dostonida buzg’unchilik va janjalkashligi bilan tanilgan kim edi ? A) Tovka oyim B) Ko’kaman C) Ko’kaldosh D) Surxayil kampir 12 / 20 Quyida keltirilgan ta’rif “Alpomish” dostonidagi qaysi personajga taaluqli ? “ Majlisi kun bo’lsa ,to’rdan joy tegmay ,piyoladan choy tegmay ,bo’sag’aning oldida ko’rishga joy bermay kovush bilan aralashib ,it yiqilish bo’lib ,poyga betida yotar edi “ A) Yartiboy oqsoqol B) Kayqubod C) Qultoy D) Farmonqul 13 / 20 Hakimbek Murodtepada birinchi bo'lib kim bilan uchrashdi? A) Boyqashqa B) Qorajon C) Ko'kaldosh D) Qultoy 14 / 20 Poygada Alpomish nomidan Qorajon chopib, Boboxon tog'iga yetgach keyin yetib kelgan qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni boylab o'zlari jo'nab ketganda ularni kim qutqaradi? A) Qultoy B) Alpomishning Rajabxo'ja eshon degan piri C) Shohimardon piri D) Kayqubod 15 / 20 ”Alpomish" dostonidagi zakot tushunchasi birinchi marta kimlar o'nasidagi suhbatda tilga olinadi? A) Boybo'ri va Hakimbek B) Barchin va uning onasi C) Hakimbek va Qaldirg'och D) Boybo'ri va Boysari 16 / 20 "Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi? A) Boysarini B) Qalmoqshchni C) Alpomishni D) Kayqubodni 17 / 20 Alpomish qalmoq yurtiga ketayotganda ruhlantirib dalda bergan kim? A) Yartiboy baxshi B) Qultoy C) Boybo'ri D) Qaldirg'och 18 / 20 "Alpomish" dostoni qaysi voqeadan boshlanadi? A) Yoy tortish marosimi tasviri bilan B) Zakot munozarasidan C) Aka uka Boybo'ri va Boysarilarning farzandsizligi voqealaridan D) Hakimbek va Barchinning tug'ilishi tasviri bilan 19 / 20 Boybo'ri va Boysari kim? A) Boybo'ri chambil shohi, Boysari behisob boylik egasi B) Boybo'ri behisob boylik egasi, Boysari Kashal shohi C) Boybo'ri va Boysari tengsiz dongdor polvonlar D) O'zbek qo'ng'irot urug'ining boshliqlari 20 / 20 "Dunyoda bir kam to'qson alp o tdi. alplarning boshligi ... edi oxiri bu ... alp bo'lsin". "Alpomish" dostonidan olingan jumladagi nuqtalar o'miga tegishlisini toping. A) Alpomish. Yodgor B) Rustami Doston, Alpomish C) Ko'kaldosh, Qorajon D) Go'ro'g'li. Hakimbek 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz