9-sinf Adabiyot 1-mavzu

3
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

9-sinf Adabiyot 1-mavzu yuzasida testlar

1-MAVZU :  ALPOMISH 

1 / 20

”Alpomish" dostonida Barchinning Alpomishga yozgan maktubini Boybo'ri yashirdi. Uni kim topdi ?

2 / 20

“Qarichlab ko’rdi : sag’risining ustidan qulog’ining o’rtasigacha to’qson olti ,ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi .Sag’risini silab burnidan naycha qo’yib durbin bilan qarab ko’rdikim ,qo’ltig’ida to’rt yarim gaz qanoti taklam –buklam bo’lib yotar” Ushbu parchada qaysi qahramon ot tasvirlangan ?

3 / 20

”Alpomish “ dostonida “ Xudoning yaratgan sheri “ deya ta’riflangan obraz qaysi?

4 / 20

Quyida keltirilgan ta’rif “Alpomish” dostonidagi qaysi personajga taaluqli ? “ Majlisi kun bo’lsa ,to’rdan joy tegmay ,piyoladan choy tegmay ,bo’sag’aning oldida ko’rishga joy bermay kovush bilan aralashib ,it yiqilish bo’lib ,poyga betida yotar edi “

5 / 20

“Alpomish” dostonida buzg’unchilik va janjalkashligi bilan tanilgan kim edi ?

6 / 20

"Alpomish" dostonida boshqa dostonlarga nisbatan qanday xususiyat ustunlik qiladi?

7 / 20

"Alpomish" dostonidagi zakot masalasi tufayli kimlar o'rtasida sovuqchilik tushadi?

8 / 20

"Dunyoda bir kam to'qson alp o tdi. alplarning boshligi ... edi oxiri bu ... alp bo'lsin". "Alpomish" dostonidan olingan jumladagi nuqtalar o'miga tegishlisini toping.

9 / 20

“Tortib olib bo’lmasa ,sotib olib bo’lmasa ,xudo bermasa qayoqdan qilamiz taraddi ?” Bu kimning nutqi gap kim yoki nima haqida?

10 / 20

”Alpomish “ dostonida “tarzi gul yuzli ,shirin so’zli, bir siyosatli kishi deya ta’riflangan qahramon qaysi ?

11 / 20

Hakimbek Murodtepada birinchi bo'lib kim bilan uchrashdi?

12 / 20

“..qariganda bizning molimiz behisobga chiqdi .Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” Bu kimning tashabbusi ?

13 / 20

”Alpomish" dostonidagi zakot tushunchasi birinchi marta kimlar o'nasidagi suhbatda tilga olinadi?

14 / 20

Alpomish qalmoq yurtiga ketayotganda ruhlantirib dalda bergan kim?

15 / 20

"Alpomish" dostonidan olingan quyidagi parcha kim tomonidan aytilgan? Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, Osilmaymiz Boybo'rining doriga

16 / 20

"Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi?

17 / 20

Hakimbek nima uchun alp deb ataladi? (Alpomish nomini oladi)

18 / 20

Poygada Alpomish nomidan Qorajon chopib, Boboxon tog'iga yetgach keyin yetib kelgan qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni boylab o'zlari jo'nab ketganda ularni kim qutqaradi?

19 / 20

"Alpomish" dostoni qaysi voqeadan boshlanadi?

20 / 20

Boybo'ri va Boysari kim?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0