Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 6-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 126 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: OYBEK 1 / 25 "Kuntug'mish" dostonida sahroriishin cho'ponlar "tojiki" va "o'zbaki" deganda nimani yoki kimni nazarda tutishar edi? A) "tojiki" deb g'azalni,"o'zbaki" deb jo'n so'zni B) "tojiki" deb boyni,"o'zbaki" deb kambag'alni C) "tojiki" deb baliqchini,"o'zbaki" deb cho'ponni D) "tojiki" deb ayyorni,"o'zbaki" deb jo'n odamni 2 / 25 Lutfiy qaysi g'azalida besh so'zdan iborat radif qo'llagan? A) «Xoh inon, xoh inonma» B) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 3 / 25 Husayn Boyqaro qaysi faslda taxtga chiqqan? A) qish B) bahor C) ) yoz D) kuz 4 / 25 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining B) «Oqibat» radifli g'azalining C) «Eshit..» radifli g'azalining D) «Etib ket» radifli g'azalining 5 / 25 Quyidagi misralar G'afur G'ulomning qaysi she'ridan olingan? Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so'raydi qadrin. A) «Kuzatish» B) «Sen yetim emassan» C) «Vaqt» D) «Sog'inish» 6 / 25 Oybek bir she'rida: «Viqor-la o'shshaygan qoya labida», «quyoshga ko'tarib bir savat oq gul», - deya qaysi obrazning mag'rur timsolini chizadi? A) lolaning B) sharsharaning C) qoyaning D) na'matakning 7 / 25 «Na'matak» she'rida Oybek qaysi obraz haqida: «Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil», - deydi? A) lola haqida B) shabada haqida C) shalola haqida D) na'matak haqida 8 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Xonaqoni tashlab fikr fanlami mindi, Elektron tekshiradi kechagi cho'pon A) «Qoraxat» B) «Na'matak» C) «0'zbekiston» D) «Kuz yomg'iri...» 9 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Derdilarki: «uning ruhi injiq va xasta», Biroq, tomchi qoni uning bir kulcha oltin!.. A) «0'zbekiston» B) «Kuz yomg'iri...» C) «Qoraxat» D) «Na'matak» 10 / 25 Oybekning qaysi she'rida o'lkaning kechagi va bugungi kuni, tabiati, xalqi, shu xalq qilayotgan tinimsiz mehnat va uning natijalari bor rang-barangligida ko'z oldimizda gavdalantiriladi? A) «0'zbekiston» B) «Na'matak» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Qoraxat» 11 / 25 Oybekning qaysi she'ri Sobiq sho'rolar davlati, jumladan, O'zbekistonda ham «sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar», «xalq dushmanlari»ni fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir pallada, xalq, millat qayg'usida ijod qilgan va qilayotgan jadid ziyolilari, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari erk kuychilarini yoppasiga qoralash oddiy holga aylangan davrda yozilgan? A) «Na'matak» B) «0'zbekiston» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Qoraxat» 12 / 25 Oybek 1927-yilda qaysi ustozi haqidagi bo'htonlarga qarshi maqola yozgan? A) Fitrat B) Furqat C) Cho'lpon D) Abdulla Qodiriy 13 / 25 Oybekning «Na'matak» she'rida qaysi obrazning na'matakning poyida yum-yum yig'lashi tasvirlanadi? A) kumush qorning B) oq yulduzning C) vahshiy toshlarning D) viqor-la o'shshaygan qoyalarning 14 / 25 Quyidagi to'rtlikda qo'llanilgan jonlantirishni toping Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To'kildi umidning rangli barglari Osildi bir onda qo'llar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari A) «quyosh zarlari» B) «Bexosdan uzilgan shoda dur kabi» C) «Yer qochdi» D) «umidning rangli barglari» 15 / 25 Oybekning qaysi she'rida quvonchlarga baxil hayotdan ozor topgan lirik qahramon ko'nglidagi dardlar zalvori seziladi? A) «Cholg'u tovushi» B) «Na'matak» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Qoraxat» 16 / 25 Oybekning shoir sifatida shakllanishida qaysi barmoq va erkin vazndagi yangi o'zbek she'riyati asoschilaridan birining ta'siri juda kuchli bo'lgan? A) Cho'lponning B) Fitratning C) Furqatning D) Abdulla Qodiriyning 17 / 25 Oybekning «Na'matak» she'rida nimaning joyi qorong'I chakalakzorlarda, nur tushmas puchmoqlarda emas, «yuksakda, shamolning belanchagida» ekanligi tasvirlanadi? A) oppoq kabutarning B) viqorli qoyaning C) kumush qorning D) na'matakning 18 / 25 Oybekning Ikkinchi jahon urushi qurbonlari haqida uzluksiz kelayotgan shum xabarlar dahshatini o'zida ifoda etgan to'rtligi nomini toping A) «Olovli уо'Иаг» B) «0'zbekiston» C) «Front bo'ylab» D) «Qoraxat» 19 / 25 Quyidagi to'rtlikda qo'llanilgan o'xshatishni toping. Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To'kildi umidning rangli barglari. Osildi bir onda qo'llar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari... A) «Bexosdan uzilgan shoda dur kabi» B) «umidning rangli barglari» C) «quyosh zarlari» D) «Yer qochdi» 20 / 25 Oybekning 1922-yilda e'lon qilingan ilk she'rlaridan birini toping. A) «Cholg'u tovushi» B) «Front bo'ylab» C) «Tuyg'ular» D) «Ko'ngil naylari» 21 / 25 Oybekning boy adabiy merosi necha jildli «Mukammal asarlar to'plami»dan joy olgan? A) 10 jildli B) 18 jildli C) 28 jildli D) 20 jildli 22 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Yaratildi bir shoh asar, go'zal bir doston, G'adir-budur mehnat qo'li bitgandir buni. A) «Kuz yomg'iri...» B) «0'zbekiston» C) «Na'matak» D) «Qoraxat» 23 / 25 Oybekning qaysi she'ri erksizlik, tutqunlikka bo'ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go'zallikning so'nmas timsoli bo'lib qoldi? A) «0'zbekiston» B) «Na'matak» C) «Qoraxat» D) «Kuz yomg'iri...» 24 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Bolg'alar-la parchalandi uyqu iloni, Mehnatkash el bukun belin ko'tardi mag'rur. A) «Qoraxat» B) «Kuz yomg'iri...» C) «0'zbekiston» D) «Na'matak» 25 / 25 Oybekning qaysi she'rida tasvirlangan ijodiy qudrat, so'nmas ruh Nasimiy va Mashrab nazmida, Pushkin va Lermontovning erkparvar she'rlarida, Cho'lpon va Musa Jalillar nidosida yangragan ruhdir? A) «0'zbekiston» B) «Na'matak» C) «Cholg'u tovushi» D) «Qoraxat» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz