Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 4-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 156 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: NODIRA 1 / 23 Mohiboyni o'limdan qutqarib qolgan inson kim edi? A) Olim Sayyod B) Aldarxo'ja C) Gurkiboy D) Cho'ponlar 2 / 23 Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azaliga tazmin (nazira) bitgan ijodkomi toping. A) Ogahiy B) Nodira C) Uvaysiy D) Boborahim Mashrab 3 / 23 Alisher Navoiy podshohga bir masala yuzasidan necha martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi? A) 5 marta B) 7 marta C) 9 marta D) 3 marta 4 / 23 Qaysi hukmdorning buyrug'i bilan Nodiraning o'zi, o'g'illari va nevaralari vahshiyona qatl etiladi? A) Qo'qon xoni Nasrulloxonning B) Qo'qon xoni Isfandiyorxonning C) Buxoro amiri Nasrulloxonning D) Xiva xoni Isfandiyorxonning 5 / 23 Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san'atdan foydalanilgan? Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma A) talmeh B) husni ta'lil C) irsoli masal D) tajnis 6 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qofiyasidagi so'zlar qaysi tilga mansub? A) turkiy B) fors-tojikcha C) arab D) uyg'ur 7 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida «sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab'i noshodim» undalmalari bir yo'la ikki obyektga qaratilgan holda qo'llangan? A) «Ehtiyoj» radifli g'azalida B) «Eshit» radifli g'azalida C) «Etib ket» radifli g'azalida D) «Oqibat» radifli g'azalida 8 / 23 Nodiraning nisbatan to'la deb hisoblangan turkiy devonida (ayrimlari tojikcha) nechta g'azal mavjud? A) 189ta B) 174ta C) 140 ta D) 156ta 9 / 23 Nodira qalamiga mansub «Oqibat» radifli g'azalning maqta'sida qaysi badiiy san'at qo'llanilgan? Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim, Navbahor o'tti, xazon o'ldi guliston oqibat A) tanosub B) tashbeh C) tazod D) mubolag'a 10 / 23 Nodiraning qaysi g'azali lirik qahramonning (g'azal «Kel», - degan undov so'z bilan boshlanadi, maqta'da «Ey Nodira», - degan undalma keltiriladi) shoiraga murojaati tarzida bitilgan? A) «Etib ket» radifli g'azali B) «Eshit» radifli g'azali C) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azali D) «Oqibat» radifli g'azali 11 / 23 Nodiraning qaysi musammat (muashshar)i o'zbek so'z san'atining ajoyib namunasi hisoblanadi? A) «Firoqnoma» B) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et...» C) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» D) «Kel, sanga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido...» 12 / 23 Nodiraning «Oqibat» radifli g'azalidagi eng muhim badiiy san'at qaysi? A) tashbeh B) tashxis C) mubolag'a D) tazod 13 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Oqibat» radifli g'azalining B) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining C) «Etib ket» radifli g'azalining D) «Eshit..» radifli g'azalining 14 / 23 Nodira qalamiga mansub «Eshit» radifli g'azalning radifi («eshit» so'zi) qaysi tilga mansub? A) arab tiliga B) turkiy tilga C) fors-tojik tiliga D) uyg'ur tiliga 15 / 23 Nodiraning turmush o'rtog'i Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A) Marg'iloniy B) Umarxon C) Amiriy D) Xon 16 / 23 Nodiraning forsiy she'rlari jamlangan devoni qanday nomlangan? A) «Devoni forsiy» B) «Devoni Komila» C) «Devoni Макпипа» D) «Devoni Nodira» 17 / 23 Nodirani zullisonayn shoiralar qatoriga kiritishimizning sababi nimada? A) arab va turk tillarida ijod qilganligi B) o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilganligi C) ijodida ikki xil she'riy san'atning ko'p qo'llanilganligi D) ijodida ikki xil janrning ko'p qo'llanilganligi 18 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qanday g'azal sanaladi? A) rindona B) musalsal C) oshiqona D) orifona 19 / 23 Nodiradan nechta devon qolgan? A) beshta B) bitta C) uchta D) ikkita 20 / 23 Nodira fors-tojik tilidagi asarlarini qaysi taxallus bilan yozgan? A) Maknuna B) Mohlaroyim C) Nodira D) Komila 21 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida 2 karra undov so'z va 2 bor undalma ishlatilgan? A) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» g'azalida B) «Oqibat» radifli g'azalida C) «Etib ket» radifli g'azalida D) «Eshit» radifli g'azalida 22 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida an'anaviy daraxt timsollari («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli oh», «shoxi shamshod»)dan keng foydalanilgan? A) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalida B) «Oqibat» radifli g'azalida C) «Eshit» radifli g'azalida D) «Etib ket» radifli g'azalida 23 / 23 Nodiraning qaysi taxallus bilan ham o'zbekcha she'rlar bitgani ma'lum? A) Maknuna B) Mohlaroyim C) Komila D) Oyshabegim 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz