Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 11-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 11-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 104 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar 11 – MAVZU: O`TKIR HOSHIMOV 1 / 30 Quyidagi maqolning davomini toping. "Betashvish bosh qayda..." A) betashvish osh qayda B) mehnatsiz osh qayda C) o'smasiz qosh qayda D) qup-quruq tosh qayda 2 / 30 Topishmoqning javobini toping: «Otasi uzun xo'ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar». A) yil, oy, kunlar B) anjir daraxti, bargi, mevalari C) quyosh, oy, yulduzlar D) tok, bargi, uzumi 3 / 30 Imom Buxoriyning yoshlik chog’larida ko’zlari ojizlanib qoladi va onalarining tushlariga ….. alayhissalom kirib, duolar ijobat bo’lganligi va o’g’illariga ko’rish qobiliyati qaytarilganligini aytadi. Nuqtalar o’rniga tegishli so’zni qo’ying . A) Dovud alayhissalom B) Muso alayhissalom C) Ibrohim alayhissalom D) Nuh alayhissalom 4 / 30 Qaysi qatorda do'stga sodiq qolishni o’rgatuvchi masal berilgan? A) «Bo'ri bilan Laylak» B) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» C) «Eshak bilan baqalar D) «Kiyik bilan tokzor». 5 / 30 “Uch og‘a - ini botirlar” ertagidagi botirlarning yoshi qaysi qatorda to‘g‘ri va tartib bilan berilgan? A) 21, 18, 16 B) 20, 18, 16 C) 23, 19, 18 D) 22, 18, 17 6 / 30 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida “xirs”(ayiq)ga o’xshatilgan inson? A) Jambilning zolim xoni B) o’tinchi chol C) Darxon D) Jarjon shoxi 7 / 30 Gans ulkan odamga nimani taklif etadi? A) o'ziga shogird tushishini B) jang qilib kuch sinashishni C) birga dunyo kezishni D) birga ovga chiqishni 8 / 30 «Zulmat ichra nur» qissasida G'iyosiddinning laqabi... A) G'iyosiddin Kichkina B) Kichkina Bahodir C) Kichkina G'iyosiddin D) Kichkina Shermat 9 / 30 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida bolaning ko'ziga har vaqt quruq ko'rinadigan va unda faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotiladigan do'kon kimniki? A) Musa baqqolniki B) Sobir baqqolniki C) Dadaqo'ziniki D) Mo'min baqqolniki 10 / 30 Bizning qishloq tog‘ bag‘rida, Tog‘ bag‘rida - bog‘ bag‘rida, Etagida chopqillar soy, Yozda tiniq, kuzda tiniq. Ushbu misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan? A) “Qishlog‘im” B) “Baliq ovi” C) “To‘rg‘ay” D) “Shudring” 11 / 30 «Farzandlarimga o'gitlar»dan olingan O'tkir Hoshimov fikrlarini davom ettiring. «...oilada janjal chiqsa, eng avval... » A) «...AIIohdan gunohlaringni mag'firat qilishini so'ra!» B) «...tilingga tishlaringni soqchi qil!» C) «...jahl - dushman, aql esa do'stligini o'yla!» D) «...farzandlaringni o'ylab ish qil!» 12 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasining qaysi hikoyasida lirik qahramon bolaligida qizamiq, ko'kyo'tal, bezgak kabi kasalliklar bilan ko'p og'rigani haqida aytib o'tadi? A) «Haqqush» B) «Gilam paypoq» C) «Iltijo» D) «Oq marmar, qora marmar» 13 / 30 O'tkir Hoshimov romanlarini toping. A) «Qora quyosh», «Nur borki, soya bor», «To'ylar muborak» B) «Inson sadoqati», «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik orasi» C) «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor», «Kvazarlar» D) «Tushda kechgan umrlar», «Ikki eshik orasi», «Nur borki, soya bor» 14 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni: «...birinchi bo'lib sendan yuz o'giradi», - deydi? A) amal kursisiga o'tirganingda eng ko'p tovoningni yalagan odamni B) haddan ortiq erkalatilib, odobi buzib qo'yilgan odamni C) do'stingman deb yurjb, sotqinlik qiladigan odamni D) ikkiyuzlamachi, munofiq odamni 15 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kimdan qo'rqish kerakligini farzandlarga uqtiradi? A) siyratingdagi dushmandan B) do'stga aylanganday ko'ringan dushmandan C) dushmanga aylangan do'stdan D) har narsaga befarq qarovchidan 16 / 30 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Ikki eshik orasi» B) «Urushning so'nggi qurboni» C) «Dunyoning ishlari» D) «Cho'l havosi» 17 / 30 «Gilam paypoq» hikoyasida ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini olib, shosha-pisha, tahlika bilan halloslagancha kimning uyiga yuguradi? A) tabib Roqiya buvining B) tabib Anor buvining C) tabib Hoji buvining D) tabib Bashor buvining 18 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni «jasur» deydi? A) rostgo'y odamni B) botinini illatlardan himoya qiladigan odamni C) Vatanini ilm bilan himoya qiladigan odamni D) Vatanini qilich bilan himoya qiladigan odamni 19 / 30 «Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Buning boisi boshqa joydadir.Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uhun ham Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir». Ushbu parcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? A) «Qarz» B) «Alla» C) «Iltijo» D) «Haqqush» 20 / 30 Qaysi adib O'tkir Hoshimovning ilk qissasini o’qib, muallifga maktub yozgan va uni “sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan” asar yozgani bilan tabriklagan? A) G’afur G’ulom B) Oybek C) Abdulla Qahhor D) Said Ahmad 21 / 30 «Esingizdami,oyi,ukamga -alla aytardingiz. Men allaning ohangiga malt bo‘libuxlabqolardim. o‘shabeshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham oromolganman ». Ushbuparcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoningishlari» qissasidagiqaysihikoyadanotingan? A) «lltijo» B) «Haqqush» C) «Gilampaypoq» D) «Qarz» 22 / 30 O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan? A) «Nur borki, soya bor», «Tushda kechgan umrlar» B) «Dunyoning ishlari», «Oltin zanglamas» C) «Odamlar nima derkin?», «Odam bo‘lish qiyin» D) «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» 23 / 30 O'tkir Hoshimovning qaysi asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topadi? A) «Ikki karra ikki - besh» B) «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» C) «Ikki eshik orasi» D) «Dunyoning ishlari» 24 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasidagi «Qarz» hikoyasida yetti yoshga to'lgan qizning ismi nima edi? A) Baxti B) Guli C) Nilufar D) Zulfizar 25 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kim haqida: «...hech nimaga erisholmaydi. Faqat o'zgani ham, o'zini ham abgor qiladi», -degan fikrni bildiradi? A) hasadgo'y haqida B) nodon haqida C) beodob haqida D) manman haqida 26 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: ((Mening kasbimni tanlama», - deya maslahat berganini qanday izohlaydi? A) «Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma'qul qilish undan ham qiyin...» B) «Ma'naviyatsiz fan bo'lmaganidek, ilmsiz ma'naviyat ham yo'q... Yozuvchilar inson ma'naviyatining bog'bonlaridir...» C) «Badiiy asarlarning kishida his-tuyg'u uyg'otishining sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli... Yozuvchi buni o'z yuragida his etmasa, bundan ASL A D) «Ilm olish igna bilan quduq qazish bo'lsa, barcha uchun baravar asar yozish undan-da murakkabdir...» 27 / 30 «... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad et- mas, ikkalasi qo’shilib, bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi». O’. Hoshimovning «Alla» hikoyasidan olingan bu parchadagi ikki narsa nima edi? A) qo’shiq va qarsak B) tilovat va yig’i C) yig’i va kulgi D) tilovat va alla 28 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasi takibiga kiruvchi «Gilam paypoq» hikoyasidan olingan quyidagi parchada qo'llangan «kavshandoz» nima? «Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi ko'rdim. Kalishning ichi qorga tola edi...» A) uyning tashqariga olib chiqadigan eshigi B) uyning oyoq kiyimi yechib kiriladigan joyi C) uyning kiraverishiga to'shaladigan sholcha D) oyoq kiyimlar turadigan uyjihozi 29 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: «Xudo bergan eng bebaho boylik», - deya nimalarni yoki kimlarni tilga oladi? A) iste'dodi va qalbini B) asarlarini C) ota-onasini D) farzandlarini 30 / 30 O'tkir Hoshimov tilidan aytilgan quyidagi jumlani davom ettiring. “ Mening ikkita qimmatli «asarim» bor...» A) «biri - ilmim, biri - aqlim!» B) «biri - o'glim, biri - qizim!» C) «biri - vijdonim, biri - iymonim!» D) «biri - dilim, biri - tilim!» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz