Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 11-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 11-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 108 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar 11 – MAVZU: O`TKIR HOSHIMOV 1 / 30 Maqolni davom ettiring: Olqish olgan omondir, .... A) Qarg'ish olgan yomondir B) A,B,C C) Olqishning ming rohati bor D) Olqish oltin emasmi?! 2 / 30 Topishmoqlar qancha hajmda va qanday shaklda bo’ladi ? A) nasriy ,hajmi chegaralanmagan B) nasriy va she’riy ,to’rt misragacha va undan ko’p C) lirik ,ikki –to’rt misrali D) dramatik ,to’rt misragacha 3 / 30 Hadislarga ko’ra kimlar qiyomat kun ota-onalarini do’zaxdan parda bo’lib to’sib turadilar? A) yosh qizaloqlar B) yetim bolalar C) nogiron bolalar D) ilm o’rgangan bolalar 4 / 30 “Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’zinyioq yaxshilikka yo’yadilar” Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalida aks etgan ? A) «Bo'ri bilan Laylak» B) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» C) «Eshak bilan baqalar D) «Kiyik bilan tokzor». 5 / 30 "Uch og'a-ini botirlar" ertagida aka-ukalarning suhbatlaridan birida qayd etilgan uchta narsaning nomi ko'rsatilgan javobni aniqlang? A) shinni, non, go'sht B) non, qon, dasturxon C) non, kitob, shinni D) go'sht, dasturxon 6 / 30 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida “xirs”(ayiq)ga o’xshatilgan inson? A) Jambilning zolim xoni B) o’tinchi chol C) Jarjon shoxi D) Darxon 7 / 30 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz tikuvchini temir gurzi bilan o'ldirmoqchi bo'ladi? A) yakkashox B) qirol askari C) qirol D) ulkan odam 8 / 30 «Zulmat ichra nur» qissasida “Ul kishi Shohruxning yonida yurib, ko‘rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan. Shundog' olim kishi mrining oxirida qashshoqlikka tushib, do'stlarga zor, bo'libdur, hay darig‘ ” ta’rifi kim haqida? A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Mavlono Qosim Anvor C) Mavlono Lutfiy D) Zahiriddin Muhammad 9 / 30 Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil etadi ? A) 15 tom B) 10 tom C) 12 tom D) 20 tom 10 / 30 Mirtemirning birinchi she'ri qachon va necha yoshida e'lon qilinadi? A) 1928-yilda, 18 yoshida B) 1926-yilda, 16 yoshida C) 1929-yilda, 19 yoshida D) 1927-yilda, 17 yoshida 11 / 30 «... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad et- mas, ikkalasi qo’shilib, bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi». O’. Hoshimovning «Alla» hikoyasidan olingan bu parchadagi ikki narsa nima edi? A) tilovat va yig’i B) tilovat va alla C) qo’shiq va qarsak D) yig’i va kulgi 12 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kim haqida: «...hech nimaga erisholmaydi. Faqat o'zgani ham, o'zini ham abgor qiladi», -degan fikrni bildiradi? A) nodon haqida B) beodob haqida C) hasadgo'y haqida D) manman haqida 13 / 30 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Cho'l havosi» B) «Urushning so'nggi qurboni» C) «Dunyoning ishlari» D) «Ikki eshik orasi» 14 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: «Xudo bergan eng bebaho boylik», - deya nimalarni yoki kimlarni tilga oladi? A) asarlarini B) ota-onasini C) farzandlarini D) iste'dodi va qalbini 15 / 30 O'tkir Hoshimov romanlarini toping. A) «Tushda kechgan umrlar», «Ikki eshik orasi», «Nur borki, soya bor» B) «Qora quyosh», «Nur borki, soya bor», «To'ylar muborak» C) «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor», «Kvazarlar» D) «Inson sadoqati», «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik orasi» 16 / 30 Qaysi adib O'tkir Hoshimovning ilk qissasini o’qib, muallifga maktub yozgan va uni “sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan” asar yozgani bilan tabriklagan? A) Said Ahmad B) Abdulla Qahhor C) G’afur G’ulom D) Oybek 17 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: ((Mening kasbimni tanlama», - deya maslahat berganini qanday izohlaydi? A) «Ilm olish igna bilan quduq qazish bo'lsa, barcha uchun baravar asar yozish undan-da murakkabdir...» B) «Badiiy asarlarning kishida his-tuyg'u uyg'otishining sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli... Yozuvchi buni o'z yuragida his etmasa, bundan ASL A C) «Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma'qul qilish undan ham qiyin...» D) «Ma'naviyatsiz fan bo'lmaganidek, ilmsiz ma'naviyat ham yo'q... Yozuvchilar inson ma'naviyatining bog'bonlaridir...» 18 / 30 O'tkir Hoshimovning qaysi asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topadi? A) «Ikki eshik orasi» B) «Dunyoning ishlari» C) «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» D) «Ikki karra ikki - besh» 19 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kimdan qo'rqish kerakligini farzandlarga uqtiradi? A) har narsaga befarq qarovchidan B) do'stga aylanganday ko'ringan dushmandan C) dushmanga aylangan do'stdan D) siyratingdagi dushmandan 20 / 30 «Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Buning boisi boshqa joydadir.Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uhun ham Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir». Ushbu parcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? A) «Qarz» B) «Alla» C) «Iltijo» D) «Haqqush» 21 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni: «...birinchi bo'lib sendan yuz o'giradi», - deydi? A) amal kursisiga o'tirganingda eng ko'p tovoningni yalagan odamni B) do'stingman deb yurjb, sotqinlik qiladigan odamni C) haddan ortiq erkalatilib, odobi buzib qo'yilgan odamni D) ikkiyuzlamachi, munofiq odamni 22 / 30 O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan? A) «Nur borki, soya bor», «Tushda kechgan umrlar» B) «Odamlar nima derkin?», «Odam bo‘lish qiyin» C) «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» D) «Dunyoning ishlari», «Oltin zanglamas» 23 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasidagi «Qarz» hikoyasida yetti yoshga to'lgan qizning ismi nima edi? A) Zulfizar B) Nilufar C) Baxti D) Guli 24 / 30 «Esingizdami,oyi,ukamga -alla aytardingiz. Men allaning ohangiga malt bo‘libuxlabqolardim. o‘shabeshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham oromolganman ». Ushbuparcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoningishlari» qissasidagiqaysihikoyadanotingan? A) «lltijo» B) «Qarz» C) «Haqqush» D) «Gilampaypoq» 25 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasi takibiga kiruvchi «Gilam paypoq» hikoyasidan olingan quyidagi parchada qo'llangan «kavshandoz» nima? «Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi ko'rdim. Kalishning ichi qorga tola edi...» A) oyoq kiyimlar turadigan uyjihozi B) uyning oyoq kiyimi yechib kiriladigan joyi C) uyning kiraverishiga to'shaladigan sholcha D) uyning tashqariga olib chiqadigan eshigi 26 / 30 «Gilam paypoq» hikoyasida ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini olib, shosha-pisha, tahlika bilan halloslagancha kimning uyiga yuguradi? A) tabib Roqiya buvining B) tabib Bashor buvining C) tabib Anor buvining D) tabib Hoji buvining 27 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasining qaysi hikoyasida lirik qahramon bolaligida qizamiq, ko'kyo'tal, bezgak kabi kasalliklar bilan ko'p og'rigani haqida aytib o'tadi? A) «Gilam paypoq» B) «Oq marmar, qora marmar» C) «Iltijo» D) «Haqqush» 28 / 30 O'tkir Hoshimov tilidan aytilgan quyidagi jumlani davom ettiring. “ Mening ikkita qimmatli «asarim» bor...» A) «biri - ilmim, biri - aqlim!» B) «biri - o'glim, biri - qizim!» C) «biri - dilim, biri - tilim!» D) «biri - vijdonim, biri - iymonim!» 29 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni «jasur» deydi? A) Vatanini qilich bilan himoya qiladigan odamni B) botinini illatlardan himoya qiladigan odamni C) Vatanini ilm bilan himoya qiladigan odamni D) rostgo'y odamni 30 / 30 «Farzandlarimga o'gitlar»dan olingan O'tkir Hoshimov fikrlarini davom ettiring. «...oilada janjal chiqsa, eng avval... » A) «...tilingga tishlaringni soqchi qil!» B) «...AIIohdan gunohlaringni mag'firat qilishini so'ra!» C) «...jahl - dushman, aql esa do'stligini o'yla!» D) «...farzandlaringni o'ylab ish qil!» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz