Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 11-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 11-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 78 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar 11 – MAVZU: O`TKIR HOSHIMOV 1 / 30 O’g’li borning o’rni bor Qizi borning ….’Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying A) so’zi B) nozi C) yuzi D) qadri 2 / 30 Topishmoqlar qancha hajmda va qanday shaklda bo’ladi ? A) lirik ,ikki –to’rt misrali B) dramatik ,to’rt misragacha C) nasriy va she’riy ,to’rt misragacha va undan ko’p D) nasriy ,hajmi chegaralanmagan 3 / 30 Imom Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», - degan gaplarni aytgan? A) Qo'qon xoni Nasrulloning B) Buxoro amiri Ahmad ibn Xorunning C) Qo'qon xoni Xudoyorxonning D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning 4 / 30 . Aqlni ishlatish, qiyinchilika sabrli bo’lish kerak, degan xulosa qaysi masalda ifodalangan ? A) Eshak bilan baqalar B) Kiyik bilan tokzor C) Burgut zag’cha va cho’pon D) Ustiga tuz yuklangan eshak m 5 / 30 Ertaklaming boshlanmasida qaysi jonivor „azonchi” deb ta’riflanadi? A) ola qarg‘a B) qirg‘ovul C) chumchuq D) qora qarg‘a 6 / 30 Oygul bilan Baxtiyor ertagida Darxon kim? A) Oygulning otasi B) qo’zg’olon boshlig’i C) В, С D) xizmatkor 7 / 30 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi jumla kim tomonidan kim haqida aytilgan? «Men kuchsizman-u, aqlliman, sen bo'lsang ahmoqsan-u, kuching ko'p. Men seni har vaqt aldab keta olaman...» A) qirol askari tomonidan tikuvchi haqida B) tikuvchi tomonidan ulkan odam haqida C) qirol askari tomonidan qaroqchi haqida D) tikuvchi tomonidan yakkashox haqida 8 / 30 “Zulmat ichra nur” asarida kim Alisherning Qosim Anvor she’ridan parcha o‘qiganini eshitgach, “ulug‘ shoiming otashin nafasidan bul go‘dak bolaning yuragiga bir alanga tushibdir” deb aytadi? A) Muhammad Ali B) G'iyosiddin C) Sharafiddin Ali Yazdiy D) Mirsaid 9 / 30 Oybekning dostonlari berilgan javobni toping. A) «Navoiy», «O'ch» B) «O'ch», «Baxtigul va Sog'indiq» C) «Hamza», «Bobo» D) «Qizlar», «Navoiy» 10 / 30 Mirtemir qaysi she’rida o’zini katta orzular va katta ishlarga chog’lanayotganini bildiradi ? A) “Baliq ovi” B) “Qishlog’im” C) “To’rg’ay” D) "Bulut " 11 / 30 «Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Buning boisi boshqa joydadir.Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uhun ham Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir». Ushbu parcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? A) «Alla» B) «Haqqush» C) «Qarz» D) «Iltijo» 12 / 30 O'tkir Hoshimov tilidan aytilgan quyidagi jumlani davom ettiring. “ Mening ikkita qimmatli «asarim» bor...» A) «biri - vijdonim, biri - iymonim!» B) «biri - o'glim, biri - qizim!» C) «biri - ilmim, biri - aqlim!» D) «biri - dilim, biri - tilim!» 13 / 30 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Ikki eshik orasi» B) «Urushning so'nggi qurboni» C) «Cho'l havosi» D) «Dunyoning ishlari» 14 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kim haqida: «...hech nimaga erisholmaydi. Faqat o'zgani ham, o'zini ham abgor qiladi», -degan fikrni bildiradi? A) nodon haqida B) hasadgo'y haqida C) manman haqida D) beodob haqida 15 / 30 Qaysi adib O'tkir Hoshimovning ilk qissasini o’qib, muallifga maktub yozgan va uni “sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan” asar yozgani bilan tabriklagan? A) Said Ahmad B) G’afur G’ulom C) Oybek D) Abdulla Qahhor 16 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni «jasur» deydi? A) Vatanini ilm bilan himoya qiladigan odamni B) Vatanini qilich bilan himoya qiladigan odamni C) rostgo'y odamni D) botinini illatlardan himoya qiladigan odamni 17 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: ((Mening kasbimni tanlama», - deya maslahat berganini qanday izohlaydi? A) «Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma'qul qilish undan ham qiyin...» B) «Ilm olish igna bilan quduq qazish bo'lsa, barcha uchun baravar asar yozish undan-da murakkabdir...» C) «Badiiy asarlarning kishida his-tuyg'u uyg'otishining sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli... Yozuvchi buni o'z yuragida his etmasa, bundan ASL A D) «Ma'naviyatsiz fan bo'lmaganidek, ilmsiz ma'naviyat ham yo'q... Yozuvchilar inson ma'naviyatining bog'bonlaridir...» 18 / 30 «Esingizdami,oyi,ukamga -alla aytardingiz. Men allaning ohangiga malt bo‘libuxlabqolardim. o‘shabeshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham oromolganman ». Ushbuparcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoningishlari» qissasidagiqaysihikoyadanotingan? A) «Gilampaypoq» B) «Qarz» C) «lltijo» D) «Haqqush» 19 / 30 «Gilam paypoq» hikoyasida ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini olib, shosha-pisha, tahlika bilan halloslagancha kimning uyiga yuguradi? A) tabib Roqiya buvining B) tabib Hoji buvining C) tabib Bashor buvining D) tabib Anor buvining 20 / 30 «... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad et- mas, ikkalasi qo’shilib, bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi». O’. Hoshimovning «Alla» hikoyasidan olingan bu parchadagi ikki narsa nima edi? A) qo’shiq va qarsak B) yig’i va kulgi C) tilovat va alla D) tilovat va yig’i 21 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasidagi «Qarz» hikoyasida yetti yoshga to'lgan qizning ismi nima edi? A) Zulfizar B) Nilufar C) Guli D) Baxti 22 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasi takibiga kiruvchi «Gilam paypoq» hikoyasidan olingan quyidagi parchada qo'llangan «kavshandoz» nima? «Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi ko'rdim. Kalishning ichi qorga tola edi...» A) uyning tashqariga olib chiqadigan eshigi B) oyoq kiyimlar turadigan uyjihozi C) uyning kiraverishiga to'shaladigan sholcha D) uyning oyoq kiyimi yechib kiriladigan joyi 23 / 30 «Farzandlarimga o'gitlar»dan olingan O'tkir Hoshimov fikrlarini davom ettiring. «...oilada janjal chiqsa, eng avval... » A) «...jahl - dushman, aql esa do'stligini o'yla!» B) «...tilingga tishlaringni soqchi qil!» C) «...farzandlaringni o'ylab ish qil!» D) «...AIIohdan gunohlaringni mag'firat qilishini so'ra!» 24 / 30 «Dunyoning ishlari» qissasining qaysi hikoyasida lirik qahramon bolaligida qizamiq, ko'kyo'tal, bezgak kabi kasalliklar bilan ko'p og'rigani haqida aytib o'tadi? A) «Iltijo» B) «Oq marmar, qora marmar» C) «Gilam paypoq» D) «Haqqush» 25 / 30 O'tkir Hoshimov romanlarini toping. A) «Qora quyosh», «Nur borki, soya bor», «To'ylar muborak» B) «Inson sadoqati», «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik orasi» C) «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor», «Kvazarlar» D) «Tushda kechgan umrlar», «Ikki eshik orasi», «Nur borki, soya bor» 26 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da qanday odamni: «...birinchi bo'lib sendan yuz o'giradi», - deydi? A) haddan ortiq erkalatilib, odobi buzib qo'yilgan odamni B) amal kursisiga o'tirganingda eng ko'p tovoningni yalagan odamni C) do'stingman deb yurjb, sotqinlik qiladigan odamni D) ikkiyuzlamachi, munofiq odamni 27 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kimdan qo'rqish kerakligini farzandlarga uqtiradi? A) do'stga aylanganday ko'ringan dushmandan B) siyratingdagi dushmandan C) dushmanga aylangan do'stdan D) har narsaga befarq qarovchidan 28 / 30 O'tkir Hoshimovning qaysi asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topadi? A) «Ikki karra ikki - besh» B) «Dunyoning ishlari» C) «Ikki eshik orasi» D) «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» 29 / 30 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da: «Xudo bergan eng bebaho boylik», - deya nimalarni yoki kimlarni tilga oladi? A) asarlarini B) ota-onasini C) farzandlarini D) iste'dodi va qalbini 30 / 30 O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan? A) «Dunyoning ishlari», «Oltin zanglamas» B) «Nur borki, soya bor», «Tushda kechgan umrlar» C) «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» D) «Odamlar nima derkin?», «Odam bo‘lish qiyin» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz