Tarix attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarix fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Buxoro ning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy quril ib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi?

2 / 40

Ma’lumki, 1500-yilda Bobur Mirzo va ukasi Jahongir Mirzo o’rtasida sulh imzolandi. Bu sulhga ko’ra, Jahongir Mirziga qaysi hududlar berilgan edi?

3 / 40

Zamonaviy qaysi davlatda bizdagi baxshilikka o’xshash san’at turi bor?

4 / 40

G‘or devorlariga chizilgan eng qadimiy rasmlar topilgan Lasko g‘ori xaritada qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da joylashgan?

5 / 40

XVII asr Germaniyada gegemonlik uchun kurashi davrida gabsburglar sulolasi qayerni boshqarar edi?

6 / 40

Abdullaxon 2 qayerlarni qilich bilan bo’ysundirgan? 1) Samarqand; 2) Balx; 3) Badaxshon; 4) Toshkent; 5) Xorazm; 6) Sayram; 7) Turkiston; 8) Farg’ona.

7 / 40

Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning Oʻ zbekistonga birinchi rasmiy davlat tashrifi qachon bolgan edi?

8 / 40

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kapital xo'jalik shakli uchun xos bo'lgan tarixiy evolutsiyani yakunlagan jaroyonni aniqlang

9 / 40

Boburning otasi Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlar berildi?

10 / 40

Maurya davlatining paytaxti qaysi shahar bo‘lgan?

11 / 40

Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar berilgan qatorlarni aniqlang.

12 / 40

Qo’qonda qo’shinning boshqaruv tartiblarini tog’ri moslashtiring. 1)o’z qo’shiniga ega beklik hokimi; 2) bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun ma’sul; 3) amiri lashkar maxsus bo’linmasi boshlig’i; 4) o’ljani baholaganva qo’shinning ma’naviy qiyofasi uchun javobgar bo’lgan; 5) qo’shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’minlanishini na’zorat qilgan; a)yovar; b) botirboshi; c) qo’shbegi; d) qozi rais; e) qozi askar;

13 / 40

Jahon tarixida bir yilda sodir bo’lmagan voqealarni aniqlang.

14 / 40

Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Buyuk Britaniyada konservatorlar yetakchisi Devid Kemeron bosh vazirlik lavozimini egalladi; 2) Prezident farmoniga muvofiq Ravshan Ermatov “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi; 3) O’zbekiston Respublikasi “Komolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi; 4) Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi;

15 / 40

Navro’z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darhol qaysi hududlarda o’z hukumronligini tikladi? 1) Karmana; 2) Miyonqol; 3) Shahrisabz; 4) Kitob;

16 / 40

Kiyev Rusi hukmdorlari va ular faoliyati bilan bog’liq bo’lgan voqealarni to’g’ri muvofiqlashtiring. 1)Bolgariya, bijanaklar va Vizantiyaga qarshi yurish qilgan; 2)Drevlyan qabilalari bilan jangda halok bo’ladi; 3)Kiyev ostonalarida bijanaklarni uzil-kesil mag’lubiyatga uchratadi; 4)Dunay bo’ylarida yashagan bulg’orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi; a)Yaroslav; b) Igor; c) Svyatoslav; d) Vladimir;

17 / 40

Quydagi janglarni sodir bo’lgan hududlar bilan to’g’ri moslashtiring. 1)Amir Xudoydot bilan bo’lgan jangda Xalil Sulton qo’shini mag’lubiyatga uchraydi, o’zi esa asirga olindi; 2) 1410-yilning 20-aprelida Shayx Nuriddin bilan Mirzo Ulug’bek o’rtasida jang bo’ldi; 3) 1449-yilning oktabrda Mirzo Ulug’bek va o’g’li Abdullatif o’rtasida jang sodir bo’ldi; 4) 1451-yilda Abulxayrxon va Abu Saidning birlashgan qo’shinlari Mirzo Abdulloning qo’shinlarini mag’lubiyatga o’chratdi; a)Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzeyida; b) Sheroz yaqinidagi Zarafshon daryosi bo’yida; c) Sheroz yaqinidagi Bulung’ur atrofida; d) Damashq qishlog’i yaqinida;

18 / 40

AQSH prezidentlari va ularning amalga oshirgan ishlarini moslashtiring. 1)ichki siyosatda AQSHning buyukligini tiklash va tashqi siyosatda esa boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslikni e’lon qildi; 2) Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resuslarini rivojlantirishga sarfladi; 3) Iroq va Suriyadagi vaziyatning og’irlashuvi va AQSHning o’zida ham terroristik xavfining kuchayishi prezidentning obro’yini tushirib yubordi; a)Bill Klinton b) Barak Obama c) Donald Tramp

19 / 40

1913-yilda Serbiya va Gretsiyaga hujum qilgan davlat xaritada nechanchi raqam bilan berilgan?

20 / 40

XXSRda Qishloq xo’jaligida yagona soliq tizimi joriy etilgan yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Gretsiya qo’shinlari Turkiya hududidan batamom quvib chiqarildi; 2) Erondagi mavjud hukumatni Rizoxon ag’darib tashladi; 3) Sun Yatsen Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi; 4) Fayzulla Xo’jayev Berlinga nemis banklari va chet el savdo kampaniyalari bilan shartnoma imzolash uchun bordi;

21 / 40

Quydagilardan VII-VIII asrlarda Movarounnahrga harbiy yurishlarni amalga oshirgan shaxslarni belgilang.1)Ubaydulloh ibn Ziyod; 2) Amir ibn Lays; 3) Qutayba ibn Muslim; 4) Tohir ibn Husayn;

22 / 40

Quyidagi hukmdorlar va ular bosib olgan hududlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) Kir II; 2) Filipp II; 3) Demetriy; 4)Kudzula Kadfiz; 5) Aleksandr Makedonskiy. a)Fors davlati; b) Afg‘oniston, Kashmir; c) Hindistonning bir qismi; d) Yunoniston; e) Yangi Bobil.

23 / 40

Rossiyaning O’rta Osiyo davatlari, jumladan, Buxoro amirligiga nisbatan tutadigan bosqinchilik siyosatini belgilab bergan omillar qaysi javobda to’g’ri berilgan? 1) O’rta Osiyoni egallash rivojlanib borayotgan Rossiya sanoatini arzon xomashyo bilan to’la ta’minlash imkonini berar edi; 2) Rossiyaning Hindistonga tahdid solishi mumkinligi Buyuk Britaniyani Qora dengiz sohillariga tutash Rossiya hududlariga xavf solish imkoniyatlaridan mahrum etdi; 3) Rosiyaning Qrim urushida mag’lubiyatga uchrashi; 4) Birinchi ingliz-afg’on urushining boshlanishi va Buyuk britaniyaning O’rta Osiyoga suqilib kirishiga urinishi;

24 / 40

Quyidagi monopoliyalar qaysi davlatlarda tashkil topganligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. 1)Reyn-Vestfaliya sindikati; 2) “Med” jamiyati; 3) “Fiat” aksiyadorlik jamiyati; 4)“Po’lat korporatsiyasi” tresti; Italiya; b) AQSH; c) Germaniya; d) Rossiya;

25 / 40

Quyidagi grafikda shaxs nomlari va asar nomlari birbiriga mos keluvchi javobni aniqlang.

26 / 40

Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a)Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalar bosib olindi; b)Bey unvoni qabila boshliqlari yig’inida berilgan; c)1299-1326-yillarda hukmronlik qildi; d)Ilk bor Vazir lavozimi ta’sis etildi; e)Bursa shahri va uning atroflarini bosib oldi.

27 / 40

Mashhur rus zoology va sayyolaridan kim Pomir tog’ tizmalarini o’rganib chiqib, sayohati davomida botanika va mineralogiyaga oid namunalar to’plagan?

28 / 40

O’zbekiston avtomobil transporti ( O’zavtotrans ) davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi qachon O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga aylantirildi ?

29 / 40

1917-yilda Turkistonda paydo bo’lgan ommaviy axborot vositalari qaysi javobda berilgan 1) “El bayrog” 2) “Sadoi Turkiston” 3) “Hurriyat” 4) “Farg’ona sahifasi”

30 / 40

Afrikadagi qaysi davlat Buyuk Britaniya va Fransiya oʻrtasidagi raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib, oʻz mustaqilligini saqlab qolgan?

31 / 40

Sargon I Shummer va Akkad shaharlarini birlashtirgan davrda bo'lib o'tgan voqeani aniqlang.

32 / 40

1992-yilda qaysi shaharlarda milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi?

33 / 40

Quyidagi voqealarni ular sodir bo'lgan yillar bilan moslashtiring. 1) Yaponiya qo'shini Koreya hududiga bostirib kirdi, Pxenyan va Seulni egalladi2) Syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi; 3) Humoyun uzoq kurashlardan so'ng Dehlini qaytarib oldi; 4) Akbarshoh vafot etdi; 5) Koreyaning birlashgan qo'shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi 6) Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi Muqaddas liga tuzishdi a) 1605-yil; b) 1555-yil; c) 1592-yil; d) 1684-yil ; e) 1614-yil; f) 1593-yil;

34 / 40

1940-yilning sentabr oyida imzolangan Uchlar paktiga qo’shilgan davlatlar qaysi javobda to’g’ri berilgan? 1) Bolgariya; 2) Slovakiya; 3) Belgiya; 4) Polsha; 5) Rumniya; 6) Vengriya;

35 / 40

Xiva xonlari va ularning amalga oshirga oshirgan ishlarini to’g’ri moslashtiring. 1)xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi; 2) Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi; 3) mamlakat iqtisodini yanada ko’tarish maqsadida yangi kanallar qazdirib, sug’oriladigan yer maydonlarini kengaytirdi; 4) turkman qabilalarini Xivadan quvib chiqardi va mahalliy beklarni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi; a)Muhammad Amin; b) Olloqqulixon; c) Avaz Muhammad; d) Muhammad Rahimxon I;

36 / 40

Quydagi hukumdorlar va ularning amalga oshirgan ishlarining to’g’risini toping.

37 / 40

Navoiy shaharchasiga asos solingan (a) hamda bu shahar viloyatga (b) aylantirilgan yillarda konstitutsiyasi qabul qilingan davlatlarni aniqlang. 1) Germaniya;2) Turkiya; 3) Meksika; 4) Fransiya;

38 / 40

Qaysi davlatning poytaxti 1944-yil nemis fashistlaridan ozod etilgan kuni – 3-iyul Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi?

39 / 40

Yevropada Cherkov yig’inlari chaqirilgan vaqtda zaiflasha boshlagan (a) davlat hamda, Yevropa monastrlari tashkil etila (b) boshlagan vaqtda markazlashgan davlatni aniqlang. 1) Aksum; 2) Rim; 3) Kushon; 4) Pekche;

40 / 40

Quyidagi qaysi javobda bir yilda sodir bo’lgan voqealar berilgan? 1)Toshkentda ilk marta trolleybuslar qatnay boshladi; 2)Qo’ng’irot - Beynov termir yo’li keng miqyoda qurib bitkazildi; 3) mamlakatda oziq-ovqat va sanoat tovarlariga kartochka tizimi joriy etildi; 4) Amin Niyozov O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimiga saylandi; 5) Chorjo’y – Qo’ng’irot temir yo’li qurildi;

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

102 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0