Uy » Attestatsiya testlar » Tarix attestatsiya » Tarix attestatsiya №13 Tarix attestatsiya Tarix attestatsiya №13 InfoMaster Iyul 7, 2022 223 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix fanidan attestatsiya savollari №13 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. XlX asrning 60- yillarida Napoleon III mavqeiga putur yetkazishiga sabab boʻlgan voqea? A) Fransiya- Prussiya urushi B) Hamma javoblar toʻgʻri C) Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti Buyuk Britaniya va Germaniyadan orqada qolishi D) Ispaniya taxti masalasi 2 / 40 2. Xoramshoh Takash davrida 1187-1193 yillarda bosib olingan hududlarni aniqlang. 1. Nishopur; 2) Eron; 3) Ray; 4) Mangishloq; 5) Marv; 6) Sirdaryo etaklari A) 2,4,6 B) 1,2,3 C) 1,3,5 D) 4.6 3 / 40 3. Kimlar XVII asrning o'rtalarida Avstraliya qirg'oqlarini tadqiq eta boshladilar A) portugallar B) inglizlar C) ispanlar D) gollandiyaliklar 4 / 40 4. 2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati ...ga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. A) Hindiston, Eron va Pokiston B) Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston C) Afg‘oniston, Eron va Pokiston D) Hindiston, Eron va Mo‘g‘uliston 5 / 40 5. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ... da amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo'ldi. A) 1998-yil sentabr B) 1996-yil yanvar C) 1995-yil fevral D) 1997-yil fevral 6 / 40 6. Quyidagi grafikda shaxs nomlari va asar nomlari birbiriga mos keluvchi javobni aniqlang. A) 5, 7; B) 1, 3; C) 2, 4; D) 1, 5; 7 / 40 7. O`rta asrlarda qaysi xudo dahshatli va halokatli hisoblangan? A) urush xudosi B) Ona xudosi C) Quyosh xudosi D) Oy xudosi 8 / 40 8. Salavkiylar davlatida strateg qanday vazifani bajarganligini aniqlang? A) Aholini ro’yxatga olish B) Ibodatxonalar qurilishiva ta’mirlanishi bilan C) Davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan D) Soliqlarni o’z vaqtida yig’ish 9 / 40 9. Quyidagi berilgan atamalarning ma'nolari to'g'ri berilgan javobni belgilang. a) Bill; b) Manifest; c) Doktarina; d) Deklaratsiya 1. (lotincha-ta'limot) - siyosiy rahbarlik tamoyili; 2. Bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi; 3. Qonun loyihasi; 4. (lotincha) - hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati; 5. (fransuzcha) - mulkdorlaning boshqalar mehnati mahsulini o'zlashtirib olishi; 6. Muhim qoidalar e'lon qilingan hujjat A) a-3, b-2, c-4, d-5 B) a-3, b-4, c-1, d-6 C) a-3, b-2, c-1, d-6 D) a-2, b-4, c-3, d-6 10 / 40 10. Quyidagilardan qaysi biri Yuliy Sezar davrida bo’lgan? A) Ispaniya Rimga qo’shib olindi B) Uning o’limidan keyin rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmadilar C) Rim emperatori va diktatori- cheklanmagan hokimyatga ega hukumdorga aylandi D) Imperiyaning shimoli-g’arbiy chegaralarida jangovar qabilalar paydo bo’ldi 11 / 40 11. Britaniya hukumati qachon Misrdan Suvaysh kanalining 45 % aksiyasini sotib oldi? A) 1877-yilda B) 1886-yilda C) 1896-yilda; D) 1875-yilda 12 / 40 12. Qachon Davlat test markazi tashkil qilindi ? A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1995-yil D) 1998-yil 13 / 40 13. Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang. A) Q. Odinayev B) S.Xo‘janov C) S. Asfandiyorov D) N.Paskutskiy 14 / 40 14. Mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi … deb ataladi. A) kontributsiya B) apellatsiya C) ultimatum D) protektorat 15 / 40 15. 1905-yilda qaysi shaharlar o‘rtasida temir yo‘l ishga tushirildi? A) Toshkent-Andijon B) Orenburg-Toshkent C) Toshkent-Farg‘ona D) Toshkent-O‘sh 16 / 40 16. Quyidagilar orasidan o’rta asr allomalariga tegishli ma’lumotlarni to’g’ri moslashtiring. 1)Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi; 2)Yevropada dastlabki kitob bosish dastgohini kashf qildi; 3)"Qo`shiqlar kitobi"; 4)Islomiy odob qoidalar, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan qator asarlar yaratdi. a-Franchesko Petrarka; b-Al-Moturidiy; c-Abu Rayhon Beruniy; d-Iogann Gutenberg A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 17 / 40 17. Yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichida tadbirlar o`tkazilgan hududlarni davri bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1)Farg‘ona, Toshkent,Samarqand viloyatlari 2)Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari 3)Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari) a-1925-1 926-yillar b-1927-yil c-1928–1929- yillar A) 1 -a, 2-b, 3-c B) 1 -b, 2-c, 3-a C) 1 -c, 2-b, 3-a D) 1 -a, 2-c, 3-b 18 / 40 18. Ukrainadia qurolli harakatlar nechanchi yildan yangi bosqichga kirdi? A) 2017-yil B) 2014-yil C) 2008-yil D) 2015-yil 19 / 40 19. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Qo‘qon xonligida mehtar… A) xonlikdagi tartib intizom ishlari bilan shug‘ullangan B) savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilgan C) vaqf mulklarini boshqargan. D) xazina ishlari va xarajatlarni nazorat qilgan 20 / 40 20. Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan? A) Afg‘oniston B) Sharqiy Turkiston C) Rossiya D) Eron 21 / 40 21. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududidagi quyidagi qaysi mahalliy hokimlik o’zining tanga pullari tizimiga ega bo’lgan? A) Farg’ona B) Toxariston C) So’g’d D) Choch 22 / 40 22. Turkiston general – gubernatorligiga qarashli qaysi viloyat maydoni 2000 kv verst edi? A) Farg‘ona viloyati B) Kaspiyorti viloyati C) Samarqand viloyati D) Sirdaryo viloyati 23 / 40 23. XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot nima? A) integral sxemalarning yaratilishi B) lazerning ixtiro qilinishi C) kompyuterning ixtiro qilinishi D) kosmosning zabt etilishi 24 / 40 24. Quyidagilar orasidan o’rta asrlarda mavjud bo’lgan inklar davlatiga oid xato javobni toping? A) Poytaxt Kuskoda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar tashkil qilingan B) Qishloq xo’jaligidagi asosiy ekinlari kartoshka va makkajo’xori bo’lgan C) And tog’laridan Tinch okeaniga qadar bo’lgan D) Aholi yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar 25 / 40 25. Qaysi davlatda XVI asrda qishloq xo’jaligida inqilob bo`lgan? A) Rossiya B) Turkiya C) Angliya D) Fransiya 26 / 40 26. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga Shukurulla Mirsaidovqaysi yillarda raislik qildi. A) 1 990-yil mart – oktyabr oylarida B) 1 991 -yil mart – oktyabr oylarida C) 1 992-yil may-sentabr oylarida D) 1 989-yil may-sentabr oylarida 27 / 40 27. Shermuhammad Munis yashagan yillarni aniqlang? A) 1778-1829-yillar B) 1827-1897-yillar C) 1809-1874-yillar D) 1825-1842-yillar 28 / 40 28. Quyidagilar orasidan qadimgi Misr tarixiga oid ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilmagan? A) Vafot etgan odamni mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlariga nasib etgan B) Bastet go`zalik xudosi C) Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi dinga bog`liq bo`lgan D) Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan 29 / 40 29. “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda alohida e’tibor talab qiladi”. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang? A) S.M. Duxovskoy B) maxfiy agent S. Gers C) M. Skobelev D) Senator K. Palen 30 / 40 30. Mo`g`ullar davrida qaysi omillar xarob bo`lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo`ladi? A) Ulug` xoqon Munkening islohatlari B) hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi C) hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi D) Kepaki pullarning zarb qilinishi 31 / 40 31. XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining davlat chegaralari to’g’ri berilgan javobni toping? A) Shimoli-sharqiy chegarasi G’aznadan o’tardi B) Janubi-sharqda Dashti Qipchoqdan o’tardi C) Janubi-g’arbiy chegarasi Iroqdan o’tardi D) Shimoli-g’arbiy chegarasi Orol dengizi va Yoyiq daryosidan o’tardi 32 / 40 32. Rossiyada ro’y bergan 1921 yilgi ocharchilik qaysi o’lkalarni qamrab oldi? A) Ukraina, Belorussiya, O’rta Osiyo B) Kavkazorti, Volgabo’yi, O’rta O’siyo C) Ukraina, Kuban, Volgabo’yi D) Volgabo’yi, Kavkazorti, Kuban 33 / 40 33. G’arbiy Afrikaga ispan va portugallarning kirib kelishi nechanchi asrdan boshlanadi? A) XIV asrdan B) XVII asrdan C) XV asrdan D) XVI asrdan 34 / 40 34. Qadimgi yunon olimlaridan Aristotel ( va Platon ( sharqda qanday nomlar bilan mashhur bo'lgan? 1)Arastu; 2) Buqrot; 3) Aflotun; 4) Suqrot; A) a-3, b-1 B) a-2, b-4 C) a-1, b-2 D) a-1, b-3 35 / 40 35. “Sabanto’y” bayrami qaysi millat milliy bayrami hisoblanadi? A) Ruslar B) Qirg’izlar C) Uyg’urlar D) Tatar-boshqirdlar 36 / 40 36. XVII asrda yuz bergan O’ttiz yillik urushda mag’lubiyatga uchragan davlat tarixida sodir bo’lgan voqea qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Mamlakat aholisi 988-yilda xristian dinini qabul qildi. B) XII-XIII asrlardan boshlab dehqonlar kurashi kuchaydi. C) Mamlakat shaharlari XIV asr o’rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashdi. D) XV asr oxiriga kelib mamlakat yaxlit markaziy hokimiyatga bo’ysundirildi. 37 / 40 37. Yaponiyaning o`rta asr shaharlarining qaysilari chorrahada va karvon yo`li bo`ylab qurilgan? A) Otsu B) Nara va Xeyyan C) Nagoya D) Xyogo va Sapai 38 / 40 38. Xudoyorxon saroyi qurilgan yillarni aniqlang? A) 1862-yillar B) 1872-yillar C) 1869-1870-yillar D) 1863-1870-yillar 39 / 40 39. 1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugi tashkil etilgan bo‘lib, unga kim boshliq va ma’muriyat rahbari etib tayinlandi? A) Veryovkin B) A. Abramov C) Skobelov D) P. Lessar 40 / 40 40. Quyidagi voqealar to'g'ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1)Efiopiyada Kasa o'zini imperator deb e'lon qildi; 2)AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3)Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4)Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag'darildi; 5)Liberiya ozod davlati tuzilganligi e'lon qilindi; A) 2, 3, 4, 5, 1 B) 3, 2, 4, 5, 1 C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 3, 2, 5, 1, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 14 Tarix fanidan attestatsiya savollari №16