Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 6-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 105 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 1 / 25 “Es berganga dast berar, Dast berganga es berar” . Ushbu maqol dostonning qaysi o’rnida keltiriladi? A) Rustamning mol-mulkka ega bo’lishida B) Rustamning o’g’il farzand ko’rishida C) Rustam Go’ro’g’libekni topganida D) Go’ro’g’libekning oldiga bir biya kelib emiza boshlaganda 2 / 25 «Alp Er To'nga» marsiyasining turoqlarini aniqlang A) 1+3 + 3 B) 3 + 3 + 1 C) 4 + 3 D) 3 + 4 3 / 25 " Qutadg’u bilig " qahramoni O’zg’urmishning nomi qanday ma'noni bildiradi? A) "jasur", "dovyurak" B) "mehnatkash", "ishchan" C) "hushyor qiluvchi", "sergaklantiruvchi" D) "adolatparvar" , "odil" 4 / 25 «Qisasi Rabg'uziy» asarida «...yigitlar arig' (pok)i, ulug' otli, qutlug' zotli, ezgu xulqli, islom yorliq, mug'ul sa- nili, musulmon dinli, odamiylar odami, mo'minlar quvonchi, himmati adiz (yuk- sak), aqli tengsiz bek» deya ta’riflangan tarixiy shaxs kim? A) Nosiriddin To'qbo'g'a B) Dod Sipohsolorbek C) Tabg'ach ulug' Bug'roxon D) Muhammad Xo'jabek 5 / 25 Firoriy so`zining ma’nosi nima? A) qochqin B) tugal, to`la C) o`rab olingan D) xushxabar 6 / 25 Quyidagi ko'chirma qaysi kitobdan olingan?«Aytishlaricha, Bobur juda bahodir sipoh va iqtidorli ilm ahli sirasidan bo'lgan. U hali Afg'onistondalik vaqtidayoq ay rim islohotlarni o'tkazishga qo'l urgan-u, lekin uning natijalari yaxshilik bilan tugamasligini anglagan. Chunki qabilaviy tizimga xos urf-odat va an'analarning ayrim talab-taqozolari kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shu bois и o'z rejalaridan voz kechgan...» A) Pirimqul Qodirovning «Avdodlar dovoni» kitobidan B) Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» kitobidan C) N.G'. Nizomiddinovning «Boburiylar davri Hindiston turkiy tili va adabiyoti» kitobidan D) Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitobidan 7 / 25 .Boburning hukmdor sifatidagi oqilona siyosatini ochib beradigan quyidagi fikrlar muallifi kim?«Bobur turkiy she'riyatda Alisher Navoiydangina keyingi o'rinda edi. U sof va nafosatli turkiy da devon tartib etdi... U musiqa va o'zga san'atlarni g'oyatda nozik idrok etardi». A) Pirimqul Qodirov B) Denison Ross C) Sayid Sabohiddin Abdurahmon D) N.G'. Nizomiddinov 8 / 25 Boburning o’g'li Humoyunga bag'ishlab shariat qonun-qoidaiari haqida bitgan she'riy asarmi ko'rsating A) ''Harb ishi” B) "Voqeanoma” C) "Mubayyin” D) "Mufassal" 9 / 25 Bobur lirikasidagi g'azallarning katta qismi necha baytdan tashkil topgan? A) 5 va 6 baytdan B) 7 va 8 baytdan C) 6 va 7 baytdan D) 8 va 9 baytdan 10 / 25 Boburning qaysi she'rida «ko'ngilni tushunmaydigan ulusdan o'zni qutqarish» ohangi mujassam? A) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida C) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida D) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida 11 / 25 Ingliz olimi Denison Rossning Bobur haqida bildirgan fikrlarida qo'llanilgan nuqtalar o'miga mos asar nomini qo'ying.«U nazm yo'lida ... atalmish asarini yaratib, shu bilan ko'pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta'limotning muallifi bo'ldi, shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi...» A) «Vaqoye'» B) «Mubayyin» C) «Risolayi volidiya» D) «Tarixi turkiy» 12 / 25 Savid Sabohiddin Abdurahmonning “Mo‘g‘iIiv ahd” asarida keltirilishicha, Bobur o‘z diniy e’tiqodini e'zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom qilsa-da, ularga qaysi jihatdan imkon bermas edi? A) o‘z siyosiy muammolariga doxil bo‘lishlariga B) harbiy askarlikka olinishi va janglarda qatnashishiga C) davlatda turli xil qarashlami joriy etishiga D) diniy kurashlaming keltirib chiqarishiga 13 / 25 Boburning qaysi she'rida «qon yoshim», «sorig' yuzim» ifodalari keltirilgan? A) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida B) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida C) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida D) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida 14 / 25 Xazon vaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ordim, Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Boburning ushbu bavtida qanday san’at qo’llangan? A) tanosib B) tashxis C) irsoli masal D) talmeh 15 / 25 Ingliz olimi Denison Ross boburning qaysi asarini bequsurlikda yagona hamda jo‘n uslubda yozilgan deb keltiradi? A) “Devon” B) “Risolayi volidiya” C) “Mubayyin” D) “Vaqoye”’ 16 / 25 Boburning qaysi g'azalida matla'dagi har ikki misra to'ldiruvchi, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim tarzidagi o'xshash sintaktik tuzilishga ega? A) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» C) «Xazon yaprog'i yanglig'» D) «Ko'pdin berikim, yor-u diyorim yo'qdur» 17 / 25 Ingliz olimi Denison Ross Boburning qaysi asarni tarjima qilganligini ta'kidlaydi? A) «Tarixi turkiy» asarini B) «Risolayi volidiya» asarini C) «Mubayyin» asarini D) «Vaqoye'» asarini 18 / 25 Boburning qaysi she'rida, ritmik-sintaktik parallelizm hodisasi yuzaga kelib, chiqish kelishigidagi ot, so'ng o'zlik olmoshi, undan keyin izofali birikma, nihoyat fe'lning har ikki misrada bir xil tartibda kelishining o'zi ham ohangdorlikni, musiqiylikni, oxir-oqibat ko'ngillarga huzur beradigan ta'sirchanlikni hosil qiladi? A) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida C) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida D) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida 19 / 25 Boburning hukmdor sifatidagi oqilona siyosatini ochib beradigan quyidagi fikrlar muallifi kim?«Bobur nainki mamlakatda siyosiy ahvolni o'zgartirdi, balki saltanatni g'arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi. Kushon rojaliklaridan keyin Afg'oniston va Hindistonning o'zaro aloqalari uzilgan va sobiq «Тигк sultonlari» hukmronligida chegaralar qarovsiz holga tushgan edi. Bobur esa Afg'oniston va Hindiston o'rtasida o'z saltanatini barpo qilib, so'ng o'rtadagi shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma'rifiy markazga aylandi». A) Denison Ross B) Pirimqul Qodirov C) N.G'. Nizomiddinov D) Sayid Sabohiddin Abdurahmon 20 / 25 Boburning «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida ayriliq onlari qaysi obrazga bog'liq holda tasvirlanadi? A) gulga B) shamolga C) kuzga D) toshga 21 / 25 Bobur qalamiga mansub «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida umr nimaga o'xshatiladi? A) oqar suvga B) gulzorga C) bog'ga D) xazonga 22 / 25 Bobur g'azallaridagi qofiyalarning qaysi so'z turkumidan tashkil topganligi uni og'zaki nutqqa yaqinlashtiradi? A) olmosh so'z turkumidan B) fe'l so'z turkumidan C) sifat so'z turkumidan D) ot so'z turkumidan 23 / 25 Boburning qaysi she'ridagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog'liq tasvirlar yetakchilik qiladi? A) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida B) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida C) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida D) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida 24 / 25 Boburning «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalining birinchi baytida qaysi timsollar orqali inson ruhiyatidagi nozik tebranishlar aks etadi? A) jon, may B) ko'ngil, jon C) ko'z, ko'ngil D) ko'ngil, may 25 / 25 Boburning qaysi she'ri bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko'rinsa-da, uning mag'iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish mumkin bo'lib, oshiqning o'z yoridan shikoyati bahonasida lirik qahramonning o'z zamoni va zamondoshlariga bo'lgan munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg'onadi? A) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysi B) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azali C) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azali D) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azali 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz