Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 13-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 66 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: ABDULLA ORIPOV 1 / 32 “Rustamxon” dostonida Rustam Bujul shahrida qancha vaqt podsho bo’ladi? A) 20 kun B) 3 kun C) 7 kun D) 40 kun 2 / 32 To‘nyuquq Shantunda qancha shaharni mag‘lubiyatga uchratadi? A) 0‘n ikkita B) Yettita C) Yigirma uchta D) 0‘n beshta 3 / 32 “Hikmatlar” qanday asar va uning tarkibida nechta she’r mavjud? A) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 240 ga yaqin she’r bor B) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 169 ga yaqin she’r bor C) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 250 ta she’r bor D) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 190 ta she’r bor 4 / 32 Atoyining qaysi janrda yozilgan bir she'rida go'zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog'i og'riydi, «yuzing buncha bo'yradek dag'al bo'lmasa» deb nozlanadi? A) murabba B) ruboiy C) g'azal D) muxammas 5 / 32 Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». A) Xondamir B) Bayoniy C) Bobur D) Mirxond 6 / 32 «Boburnoma»dan olingan quyidagi parchada kirn haqida gap ketyapti? «Jahongir mirzoning bir xonandasi bor edi.... ismli. Samarqandlik edi. Qo'shiqn baland, qo'pol va notekis aytardi. Jahongir mirzo kayf ustida unga ash и la aytishni buyurdi. U g'alati, baland, dag'al va bemaza qilib aytdi. Xuroson eli hazil bilan tirik el. Uning bu qo'shiq aytishidan birisi qulog'ini tutadimi, yana bin aftini bujmaytiradimi, mirzo tufayli hech kim man qilolmaydi». A) Mirjon B) Shodibacha C) Hofiz hoji D) Jonak 7 / 32 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon arzimas bir qatragina suvning «zoti qulzum» - dengizga taalluqli ekanligini unutmaslik lozimligiga ishora qiladi? A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Turdiman...» C) «Bu mulk» D) «Yod mandin...» 8 / 32 Ко zung ne balo qaro bo 'lubtur, Kim, jong 'a qaro balo bo 'lubtur Baytda qo'llanilgan badiiy san'atni ainqlang A) tashbeh B) tanosub C) tardi aks D) tamsil 9 / 32 Dramada boy kimga “o’quganning biri - siz, yemoqg’a noningiz yo’q” deydi? A) Toshmurod B) Tangriqul C) Xayrulla D) Domla 10 / 32 "Nega qochasiz?! Nega qaramaysiz?- dedi bek. Kumushbibi shu choqqacha qaramagan va qarashni ham tilamagan edi. Majbiriyat ostida yovqarash bilan sekingina dushmaniga qaradi... Shundan keyin esankiragan, hayajonlangan bir tovush bilan so'radi:-Siz o'shami? "Mazkur parcha romanning qaysi fasjidan olingan? A) ” Bek oshiq " B) " Kutilmagan baxt" C) "Qutlug' bo'lsin " D) " Navo kuyi " 11 / 32 H. Olimjonning qaysi she'rida «Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi» misralari bilan «Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar» misralari o'rtasida ziddiyat mavjud? A) «Daryo tiniq, osmon beg'ubor» B) «Chimyon esdaliklari» C) «Ofeliyaning o'limi» D) «0'rik gullaganda» 12 / 32 S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikovasida Saodat ayaning doimiy hamrohi bo'lib qolgan, erta-yu kech u bilan suhbatlashib yuradigan nima edi? A) Qorako'z laqabli iti B) Uyidagi Qorako'z laqabli mushugi. C) Tokchada turgan erining surati. D) Eridan qolgan radio. 13 / 32 A. Oripov «Ко'rgаn-bilganlarim» nomli avtobiografik maqolasida o'zi tug'ilgan qishloq nomini qanday ataydi va uning qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkinligini ham ta'kidlaydi? A) Qo'ng'irtov B) Asht C) Neko'z D) Nasaf 14 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida dunyoning sirliligi, «tuynuksiz qasr»ligi ifodalanadi? A) «Yillar armoni» B) «Munojot»ni tinglab» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Qalb» 15 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida insonning dunyoga kelishi va ketishi qaysi obraz orqali ifodalanadi? A) quyosh B) yomg'ir C) bulut D) shamol 16 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida «Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!» xulosasiga keladi? A) «0'zbekiston» B) «Munojot»ni tinglab» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Qo'riqxona» 17 / 32 «Qo'riqxona» she'rida shoirning maqsadi nima? A) yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga undash B) yo'qolib borayotgan noyob gul turlarini asrashga undash C) qo'riqxonaning ahamiyatini yoritib berish D) insoniy fazilat va qadriyatlarni asrashga undash 18 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'ridagi Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o'z salaflari, ya'ni mumtoz o'zbek shoirlarining estetik olami bilan bog'lashga imkon beradi? A) «Yillar armoni» B) «Qo'riqxona» C) «Yurtim shamoli» D) «Birinchi muhabbatim» 19 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida turli holat, vaziyat, ko'rsatma, o'zgarish, har xil qayg'u-g'am va shodlik - barcha-barchasi qaysi metafora vositasida ifoda qilinadi? A) «qalb» metaforasi B) «yurt» metaforasi C) «shamol» metaforasi D) «bahor» metaforasi 20 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida «уаgопа zaminni asraganday» nimani hamma narsadan ortiq asrash kerakligini uqtiradi? A) vijdonni B) insofni C) oqibatni D) hayoni 21 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida oqibat go'yo nimaga o'xshab zavol topmasligini istaydi? A) ayiqqa B) tojdor turnaga C) Orol dengiziga D) Qor odamga 22 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida hayot va inson nimalarga qiyoslanadi? A) Hayot «shamol»ga, inson esa «xas»ga qiyoslanadi. B) Hayot «Karbalo dashti»ga, inson esa «Majnun»ga qiyoslanadi. C) Hayot «yo'l»ga, inson esa «yildirim»ga qiyoslanadi. D) Hayot «gulshan vodiy»ga, inson esa «shamol»ga qiyoslanadi. 23 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida ezgulik nima kabi kamyob bo'lib ketmasligini istaydi? A) zavol topgan ayiq kabi B) Qor odam kabi C) tojdor turna kabi D) otashga duch kelgan polopon kabi 24 / 32 A. Oripovning qaysi she'rida inson umr yo'llarida noo'rin paydo bo'lgan «shamol» - tuhmat yo bo'hton - uning hayotini izdan chiqarishi tasvirlanadi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Ayol» C) «Munojot» tinglab» D) «Yurtim shamoli» 25 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o'z aksini topgan? A) «Yurtim shamoli» B) «Birinchi muhabbatim» C) «Surat va siyrat» D) «Munojot»ni tinglab» 26 / 32 A. Oripov qaysi she'rining oxirida «Abdullaning boqiy kamolb birikmasini keltirish orqali o'z ma'naviy olamining barkamol bo'lishiga umid qiladi? A) «Yurtim shamoli» B) «Birinchi muhabbatim» C) «Ayol» D) «Munojot» tinglab» 27 / 32 «Yurtim shamoli» she’rida qaysi dasht nomi keltirilgan? A) Qoraqum B) Karbalo C) Qizilqum D) Sahroyi kabir 28 / 32 “Munojat”ni tinglab she’rida shoirga kuy emas, balki kimlar yig‘lavotgandek tuyuladi? A) Qodiriy, Furqat B) Navoiy, Xayyom C) Qodiriy, Cho'lpon D) Navoiy, Mashrab 29 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida vijdon, «ezgu, latif hislar» ham himoyaga muhtojligiga urg'u beradi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Yurtim shamoli» C) «Ayol» D) «Qo'riqxona» 30 / 32 «Yurtim shamoli» she'ridagi asosiy obraz qaysi? A) bahor B) yurt C) ko'ngil D) shamol 31 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida xudbin va dilozor kimsani nimaga o'xshatgan? A) ochko'z bo'riga B) og'zi qon yirtqichga C) och ayiqqa D) ajdarhoga 32 / 32 A Oripovning qaysi she'ri shoirning kuyga, rubob va chalg'uvchiga murojaati uslubida yozilgan? A) «Birinchi muhabbatim» she'ri B) «0'zbekiston» she'ri C) «Yurtim shamoli» she'ri D) «Munojot»ni tinglab» she'ri 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz