Biologiya attestatsiya №7

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №7

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Qaysi omil irsiyat va o'zgaruvchanlikni amalga oshiradi?

2 / 40

Jinsiy xromosomalarining XO holatda boʻlishi qaysi kasallikda vujudga keladi

3 / 40

Metabolizm(a) va metabolit (b)ga tegishli javobni belgilang. 1-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 2-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 3-biosintetik reaksiyalar yig`indisi , 4-metabolizm mahsulotlari

4 / 40

Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi?

5 / 40

DNK da nukleotidlar quyidagi tartibda joylashgan 1-zanjirda; AGAGTSAGATSGATSSGAT va 2-zanjirda esa TSTSAGTSTAGSTAGGSTA mutatsiyadan keyin 1-zanjirda; AGGGTSAGSTAGATSTGAT va 2-zanjirda esa TSSSAGTSGATSTAGASTA nechta tranzitsiya (a) va transversiya(b) sodir bo’ldi

6 / 40

Qaysi o`simliklarni murtak xaltasidagi hujayralar soni gulkosasini soniga teng? 1) Zarmiton 2) Zarafshon 3) Umid 4) Porloq 5) Umirboqi 6) Farhod 7) Saratov-29 8) Sulton

7 / 40

Quyidagi rasmda keltirilgan organizmni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi ?

8 / 40

Paleartik biogeografik viloyatida tarqalgan to`rt kamerali(a) va bir kamerali(b) oshqozonga ega bo`lgan organizmlarni aniqlang. 1.chittak 2.ot 3.los 4.tog` echkisi 5.tustovuq 6.tulki

9 / 40

Poliomiyelit kasaligini kelib chiqish sababi va belgilarini ko’rsatng. 1)Sezuvchi nerv tolasining yallig’lanishi 2)orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini yallig’lanishi 3)shamolash yoki og’ir yuk ko’tarish natijasida kelib chiqadi 4)nerv boshqaradigan organ shol bo’lib qoladi

10 / 40

Orqa miyaning reflektor (1) va o’tkazuvchanlik (2) funksiyasi qaysi moddalar faoliyatiga bog’liq. a) oq modda b) kulrang modda c) qo’ng’ir modda

11 / 40

Odamda meyoz I da hosil bo`lgan hujayralarning biriga birlamchi hujayradagi xromosomalarning ona organizmga tegishlilaridan faqat 13 tasi o`tgan, ikkinchi hujayraga otaga tegishli xromosomalardan nechtasi o`tgan?

12 / 40

Quyidagi organoidlarga xos xususiyatlarni aniqlang 1)ribosoma 2) mitoxondriya 3) lizosoma.a)lipid va uglevod sintezida qatnashadi b) ularning soni xujayraning funksional faolligiga bog’liq c) bir qavat membrana bilan o’ralgan d) prokariot va eukariotlarda uchraydi e) asosiy vazifasi ATF sintez qilish

13 / 40

Aorta (I) va o’pka venasi (II) xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang 1- chap qorinchadan boshlanadi 2- o’pka kapillarlarining yig’ilishidan boshlanadi 3-yurakning o’ng qorinchasidan boshlanadi 4- karbonat angidridga to’yingan qon oqadi 5- kislorodga to’yingan qon oqadi 6-arteriyalari o’pka to’qimasini kislorod taminlaydi

14 / 40

Umurtqalar soni 33 ta bo`lgan katta yoshli odamning tabiiy egilishlarda ishtirok etmagan umurtqalar soni nechta?

15 / 40

Tuproqdagi tik inda (a), ko`p kamerali inda (b) va tuproq yuzasidagi inda (c) yashovchi bo`g`imoyoqlillarni toping.

16 / 40

Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi 1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam

17 / 40

Nokning tosh hujayralari (1), tut novdasining eng ustki qavati (2), gilos bargining et qavati (3), qovunning asal shiraga boy mevasi (4) ning qaysi to’qimaga mansubligi bilan juftlang. a-mexanik to’qima, b-qoplovchi to’qima, c-xlorenxima, d- jamg’aruvchi to’qima, e-meristema

18 / 40

Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinfga tegishli? 1) qozonyuvg'ich; 2) tripanasoma; 3) volvoks; 4) planariya; 5)suli; 6) jigar qurti; 7) itsigak; 8) shumtol

19 / 40

Quyidagi misollarga qanday qonuniyatlar aks etgan. 1)tasmasimon chuvalchangrang ichak bo’lmasligi, nerv sistemasi sodda tuzilganligi, mustaqil xarakatlana olmasligi 2)Yevropaning o’rta mintaqasida yashovchi tulki tovushqonlarning qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo’lishi a)biologik progress b) biologik regress

20 / 40

Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi. 1)xivchinlilar; 2) xlorelladoshlar; 3) kurakoyoqlilar; 4) mushuksimonlar; 5) ituzum; 6) lolasimon; 7) ssifoid meduza; a) sinf; b) oila; c) turkum

21 / 40

Drozofilada ko‘zning oq rangda bo‘lishi retsessiv, qizil rangda bo‘lishi dominant hamda jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Erkak drozofila oq ko‘zli bo‘lsa, gametogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi ushbu belgi bo‘yicha dominant genga ega bo‘ladi?

22 / 40

Qushni ovlayotgan ilon organizmidagi refleks yoyi ketma- ketligini belgilang.a)ko’rish retseptorining qo’zg’alishi; b) qo’zg’alishni bosh miya yarimsharlarining ensa qismiga yetkazilishi; c) muskullarning qisqaribbo’shashishi; d) bosh miyaning po’stloq qismida analiz- sintez qilinishi; e) harakatlantiruvchi nerv tolalarining impulsni o’tkazishi.

23 / 40

Izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo`llarini ochib bergan olimni ko`rsating?

24 / 40

Voyaga yetgan organizm va uning lichinkasi bir xil og‘iz apparatiga ega bo‘lgan hasharotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) podalariy; 2) temirchak; 3) maxaon; 4) ninachi; 5) bronza qo‘ng‘izi.

25 / 40

Changchilari oltita bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1. karam 2.lola 3.anzur piyoz 4. oddiy jag‘-jag‘ 5.boychechak 6. o‘sma 7. olg‘i 8. afsonak 9. tangao‘t 10. turp

26 / 40

Amudaryoning o’rta va quyi oqimida (a) Amudaryoning faqat quyi oqimida (b) tarqalgan organizmlarni aniqlang. 1) g’oz; 2) mo’ylov baliq; 3) bakra baliq; 4) moybaliq; 5) oqcha; 6) qilquyruq; 7) soxta kurakburun

27 / 40

G`ovak tolali(a) va tig`iz tolali(b) biriktiruvchi to`qima xillarini aniqlang.

28 / 40

Bir jinsli gulli o`simliklar qatorini aniqlang.

29 / 40

Jayraning embrional rivojlanish bosqichlari to‘g‘ri ketma- ketlikda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) sitoplazmaning bo‘linishi; 2) murtak varaqalarining hosil bo‘lishi; 3) o‘zak organlarning paydo bo‘lishi; 4) zigota; 5) devori bir qavat hujayralardan iborat bo‘lgan, ko‘p hujayrali embrionning hosil bo‘lishi

30 / 40

Belgilarni irsiylanishiga oid no’to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.

31 / 40

Qushlarda ko‘tarilish yuzasini hosil qiluvchi patlarini ularning joylashgan o‘rni bilan juftlang.1)birinchi tartib qoqish; 2) ikkinchi tartib qoqish; 3) kontur boshqarish; 4) kontur qoplag‘ich. a)tana yuzasida bo‘ladi; b) panja suyaklari sohasida bo‘ladi; c) dumida bo‘ladi; d) qoplag‘ich patlar ostida bo‘ladi; e) bilak suyaklari sohasida bo‘ladi

32 / 40

Xaltaga ega ammo xaltalilar kenja sinfiga mansub bo`lmagan, modda almashinuvi jadal bormaydigan organizmni aniqlang.

33 / 40

Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze

34 / 40

Aortalarda qon bosimining tushishi qay hollarda kuzatiladi 1) yarim oysimon klapan ochiq bo’lganda 2) parasimpatik nerv sistemasi qo’zg’algan holda 3) ikki tavakali klapan ochiq bo’lganda 4) uch tavakali klapan ochiq bo’lganda 5) simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishidan 6) vazopressin garmoni tasirida

35 / 40

Qaysi javobda bukuvchi muskullar to'g'ri ko'rsatilgan? 1) yelkaning uch boshli muskuli; 2) boldirning orqa sohasi muskullari; 3) yelkaning ikki boshli muskuli; 4) bilakning orqa sohasi muskullari; 5) boldirning old sohasi muskullari; 6) kaftning tashqi yuzasidagi muskul; 7) sonning sohasidagi muskul

36 / 40

Spermatogenezning o’sish davri oxirida bitta xromosomadagi DNK ning yetilish davri oxiridagi shu xromosomadagi DNK ga nisbati qanday bo’lishini aniqlang.

37 / 40

Agar o`simlikda hosil bo`lgan mikrosporalarning 40%idan chang hosil bo`lib, changing 50% urug`lanishda qatnashgan bo`lsa hamda o`simlik 160 ta urug` hosil qilgan bo`lsa, shu jarayonda ishtirok etgan birlamchi chang hujayralar sonini aniqlang?

38 / 40

Na`matak va tobulg`i qaysi sistematik birliklar bo‘yicha alohida guruhga (I) va bitta guruhga (II) birlashadi? 1) tur; 2) turkum; 3) oila; 4) sinf; 5) bo‘lim

39 / 40

Ma`lum bir hayvonni maydalanish davrida jami blastomerlardagi hujayra markaziga kiruvchi mikronaychalar soni 27648 taga yetgan vaqtda jami hujayralardagi autosomalar soni jinsiy xromosomalarga nisbatan 11264 taga ko`p bo`lsa u holda maydalanish bosqichida 6 marta meridional bo`linish sodir bo`lgandan so`ng hosil bo`lgan hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang.

40 / 40

Bir yoshli tulkining o`rtacha og`irligi 20,5 kg. Uning bir oyligidagi tana vazni 500 gr bo`lib, kuropatkalar (o`rtacha vazni 800 gr) bilan oziqlana boshladi. Tulki bir yoshdagi vazniga yetgunga qadar nechta kuropatka iste`mol qilgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0