Fizika attestatsiya №6

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №6

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Suv tubida 1,33 m chuqurlikda yotgan buyum tepadan qaralganda qanday chuqurlida ko’rinadi? n=1,33.

2 / 40

4 10⁶ m/s tezlik bilan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga nisbatan 30° burchak ostida uchib kirgan elektronga ta’sir etuvchi lorens kuchini (10-14 N) toping? maydonning magnit induksiyasi 0,2 Tesla.

3 / 40

Ideal gaz birinchi holatdan ikkinchi holatga o’tganda hajmi 8 m³ ga o’zgardi. Agar T₁=1200 K, T₂= 400 K bo’lsa, gazning dastlabki hajmi (m³) qanday?

4 / 40

+q hamda +2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 2r masofada turibdi. Ularning o`rtasida joylashgan A nuqtadagi potensial 3 V ga teng. A nuqtadan 2r masofaga Q nuqtaviy zaryad joylashtirilganda esa bu nuqtadagi potensial -3 V ni tashkil etdi. Q zaryadni toping.

5 / 40

Massasi 2 tonna bo’lgan avtomabil qanday tezlik (m/s) bilan harakatlanganda qavariq ko’prikning eng yuqori nuqtasida vaznsiz holatda bo’ladi? Ko’prikning egrilik radiusi 40 m ga teng. g=10m/s²

6 / 40

Ichki energiyasi 120 kJ bo’lgan geliy gazi 400 l hajmli idishda turubdi. Idishdagi bosimni aniqlang? (kPa) geliy bir atomli gaz.

7 / 40

O’zaro 60° burchak ostida joylashgan ikkita kuchning teng. ta’sir etuvchisini (N) toping? F1=F2= 20√3 N

8 / 40

Nur optik zichligi zichligi 2 ga teng bo’lgan muhitdan optik Zichligi √3 ga teng bo’lgan muhitga tushmoqda. Bu holatda to’la ichki qaytishning chegaraviy burchagini toping?

9 / 40

Bir idishda 2 mol geliy (μ=4 g/mol) va 3 mol kislorod (μ=32 g/mol) bor. Aralashmaning izobarik jarayon uchun solishtirma issiqlik sig`imi (J/K·kg) qanchaga teng? Geliy va kislorod mos ravishda bir atomli va ikki atomli gazlar.

10 / 40

72 km/h tezlik bilan harakatlanganda 40 kN qarshilik kuchini yengadigan avtobus divigatelining quvvatini (kW) toping?

11 / 40

Agar R₁= R₂= R₃=8 (Ω) bo’lsa, zanjirning umumiy qarshiligini toping? (Ω)

12 / 40

Gorizontga burchak ostida 30 m/s tezlik bilan otilgan jismning 25 m balandlikdagi tezligini (m/s) toping?

13 / 40

Tebranish konturida induktivligi 1,2 mGenri bo’lgan g’altak va sig’imi 12 pF bo’lgan kondensatordan tashkil topgan. Bu konturda rezonans uyg’otadigan elektromagnit to’lqin uzunligini toping? (m)

14 / 40

Massasi 70 kg bo’lgan odam qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan blok yordamida qanday massali (kg) yukni o’zgarmas tezlik bilan ko’tara oladi? Sistemaning foydali ish koeffitsenti 0,6 ga teng.

15 / 40

Yer sirtidan cheksiz uzoqlikda m massali jismga yerga tomon 4 km/s tezlik berilsa u yerga qanday tezlik (km/s) bilan uriladi? Yer uchun birinchi kosmik tezlik 8 km/s ga teng.

16 / 40

Induktivligi 0,2 Genri bo’lgan solenoidning chulg’amidan 10 A tok o’tmoqda. Solenoid magnit maydonining energiyasini aniqlang? (J)

17 / 40

Agar shaxta tubida barometr 85 sm sim.ust.ni, yer sirtida 78 sm sim.ust.ni ko’rsatsa shaxtaning chuqurligini aniqlang. (m)

18 / 40

Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatni boshlagan moddiy nuqta 10 s da 100 m/s tezlikka erishgan bo’lsa, uning 10- sekundagi bosib o’tgan masofasini toping? (m)

19 / 40

Boshlang’ich tezliksiz 4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanishni boshlagan nexia avtomashinasining 4- va 3- sekundlargi bosib o’tgan yo’llar nisbatini toping?

20 / 40

Kichik bir sayyoraning radiusi 300 km zichligi esa 4 gr/sm³. Bu sayyoradan 20 m/s tezlik bilan otilgan toshning maksimal ko’tarilish balandligini (m) toping? π=3

21 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

22 / 40

Massasi 5 kg va tezligi 20 m/s bo’lgan jismning kinetic energiyasini (J) da toping?

23 / 40

28,8 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 1000 kg massali avtomobil motor o’chirilgach yana 50 m yo’l yurib to’xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi qanday (N)?

24 / 40

Bosimi 60 kPa va hajmi 1 m³ bo’lgan gaz izotermik ravishda 4 m³ gacha kengaydi. Gazning keyigi bosimini (kPa) da toping?

25 / 40

Bikirligi 100 N/m bo’lgan prujina vertical tayanchga mahkamlangan. Prujinaga qanday (kg) massali yuk osilganda uning cho’zilishi 1 sm ga teng bo’ladi? g=10 m/s²

26 / 40

Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi òzgarmagan holda molekulalar issiqlik harakatining òrtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaygan. Bunda gazning bosimi qanday òzgargan?

27 / 40

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

28 / 40

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

29 / 40

Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan?

30 / 40

Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2.

31 / 40

Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

32 / 40

an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat?

33 / 40

Agar ikki avtomobilning harakat tenglamalari x1 =t2 +10t va x2 =t² +14t-6 bo’lsa, ularning uchrashgan momentidagi nisbiy tezligi topilsin (m/s)?

34 / 40

Izobarik kengayishda bir atomli ideal gazning ichki energiyasi qanday o`zgaradi?

35 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

36 / 40

Jism 36 m balandlikdan gorizontal otildi. Agar jismning uchish uzoqligi otilish balandligiga teng bo’lsa, jism yerga qanday tezlik bilan uriladi (m/s) ?

37 / 40

20 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lgan gorizontal tekislikda tinch turibdi. Unga 22 N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping.

38 / 40

Jism 20 m balandlikdan 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 2 s dan so’ng jism ko’chish vektori yo’nalishi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi?

39 / 40

Issiqlik muvozanatda turgan ikki jismning qanday parametri teng bo’ladi?

40 / 40

Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

85 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0