On tili va adabiyot attestatsiya №7

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №7

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta?

2 / 40

Asarlarni janri bilan moslashtiring?
1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”;
a)hikoyalar to`plami; b)pyesa;  c)she`riy to`plam

3 / 40

“Vatanjon”, “Yer”, “Tinch kunlar” kabi she`rlar muallifi qaysi javobda berilgan?

4 / 40

Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan?

5 / 40

Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi?

6 / 40

“Kecha va kunduz” asarida domla – imom Ibrohim Xalilulloh to`g`risida kimdan dalil keltiradi?

7 / 40

Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas?

8 / 40

Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan?

  1. Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi.
  2.  U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi.
  3.  Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi.
  4.  Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi.

9 / 40

O`g`lining dardiga sarg`aygan onaning oh-vohlariga chidab bo`lmasdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so`zlar ishtirok etgan?

10 / 40

Bolam kepti necha tog`lardan osha,
Ikki zulfi gardaniga yarasha,
Po`sht-a, po`sht, tomoshabin jonlarim,
O`lganning nesin qilasizlar tomosha.

Ushbu to`rtlik qaysi xalq doston qahramoni tomonidan aytilgan?

11 / 40

Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko’chishning turini aniqlang. Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim.

12 / 40

Qaysi asar uch xil yakun bilan tugamaydi?

13 / 40

Tarkibidagi har bir so’zning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan gapni aniqlang.

14 / 40

Qaysi gapdagi xatolik paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik emas?

15 / 40

Darhaqiqat, shunday illatlar borki, ular harom: jamiyatning olg’a qadam qo’yishiga to’sqinlik qiladi. Barcha yomonliklar kaliti va odam umrining kushandasi – “oq ajal”ga ruju qo’yish qanchadan qancha oilalarning buzilib, farzandlarini yetim qolishiga sababchi bo’ladi. Hali balog’at ostonasidan o’tmagan bolalarning qing’ir ish va bezorilikka qo’l urishi esa ota-onalar qaddini egib, sha’nini toptaydi. Bugun raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining tezlashishi natijasida taraqqiyot kushandasining payi qirqilmoqda. Yoshlarimiz halol va haromnni farqlab olishlari, shubhasiz jamiyatga tushkan qurtlar olamining kamayishiga olib keladi. Insoniyat kelajagiga qora tamg’a bo’lgan bu illatlarni oynayi jahon va hayot ko’zgusi orqali ayovsiz fosh qilish, adolat qo’rg’oni hukmiga topshirish davr talabidir. Ushbu matnda necha o’rinda tasviriy ifoda qo’llangan?

16 / 40

Qaysi gapda og’zaki so’zlashuv uslubiga xos unsur kuzatiladi?

17 / 40

Dunyo keng, do’stim, sen torlanma,
Shashtiga mos tuhsmay xorlanma,
Bir zum tin bergil deb zorlanma,
O’zi tin izlagan olam bu.
Ushbu satrlar muallifi kim?

18 / 40

Ul kirib zavraqig’a ayladi azm, Bo’lub ul kema ahli qatlig’a jazm. Ushbu baytda shakl va ma’no munosabatiga ko’ra o’zaro qanday so’zlar qo’llangan? 1.sinonim so’zlar 2. omonim so’zlar 3. paronim soz’lar 4. antonim so’zlar

19 / 40

So’zlarning ma’nolarini moslashtiring.

20 / 40

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor, yo yaxshi qol eding.
Jon kerakmi- mana, ol endi,
Qiynar bo’lsang qiynab to’yding-ku. 

Berilgan she’riy parchada bir tovushdan iborat qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan?

21 / 40

Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo’lubtur. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo’llangan?

22 / 40

Beg’amlik, beparvolik, o’yin-kulgi yoki ixlos qo’ymaslik nimalarga putur yetkazadi deydi Abay?

23 / 40

Qaysi shoir fikricha, farzandlar ham har xil bo’ladi. Onaning baxtiga sherik bo’lib, baxtsizligida yolg’iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi. Vatanning ham go’zal tabiatini, ko’rkam bog’-rog’larini xush ko’radigan, lekin tashvish-g’amlarini o’ylamaydigan farzndlari yo’q emas deydi?

24 / 40

Ushbu matnda qanday xatoliklar kuzatiladi? 1.imloviy xato 2. ishoraviy xato 3.uslubiy xato

25 / 40

Ushbu matnda nechta fonetik o’zgarish mavjud?

26 / 40

Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?

27 / 40

Ostingda o’ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o’xshaydi shon-u shvakating, Qayerda, mehmonjon, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo’larsan? “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonidan olingan ushbu parchada bu gapni kim aytgan?

28 / 40

Bunim yo’q, unim yocq, Uyimda unim yo’q. Ishimda unum yo’q, Aytishga unim yo‘q. Ushbu gapda o‘zaro shakldoshlik hosil qilgan so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

29 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilmagan?

30 / 40

“O’tkan kunlar” romanida kimni zamona hokimlarining tuzugi bo’lsa ham, ko’p bo’lmasa ham, ozroq ularning ta’siri bunda hamn bor edi deb aytiladi?

31 / 40

Nigora egniga oq xalat kiydi, termometr bilan eshitish trubkasini cho’ntagiga solib, kasallar oldiga ketdi. Ostiga chizilgan so’zning qaysi ma’nodoshi ”vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal” ma’nosini bildiradi?

32 / 40

Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Quyoshday nur sochsin chashming-qarog’ing, Magar chinor bo’lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. Ushbu satrlarda nechta tovush o’zgarish mavjud?

33 / 40

Kardiogramma so’zida nechanchi bo’g’inga urg’u tushadi?

34 / 40

Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan?

35 / 40

“Yulduzlar mangu yonadi” qissasida kim men raisman, deb o’tirmay olishib keta beradi?

36 / 40

Uka, qo’zichoqni ushla. Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so’zning ma’nodoshiga shakldosh bo’la oladigan so’z qaysi javobda qatnashgan?

37 / 40

Qaysi gapda o’zaro shakldosh so’zlar qo’llanmagan?

38 / 40

Gahi topdim falakdin notavonlig’,
Gahi ko’rdum zamondin komronlig’,
Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda,
Base achchig’, chuchuk totdim jahonda.

Navoiy ushbu baytlarni qaysi asarida keltirgan?

39 / 40

Qaysi gapda o’zaro sinonim so’zlar qo’llanmagan?

40 / 40

Qaysi javobda uslubiy xoslangan so’zlarning o’zaro ma’nodoshlik hosil qilishi kuzatiladi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0