Fizika attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №5

Test muallifi: Navoiy viloyati Xatirchi tuman 54-maktabning fizika fani o'qituvchsi Toshev Anvar

1 / 40

40 m/s tezlikda kelayotgan mashina 5 s da tormozlanib to’xtadi. U oxirgi 2 s da qancha masofa bosib o’tgan (m)?

2 / 40

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

3 / 40

Agar diametri 0,3 m bo‘lgan velosiped g‘ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo`lsa, velosiped tezligi qanday (m/s)?

4 / 40

Jism A(−1; −1,5; −3) nuqtadan B(0; 0; 0) nuqtaga 3 s da bordi. Keyin C(1; 1,5; 3) nuqtaga 4 s da bordi. Jismning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s).

5 / 40

A mashinaning tezligi 20 m/s, B mashinaning tezligi 30 m/s va ular to`g`ri yo`lda bir xil yo`nalishda harakatlanib ketishmoqda. A mashinaning B mashinaga nisbatan tezligini toping.

6 / 40

3 m/s tezlik bilan kelayotgan 30 t massali temiryo‘l vagoni tinch turgan vagonga tirkaldi. Tirkalgan vagonlar 1 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Ikkinchi vagonning massasini toping (kg).

7 / 40

Yuqoriga tik otilgan tezlikli jism qanday balandlikka ko‘tariladi?

8 / 40

Jism 20 m balandlikdan 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 2 s dan so’ng jism ko’chish vektori yo’nalishi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi?

9 / 40

Zichligi suv zichligidan 3 marta kata massasi esa 27 kg bo’lgan jismni suvda harakatsiz ushlab turush uchun qanday kuch kerak. (N)

10 / 40

Rasmda ko’rsatilgan jismlar sistemasining tezlanishini toping (m/s²) . F1=15 N , F2=40 N , m1=2 kg , m2=3 kg , ? =30° ,? = 60° , jismlar va sirt orasidagi ishqalanish koiffisienti ? = 0,4 ga teng.

11 / 40

Uzunligi l₁ bo’lgan birinchi mayatnik 5s davr bilan, uzunligi l₂ bo’lgan ikkinchi mayatnik 3s davr bilan tebranmoqda. Uzunligi l=(l₁-l₂)/2 bo’lgan mayatnik tebranish davrini aniqlang.

12 / 40

Miqdori 12 mol bo’lgan argon gazi 12°C dan -88°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?

13 / 40

Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi?

14 / 40

Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan bo’lgan quvurning birinchi qismida suyuqlik tezligi v₁=12 m/s, ikkinchi qismida v₂=16m/s ga teng. Shu qismlardagi gidrostatik bosimlarni taqqoslang.

15 / 40

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vector kattalik emas?

16 / 40

Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m).

17 / 40

Jism yo’lning 1/3 qismini 20m/s, qolgan qismini 30m/s tezlikda bosib o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s).

18 / 40

Asoslari teng bo’lgan qiya tekisliklar ustida ikki jism joylashgan. Agar birinchi qiya tekislikning qiyaligi 0,8 ga, ikkinchisining qiyaligi 0,6 ga teng bo’lsa jismlarning qiya tekislik etagidagi tezliklarini taqqoslang (v₁/v₂) µ=0

19 / 40

X₁=5+2t, X₂=6t-15 (m) qonuniyat bo’yicha harakatlanayotgan jismlarning uchrashish vaqti t va uchrashish joyi s ni toping.

20 / 40

Tezliklari 10 m/s va 15 m/s bo’lgan jismlarning nisbiy tezliklari qaysi oraliqda bo’ladi?

21 / 40

Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m

22 / 40

Linza oldidagi buyum bilan uning haqiqiy tasviri orasidagi eng qisqa masofa 28cm ga teng bo’lsa, linzaning optik kuchini (D) toping.

23 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

24 / 40

Suvning temperaturasi 8°C dan 1°C gacha pasaydi. Bunda suv ichidagi jismga ta’sir etuvchi Arximed kuchi qanday o’zgaradi? Jism o’lchami o’zgarishini hisobga olmang.

25 / 40

Qo’zg’almas blokka o’tkazilgan vaznsiz ip ikki uchiga massalari 8kg va 2kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Yuklarning nisbiy tezlanishi qanday (m/s²)?

26 / 40

Silindr yon sirti yuzi 24π ga, hajmi 48π ga teng. Silindrning balandligini toping.

27 / 40

Disk gardishidagi nuqtaning tezligi 8 m/s, undan sm markazga yaqin nuqtaning chiziqli tezligi 6 m/s ga teng. Disk radiusini aniqlang (cm).

28 / 40

Havoning qarshiligi bo’lmagan joyda boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatning oxirgi uch sekundida 180m masofani bosib o’tdi. Jism tushgan balandlikni aniqlang (m). g=10 m/s²

29 / 40

O’z inersiyasi bilan harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchlari ta’sir eta boshlagach tekis sekinlanuvchan harakatlana boshladi. Shu vaqtdan boshlab toki to’xtaguncha bo’lgan yo’lning birinchi yarmida tezligi qanday o’zgaradi?

30 / 40

Avtomobil YPX postiga 72km/s tezlikda tekis harakatlana boshladi. Avtomobil postga kirib kelishi bilan YPX xodimi ushbu avtomobilni tekis tezlanuvchan harakat qilib quva boshladi. Quvib yetish oldidan GAI avtomobili tezligi qanday bo’lgan (m/s)?

31 / 40

Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

32 / 40

Psixrometrning quruq termometri ko’rsatishi o’zgarmasdan nam termometr ko’rsatishi pasaysa, nisbiy namlik qanday o’zgaradi?

33 / 40

Moddiy nuqta A (-1;4) nuqtadan B (2;8) nuqtaga 5s da, so’ngra C (-5;1) nuqtaga 3s da o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni aniqlang (m/s).

34 / 40

Radianga o’tkazing: 15°

35 / 40

Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)?

36 / 40

505 m/s tezlik bilan uchayotgan 200kg massali snaryad relslarga parallel yo’nalishda uchib massasi 20 t bo’lgan tinch turgan qumli platformaga urildi va qumga tiqilib qoldi. Platforma qanday tezlik bilan harakatlanadi (m/s)?

37 / 40

Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/

38 / 40

dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi?

39 / 40

Moddiy nuqta 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib 40s dan so’ng daraxt yonidan o’tdi. Daraxtni koordinatalar boshi va moddiy nuqta harakat yo’nalishini musbat yo’nalish sifatida tanlab, t=60 s da jism koordinatasini aniqlang (m).

40 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0