Fizika attestatsiya №3

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Moddiy nuqtaning tezligini vaqtga bog‘liqligi υ=6t tenglama bilan berilgan. Agar boshlangich momentda harakatlanuvchi nuqta koordinatlar boshida bo‘lgan bo‘lsa, x=f(t) bog‘lanishni yozing.

2 / 40

Bir litr suv necha sm3 ga teng?

3 / 40

G'altakdan 0,1 A tok òtganida magnit oqim 0,02 Vb bòlgan. Ğaltakda tòplangan energiyani aniqlang.

4 / 40

Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday?

5 / 40

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

6 / 40

Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi?

7 / 40

Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak?

8 / 40

Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2.

9 / 40

Uzunligi 300 m bo’lgan teploxod dengizda to’g’ri chiziq bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan suzmoqda. Tezligi 90 km/soat bo’lgan kater uning oxiridan tumshug’igacha borib qaytib kelishiga 37,5 s vaqt ketdi.Teploxodning tezligini toping? (m/s)

10 / 40

Kub shaklidagi jismning massasi 3 kg. Qirrasi 3 marta uzun bo’lgan va huddi shu moddadan tayyorlangan kub shaklidagi boshqa jismning massasi qanday bo’ladi?

11 / 40

Magnitafon o’ragichi 6m/s tezlik bilan 60s da tasmani o’rab bo’ladi. agar o’ragichning boshlang’ich radiusi 2sm, oxirgi radiusi 10 sm bo’lsa. Tasmaning qalinligi qanday (mm)? ?= 3 deb oling.

12 / 40

Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s)

13 / 40

Havo shari biror balandlikka vertikal ko’tarilgach, shamol uni gorizontal yo’nalishda 300m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko’chishi 500m bo’lsa, uning o’tgan yo’li qanday (m)?

14 / 40

Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi?

15 / 40

Agar diametri 0,3 m bo‘lgan velosiped g‘ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo`lsa, velosiped tezligi qanday (m/s)?

16 / 40

Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² .

17 / 40

Jism gorizontal holatda boshlang‘ich ?1 tezlik bilan otilganida K nuqtaga, ?2 boshlang‘ich tezlik bilan otilganida esa L nuqtaga borib tushadi (ras.q).  Berilganlarga ko‘ra ?1/?2 nisbatni toping. (g=10 m/s² , havoning qarshiligini hisobga olmang)

18 / 40

OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t²   ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi?

19 / 40

Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14)

20 / 40

Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).

21 / 40

A mashinaning tezligi 20 m/s, B mashinaning tezligi 30 m/s va ular to`g`ri yo`lda bir xil yo`nalishda harakatlanib ketishmoqda. A mashinaning B mashinaga nisbatan tezligini toping.

22 / 40

Quyidagi kattaliklardan qaysi biri o`zgarsa ham yassi kondensatorning sig`imi o`zgarmaydi?

23 / 40

Qachon jismning ko`chishi uning trayektoriyasi bilan mos tushadi

24 / 40

Bir g’ishtni ikkinchisining ustiga qo‘yib, yuqoriga otishdi. Yuqoridagi g’ishtning pastdagi g’ishtga bosim kuchi qachon nolga teng bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

25 / 40

Agar jismning kinetik energiyasi 3 marta ortgan bo`lsa, tezlik necha marta ortgan?

26 / 40

Yеr Quyоsh аtrоfida аylаnаyоtgаnda mоddiy nuqtа bо‘lаdimi?

27 / 40

Kater yo‘lning 1/4 qismini ϑ  tezlik bilan, qolgan qismini esa 2ϑ  tezlik bilan o‘tgan bo‘lsa, uning shu yo‘l­dagi o‘rtacha tezligi qanday?

28 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

29 / 40

25,2 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan 600 kg massali avtomobil motor o‘chirilgach yana 50 m yo‘l yurib to‘xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)?

30 / 40

Gorizontal yo`nalishda harakatlanib ketayotgan samolyotdan snaryad erkin tushib ketdi. Uning samolyotga nisbatan harakat trayektoriyasi qanday shaklda bo`ladi?

31 / 40

Jism 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning yerga urilish paytidagi tezligi 50 m/s ga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ?

32 / 40

25 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga qiya otilgan jismning uchish davomidagi minimal tezligi 15 m/s ga teng. Uning uchish davomiyligi qanday bo‘lgan (s) ?

33 / 40

Hаrаkаtlаnаyotgаn pоyezd vаgоnidа o‘tirgаn оdаm nimаlаrgа nisbаtаn tinch hоlаtdа?

34 / 40

Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi (kg)?

35 / 40

Izobarik kengayishda bir atomli ideal gazning ichki energiyasi qanday o`zgaradi?

36 / 40

Nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofani 12 sm ga qis­qartirganda, ularning ta’sir kuchi 16 mar­ta ortsa, ular orasidagi dastlabki masofani toping (sm).

37 / 40

4 MW∙soat energiyani GJ da ifodalang.

38 / 40

Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat qilgan hisoblanadi

39 / 40

Sun’iy yo‘ldosh orbitasining diametri 2 marta ortganda yo‘ldoshning orbita bo’ylab harakat tezligi qanday o‘zgaradi ?

40 / 40

Jism erkin tushishi vaqtining birinchi va ikkinchi yarmida og`irlik kuchining bajargan ishlari nisbatini toping.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0