Uy » Attestatsiya testlar » Tarix attestatsiya » Tarix attestatsiya №1 Tarix attestatsiya Tarix attestatsiya №1 InfoMaster Yanvar 23, 2022 406 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 15 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Tarix fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Quyidagilardan qay biri Turkiston ilg'or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlisi hukmron mafkuradan mustaqil bo'lgan ......... ga asos solinishi edi? A) xalq ta'limi tizimining yaratilishi hamda milliy matbuot B) milliy teatr va milliy matbuot C) milliy siyosiy partiyalar D) xalq ta'limi tizimining yaratilishi hamda milliy teatrga 2 / 40 Gazli koni qachon ochilgan? A) 1958-yilda B) 1960-yilda C) 1965-yilda D) 1956-yilda 3 / 40 Yangi usul maktablari bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda... A) siyosiy ongini yuksaltirishda kuchli ta’sir o’tkazish xususiyatiga ega edi. B) diniy bilimlarni ham yanada mustahkamlash uchun imkoniyat berardi. C) fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga xizmat qilar edi. D) mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhini vujudga kelishiga xizmat qilar edi. 4 / 40 «Oq inqilob» qayerda bo’lib o’tgan? A) Turkiyada B) Xitoyda C) Eronda D) Hindistonda 5 / 40 1995yilda qaysi shaharlarda Markaziy Osiyo davlat boshliqlarning Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvi qayerda bo’lib o’tgan? 1) Nukus shahrida; 2) Toshhovuz shahrida; 3) Qizil O‘rda shahrida; 4) Toshkent. A) 1,2,3 B) 1.2 C) 1.3 D) 1.4 6 / 40 “Afrosiyob qo‘rg‘oni”, “Shohizinda”, “Cho‘ponota” asarlarining muallifini aniqlang. A) Mulla Olim Maxdum B) V.Vyatkin C) V.Bartold D) Muhammad Solih 7 / 40 Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo'lgan kimlardan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g'oyalarni davom ettirdilar? A) Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Boborahim Mashrab B) Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Bedil C) Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur D) Sayido Nasafiy, Turdi, Vola 8 / 40 «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmon qachon qabul qilingan? A) 1992-yil 4-yanvarda B) 1991-yil 29 dekabr C) 1990-yil 15-noyabrda D) 1990-yil 24 mart 9 / 40 Jadidlar nimani taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo'naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi deb hisobladilar? A) ilm-fanni B) matbuotni C) dinni D) teatrni 10 / 40 Qaysi viloyatdan belgilangan mardikorlarni to'plash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to'g'ri kelgan? A) Samarqand B) Yettisuv C) Farg’ona D) Sirdaryo 11 / 40 Davlatlaming o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi…. A) Korporatsiya B) Federatsiya C) Respublika D) Avtonomiya 12 / 40 Parovozni kim va qachon ixtiro qilgan? A) 1815-yil Jorj Stefenson B) 1820- yil Maykl Faradey C) 1825-yil Gemfri Devi D) 1815-yil Daymler 13 / 40 Quyidagi qaysi jadid namoyondasi jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallari asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ'ibotchisi bo'lgan? A) Abdurauf Fitrat B) Munavvarqori C) Mahmudxo’ja Behbudiy D) Abdulla Avloniy 14 / 40 Qachon Isroil va FATX bir-birini tan olgan? A) 1991-yil B) 1995-yil C) 1992-yil D) 1993-yil 15 / 40 Toxariston nomi qayerdan olingan? A) hukmdor nomidan B) toxar qabilasi nomidan C) Toxaristondagi shahar nomidan D) qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan 16 / 40 Mardikorlikka olishga qarshi qaysi hududda ko’tarilgan qo’zg’alon ishtirokchilari mustamlakachilarning xizmatida bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi? A) Namangan B) Andijon C) Toshkent D) Eski Marg’ilon 17 / 40 Buxoroda bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan 400 tanobga ega qishloq qanday nomlangan? A) hazora B) marza C) nim hazora D) qoriya 18 / 40 Bobo Go‘klan boshchiligidagi qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘lgan? A) 1883-1893-yillar B) 1889-1891-yillar C) 1881-1891-yillar D) 1876-1885-yillar 19 / 40 Qaysi shaharlar jadidchilik hara¬katining markaziga aylandi? 1. Toshkent 2. Buxoro 3. Xo’jand 4. Andijon 5. Qo'qon 6. Xiva 7. Namangan 8. Samarqand A) 1, 2, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 8 C) 1, 2, 4, 5, 7, 8 D) 1, 2, 4, 5, 6, 8 20 / 40 1917-yil fevral voqealaridan keyin jadidlar tomonidan ilgari surilmagan siyosiy talablardan birini aniqlang. A) yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga o’qishga yuborish B) Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish C) milliy matbuot erkinligini ta’minlash D) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish 21 / 40 Nechanchi yildan boshlab Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari joriy etildi? A) 1915-yildan B) 1914-yildan C) 1916-yildan D) 1917-yildan 22 / 40 XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga qancha Dashti Qipchoq o’zbeklari kirib kelgan? A) 1 mlnga yaqin B) 500-600-ming C) 700-800 ming D) 300-400 ming 23 / 40 Qayudagilardan yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg'urgan jadidlarni qo'llab-quvvatlab, o’z hisobidan katta miqdorda mablag’ ajratgan Andijonlik sarmoyadorni toping. A) Mirkomil Mirmo'minboyev B) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev C) Hoji Rafiy D) Hamidxo’ja Mehriy 24 / 40 Toshkent traktor zavodi (TTZ) qachon barpo etildi? A) 1948-yil B) 1969-yil C) 1949-yil D) 1947-yil 25 / 40 Qaysi yili va qaysi shaharda jadidlar tomonidan «Tarbiyayi atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib talabalarni Turkiyaga o'qishga yuborganlar? A) 1910-yil Buxoro B) 1905-yil Samarqand C) 1900-yil Andijon D) 1910-yil Toshkent 26 / 40 AQSH Eronni «xalqaro terrorizmning sherigi» deb atadi Eron bu tamg’adan qutulish uchun qaysi davlatlardagi ronlik diniy maslahatchilar chaqirib oldi? 1) Suriya; 2) Sudan; 3) Liviya; 4) Jazoir; 5) Bosniya; 6) Misr. A) 1,4,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 2,3,5 27 / 40 Iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor innovatsion sektori, yalpi ichki mahsulotda fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalarida raqobat ustuvor bo‘lgan jamiyat. Bu sivilizatsiyaga nisbatan axborot jamiyati atamasi ham qo‘llaniladi. A) Agrar jamiyat B) Industrial sivilizatsiya C) Postindustrial sivilizatsiya D) sivilizatsiya 28 / 40 Samarqandda faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyondalari berilgan javobni aniqlang. A) Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Azjiy B) Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho'lpon, Is'hoqxon Ibrat C) Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev D) Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev 29 / 40 1914-yilda Turkistonda joriy qilingan «favqulodda muhofaza holati»ni buzganlar uchun qancha miqdorda jarima belgilandi? A) 150 so’m B) 50 so’m C) 30 so’m D) 9 so’m 30 / 40 1932-yilda hokimiyat tepasiga kelgan shaxlarni aniqlang. A) Gindenburg va Ruzvelt B) Gitler va Ruzvelt C) Gitler - Eyzenxauer D) Gindenburg va Guver 31 / 40 Birinchi oliy ma'lumotli o'zbek advokati bo'lgan Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja qaysi buyuk rus yozuvchisi bilan yozishmalar olib borgan? A) A. Chexov B) Lev Tolstoy C) P. Tolstov D) Y. Masson 32 / 40 Quyidagi qaysi shaxsni «podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish» deb hisoblanib, podsho hukumati uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qilagan edi? A) A.Gippius B) Rozenbax C) F. Girs D) Vrevskiy 33 / 40 Tub aholini savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan reja? A) kollektivlashtish siyosati B) NEP C) ko'chirish siyosati D) imloning 3 marta o’zgarishi 34 / 40 Kim o’ziga “amir ul umaro” (ulug’ amir) unvonni olgan? A) Ibrohimbiy B) Ubaydulloxon C) Nodir Muhammad D) Subxonqulixon 35 / 40 SSSRda qachon bozor muhiti barham topgan? A) 1939-yilda B) 1933-yilda C) 1929-yilda D) 1937-yilda 36 / 40 1917-yilga kelib o‘lkada nechta yangi usuldagi maktablar mavjud edi? A) 100 ga yaqin B) 24 ta C) 63 ta D) 100 dan ortiq 37 / 40 Ular safida 28 nafar fashistni otib o‘ldirgan snayperchi Zebo G‘aniyeva ham bo‘lib, u mardligi va jasorati uchun qanday ordeni bilan mukofotlandi? A) Qizil yulduz B) Berlinni egallaganligi uchun C) Qizil Bayroq D) Moskva mudofaasi uchun 38 / 40 O'rta asrlada rohiblar ibodatdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullangan? A) savdo ishlari bilan B) xattotlik va monastir maktablarida bolalarni o‘qitgan C) harbiy ish bilan D) kitoblar tarjimasi bilan 39 / 40 Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olinishi to'g'risidagi farmoniga ko'ra Turkiston viloyatlaridan qancha kishi olinishi kerak edi? 1) Sirdaryo 2) Farg’ona 3) Samarqand a) 38 ming b) 50 ming c) 87 ming A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a 40 / 40 O’zbekistondagi tezyurar poyezd 2016-yilda qaysi shahargacha kelgan? A) Buxoro B) Qarshi C) Xiva D) Samarqand O'rtacha ball 76% 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86% -100% 5 baho 71% -85% 4 baho 56% -70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 14 Tarix fanidan attestatsiya savollari №16