Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 120 Ko'rishlar 217 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 6, 1, 7, 3, 5, 2, 4 B) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 C) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 D) 3, 5, 2, 4, 6, 1, 7 2 / 25 2. Quyida nechta dengiz suvo‘tlari turi keltirilgan. 1) laminariya; 2) kladofora; 3) ulva; 4) spirogira; 5) nemalion; 6) xlamidomanada; 7) xlorella A) 1 tur B) 3 tur C) 4 tur D) 2 tur 3 / 25 3. O‘simlikxo‘r hayvonlarni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘izi; 2) suluv ninachi; 3) to‘shak qandalasi; 4) olma mevaxo‘ri; 5) maxaon lichinkasi A) 1, 4 B) 3, 5 C) 1, 2 D) 2, 4 4 / 25 4. Biologik tizimning eng katta darajasini belgilang? A) biosfera B) ekotizim C) organizm D) populyatsiya 5 / 25 5. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4)katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. A) 3, 1, 4, 5, 2 B) 1, 4, 5, 2, 3 C) 4, 5, 2, 3, 1 D) 2, 3, 1, 4, 5 6 / 25 6. Qaysi kasalliklar nafas olish organlari kasalliklari emas? 1) rinit; 2) faringit; 3) bronxit; 4) gepatit; 5) botulizm; 6) dizenteriya; 7) zotiljam; 8) laringit A) 4, 7, 8 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 7 D) 4, 5, 6 7 / 25 7. Daryo qisqichbaqasi butli o‘rgimchak kabi … A) boshko‘krak va jag‘larga ega B) zahar bezi va traxeyaga ega C) pillaga tuxum qo‘yadi, ochiq qon aylanish sistemasiga ega D) murakkab ko‘zlarga ega va pilla ichiga tuxum qo‘yadi 8 / 25 8. Quyida tokdoshlar oilasiga mansub nechta o‘simlik turi keltirilgan? 1) madaniy tok; 2) shuvoq; 3) topinambur; 4) terakbargli liftok; 5) kattaqo‘rg‘on; 6) qorago‘zal A) 4 tur B) 1 tur C) 2 tur D) 3 tur 9 / 25 9. Barglari umumiy barg bandining oxirgacha qarama – qarshi joylashgan o‘simlikning vatanini aniqlang. A) Braziliya B) Xitoy C) Kanada D) Angliya 10 / 25 10. Qaysi qon guruhli odamlar qonida agglyutinin alfa uchramaydi (a) va uchraydi (b)? A) a-III va IV; b-II va IV B) a-II va IV; b-III va I C) a-I va II; b-IV va III D) a-IV va I; b-III va II 11 / 25 11. Yuksak o‘simliklarning jami nechta bo‘limida jinsiy ko‘payish jarayonida arxegoniy ichida tuxum hujayra yetiladi? A) 4 bo‘lim B) 2 bo‘lim C) 3 bo‘lim D) 1 bo‘lim 12 / 25 12. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) 2 turkum B) 7 turkum C) 4 turkum D) 6 turkum 13 / 25 13. Odamda uchraydigan virus kasalliklarini aniqlang. 1) tamaki mazaikasi; 2) oqsil; 3) quturish; 4) gepatit; 5) kuydirgi; 6) qizilcha; 7) o‘lat; 8) polimiyelit; 9) ensefalit A) 3, 6, 8, 9 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5 14 / 25 14. Hujayra nazariyasiga asos solishda qaysi ilmiy-tadqiqot usulidan foydalanilgan? A) kuzatish B) tarixiy C) eksperimental D) taqqoslash 15 / 25 15. Katta qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang. a) itbaliq; b) salamandra; c) manta; d) qizilto‘sh; e) qurbaqa; f) gavial; g) turkiston agamasi A) a, b, e B) b, e, g C) a, c D) d, f 16 / 25 16. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust; A) 4 ta B) 3 ta C) 7 ta D) 5 ta 17 / 25 17. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – ituzum B) a – karamdoshlar; b – ituzum C) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka D) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon 18 / 25 18. Odam skeletidagi uzun g‘ovak suyaklarning nechtasi ko‘krak qafasida (a) va nechtasi qo‘l suyaklarida (b) joylashgan? A) a-36; b-4 B) a-37; b-2 C) a-25; b-2 D) a-24; b-4 19 / 25 19. Nastarin qaysi jihatlari bilan tokdan farq qiladi? 1) urug‘lanishdan so‘ng meva hosil qilishi; 2) gullarining qiyshiqligi; 3) ro‘vak to‘pgul hosil qilishi; 4)barglarining novdada joylashuvi; 5) poyasining yog‘ochlashganligi A) 3, 4 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 2 20 / 25 20. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 1, 5 B) 1,4 C) 3,5 D) 2,3 21 / 25 21. Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi. A) poya, barg B) gul, meva, urug C) to‘pbarg, ildizpoya D) ildiz, barg, gul 22 / 25 22. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (I) va ko‘p yillik o‘t (II)ni belgilang. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayxon; g) pomidor A) I-b, c; II-a, d, e B) I-a, e, f; II-b, c, d C) I-c, d; II-e, f, g D) I-b, c, d; II-a, e, f 23 / 25 23. Merinos zoti -…….. A) tarpanning avlodi B) toq quyoqli hayvon C) sersut qoramol zoti D) juft tuyoqli hayvon 24 / 25 24. Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus A) 1, 4 B) 3, 5 C) 4, 6 D) 1, 2 25 / 25 25. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini aniqlang. A) Urgent xirurgiyasi B) Ruhiy kasalliklar C) Koʻkyoʻtal D) Miksedema 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz