Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 148 Ko'rishlar 217 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Katta qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang. a) itbaliq; b) salamandra; c) manta; d) qizilto‘sh; e) qurbaqa; f) gavial; g) turkiston agamasi A) a, b, e B) b, e, g C) a, c D) d, f 2 / 25 2. Quyida nechta dengiz suvo‘tlari turi keltirilgan. 1) laminariya; 2) kladofora; 3) ulva; 4) spirogira; 5) nemalion; 6) xlamidomanada; 7) xlorella A) 4 tur B) 1 tur C) 2 tur D) 3 tur 3 / 25 3. Merinos zoti -…….. A) juft tuyoqli hayvon B) toq quyoqli hayvon C) tarpanning avlodi D) sersut qoramol zoti 4 / 25 4. Qaysi qon guruhli odamlar qonida agglyutinin alfa uchramaydi (a) va uchraydi (b)? A) a-IV va I; b-III va II B) a-II va IV; b-III va I C) a-I va II; b-IV va III D) a-III va IV; b-II va IV 5 / 25 5. Odamda uchraydigan virus kasalliklarini aniqlang. 1) tamaki mazaikasi; 2) oqsil; 3) quturish; 4) gepatit; 5) kuydirgi; 6) qizilcha; 7) o‘lat; 8) polimiyelit; 9) ensefalit A) 3, 6, 8, 9 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 6, 7 6 / 25 6. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini aniqlang. A) Koʻkyoʻtal B) Miksedema C) Urgent xirurgiyasi D) Ruhiy kasalliklar 7 / 25 7. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4)katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. A) 3, 1, 4, 5, 2 B) 1, 4, 5, 2, 3 C) 2, 3, 1, 4, 5 D) 4, 5, 2, 3, 1 8 / 25 8. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (I) va ko‘p yillik o‘t (II)ni belgilang. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayxon; g) pomidor A) I-a, e, f; II-b, c, d B) I-b, c, d; II-a, e, f C) I-b, c; II-a, d, e D) I-c, d; II-e, f, g 9 / 25 9. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka B) a – ituzumdoshlar; b – ituzum C) a – karamdoshlar; b – ituzum D) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon 10 / 25 10. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 2,3 B) 1,4 C) 1, 5 D) 3,5 11 / 25 11. Quyida tokdoshlar oilasiga mansub nechta o‘simlik turi keltirilgan? 1) madaniy tok; 2) shuvoq; 3) topinambur; 4) terakbargli liftok; 5) kattaqo‘rg‘on; 6) qorago‘zal A) 2 tur B) 1 tur C) 3 tur D) 4 tur 12 / 25 12. Qaysi kasalliklar nafas olish organlari kasalliklari emas? 1) rinit; 2) faringit; 3) bronxit; 4) gepatit; 5) botulizm; 6) dizenteriya; 7) zotiljam; 8) laringit A) 4, 5, 6 B) 4, 7, 8 C) 1, 2, 3 D) 4, 5, 7 13 / 25 13. Odam skeletidagi uzun g‘ovak suyaklarning nechtasi ko‘krak qafasida (a) va nechtasi qo‘l suyaklarida (b) joylashgan? A) a-25; b-2 B) a-37; b-2 C) a-24; b-4 D) a-36; b-4 14 / 25 14. Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus A) 1, 2 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 4, 6 15 / 25 15. Hujayra nazariyasiga asos solishda qaysi ilmiy-tadqiqot usulidan foydalanilgan? A) kuzatish B) eksperimental C) taqqoslash D) tarixiy 16 / 25 16. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust; A) 7 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 17 / 25 17. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 B) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 C) 6, 1, 7, 3, 5, 2, 4 D) 3, 5, 2, 4, 6, 1, 7 18 / 25 18. Nastarin qaysi jihatlari bilan tokdan farq qiladi? 1) urug‘lanishdan so‘ng meva hosil qilishi; 2) gullarining qiyshiqligi; 3) ro‘vak to‘pgul hosil qilishi; 4)barglarining novdada joylashuvi; 5) poyasining yog‘ochlashganligi A) 3, 4 B) 3, 5 C) 1, 2 D) 2, 4 19 / 25 19. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) 2 turkum B) 6 turkum C) 7 turkum D) 4 turkum 20 / 25 20. Biologik tizimning eng katta darajasini belgilang? A) populyatsiya B) ekotizim C) organizm D) biosfera 21 / 25 21. Daryo qisqichbaqasi butli o‘rgimchak kabi … A) pillaga tuxum qo‘yadi, ochiq qon aylanish sistemasiga ega B) boshko‘krak va jag‘larga ega C) murakkab ko‘zlarga ega va pilla ichiga tuxum qo‘yadi D) zahar bezi va traxeyaga ega 22 / 25 22. Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan? A) eritrotsit B) leykotsit C) trombotsit D) plazma 23 / 25 23. Gul formulasi Gk(5)Gt(5)Ch5U1 bo‘lgan oilaning nechta turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan? A) 4 tur B) 2 tur C) 1 tur D) 3 tur 24 / 25 24. Barglari umumiy barg bandining oxirgacha qarama – qarshi joylashgan o‘simlikning vatanini aniqlang. A) Xitoy B) Braziliya C) Kanada D) Angliya 25 / 25 25. Ayirish sistemasi bir uchi berk naychalardan iborat organizmlar qatorini aniqlang. A) midiya, bitiniya B) omar, langust C) exinokokk, planariya D) dengiz ko‘p tuklisi, nereida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz