10-sinf Biologiya olimpiada №1

1
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Biologiya olimpiada №1

2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing.

1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi

2 / 25

2. Sog‘lom odam umurtqa pog‘onasining kifozida (orqa tomonga egilma) nechta umurtqa suyaklari qatnashadi?

3 / 25

3. G‘alla navini aniqlang.

4 / 25

4. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan?

5 / 25

5. Qand lavlagi, karam va beda o‘simliklarining vatanini aniqlang.

6 / 25

6. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta  birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi?

7 / 25

7. Qaysi javobda olma (a) va qulupnay (b)ning o‘zaro farqi to‘g‘ri berilgan?

1) ra’noguldoshlar oilasiga mansub; 2) bargi oddiy; 3) bargi murakkab; 4) yonbargchali; 5) yonbargchasiz; 6) soxta mevali; 7) chin mevali

8 / 25

8. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang.

9 / 25

9. Qaysi o‘simliklarning bargi oddiy yonbargchasiz (a) va murakkab yonbargchali (b) bo‘ladi?

1) ismaloq; 2) yantoq; 3) keyreuk; 4) tok; 5) partenotsissus; 6) kanop;  7) no‘xat; 8) yeryong‘oq

10 / 25

10. Go‘shti uchun ovlanadigan molluska (a) va qisqichbaqasimon (b) larni aniqlang.

11 / 25

11. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan.

1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust

12 / 25

12. Qon aylanish sistemasi ochiq, chuchuk suvda hayot kechiruvchi organizmlarni aniqlang.

1) baqachanoq; 2) tridakna; 3) gulmoy; 4) keta; 5) langust; 6) siklop; 7) dafniya.

13 / 25

13. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi?

14 / 25

14. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang.

1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q;   7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi.

15 / 25

15. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan?

16 / 25

16. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining burchoqdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping.

1) gultojbarglari qo‘shilgan;  2) gullari gajak to‘pgulda joylashgan;  3) gulkosachabarglari 5 ta, qo‘shilgan;  4) gultojbarglari 3 xil;  5) daraxt formalar uchraydi;  6) bitta umumiy gulbandida bir nechta gul joylashadi; 7) changchilari gultojbarglarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nay ichida joylashgan

17 / 25

17. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang.

18 / 25

18. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang.

19 / 25

19. Quyidagilarning qaysi birida odamning kichik qon aylanish doirasida qon harakati yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) chap qorinchadan arteriyaga; 2) o‘pka arteriyasidan o‘ng bo‘lmachaga; 3) kovak venadan o‘ng bo‘lmachaga; 4) o‘pka venasidan chap bo‘lmachaga; 5) o‘ng qorinchadan arteriyaga; 6) o‘pka venasidan o‘pkaga

20 / 25

20. Osh piyoz o‘simligi qaysi bo‘lim va turkumga tegishli ekanligini aniqlang (mos ravishda).

21 / 25

21. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta  birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi?

22 / 25

22. Sholg‘om o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi?

23 / 25

23. Sersut qoramol zotlarini belgilang.

24 / 25

24. Qaysi o‘zbek olimi achitqi zamburug‘larini o‘rganib, novvoychilik, chorvochilikda achitqilar tayyorlash tenologiyasini yaratgan

25 / 25

25. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

10 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0