Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2514 Ko'rishlar 217 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qaysi qon guruhli odamlar qonida agglyutinin alfa uchramaydi (a) va uchraydi (b)? A) a-I va II; b-IV va III B) a-II va IV; b-III va I C) a-IV va I; b-III va II D) a-III va IV; b-II va IV 2 / 25 2. Ayirish sistemasi bir uchi berk naychalardan iborat organizmlar qatorini aniqlang. A) exinokokk, planariya B) dengiz ko‘p tuklisi, nereida C) midiya, bitiniya D) omar, langust 3 / 25 3. Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus A) 3, 5 B) 1, 4 C) 4, 6 D) 1, 2 4 / 25 4. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini aniqlang. A) Ruhiy kasalliklar B) Miksedema C) Urgent xirurgiyasi D) Koʻkyoʻtal 5 / 25 5. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) 7 turkum B) 2 turkum C) 4 turkum D) 6 turkum 6 / 25 6. Biologik tizimning eng katta darajasini belgilang? A) organizm B) ekotizim C) biosfera D) populyatsiya 7 / 25 7. Daryo qisqichbaqasi butli o‘rgimchak kabi … A) boshko‘krak va jag‘larga ega B) pillaga tuxum qo‘yadi, ochiq qon aylanish sistemasiga ega C) murakkab ko‘zlarga ega va pilla ichiga tuxum qo‘yadi D) zahar bezi va traxeyaga ega 8 / 25 8. Quyida nechta dengiz suvo‘tlari turi keltirilgan. 1) laminariya; 2) kladofora; 3) ulva; 4) spirogira; 5) nemalion; 6) xlamidomanada; 7) xlorella A) 3 tur B) 4 tur C) 2 tur D) 1 tur 9 / 25 9. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4)katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. A) 4, 5, 2, 3, 1 B) 2, 3, 1, 4, 5 C) 1, 4, 5, 2, 3 D) 3, 1, 4, 5, 2 10 / 25 10. Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan? A) plazma B) leykotsit C) eritrotsit D) trombotsit 11 / 25 11. Yuksak o‘simliklarning jami nechta bo‘limida jinsiy ko‘payish jarayonida arxegoniy ichida tuxum hujayra yetiladi? A) 1 bo‘lim B) 4 bo‘lim C) 3 bo‘lim D) 2 bo‘lim 12 / 25 12. Havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydigan hayvonlar tog‘ri keltirilgan javobni aniqlang. A) charx ilon, shaqildoq ilon, qalqontumshuq B) gepard, boyo‘g‘li, kapcha ilon C) malla shomshapalak, taqaburun, kojan, korall aspidi D) gekkon, yo‘lbars, ukki 13 / 25 13. Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi. A) gul, meva, urug B) poya, barg C) to‘pbarg, ildizpoya D) ildiz, barg, gul 14 / 25 14. Qirqbo‘g‘imlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) zigotadan rivojlanadi; 2) mustaqil oziqlanadi; 3) sporadan rivojlanadi; 4) gametofit hisobiga oziqlanadi; 5) oziq modda to‘playdi; 6) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 7) poya-bargli o‘simlik A) a-1, 5; b-3, 6 B) a-2, 7; b-3, 5 C) a-4, 5; b-2, 3 D) a-3, 5; b-2, 6 15 / 25 15. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (I) va ko‘p yillik o‘t (II)ni belgilang. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayxon; g) pomidor A) I-a, e, f; II-b, c, d B) I-b, c, d; II-a, e, f C) I-c, d; II-e, f, g D) I-b, c; II-a, d, e 16 / 25 16. Katta qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang. a) itbaliq; b) salamandra; c) manta; d) qizilto‘sh; e) qurbaqa; f) gavial; g) turkiston agamasi A) a, c B) d, f C) a, b, e D) b, e, g 17 / 25 17. Odamda uchraydigan virus kasalliklarini aniqlang. 1) tamaki mazaikasi; 2) oqsil; 3) quturish; 4) gepatit; 5) kuydirgi; 6) qizilcha; 7) o‘lat; 8) polimiyelit; 9) ensefalit A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 6, 8, 9 D) 2, 4, 6, 7 18 / 25 18. Odam yuragining chap bo‘lmachasi diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 2,3 B) 3,5 C) 1, 5 D) 1,4 19 / 25 19. Odam skeletidagi uzun g‘ovak suyaklarning nechtasi ko‘krak qafasida (a) va nechtasi qo‘l suyaklarida (b) joylashgan? A) a-25; b-2 B) a-24; b-4 C) a-37; b-2 D) a-36; b-4 20 / 25 20. Hujayra nazariyasiga asos solishda qaysi ilmiy-tadqiqot usulidan foydalanilgan? A) kuzatish B) taqqoslash C) eksperimental D) tarixiy 21 / 25 21. Gul formulasi Gk(5)Gt(5)Ch5U1 bo‘lgan oilaning nechta turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan? A) 4 tur B) 1 tur C) 2 tur D) 3 tur 22 / 25 22. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust; A) 5 ta B) 7 ta C) 3 ta D) 4 ta 23 / 25 23. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka B) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon C) a – karamdoshlar; b – ituzum D) a – ituzumdoshlar; b – ituzum 24 / 25 24. Quyida tokdoshlar oilasiga mansub nechta o‘simlik turi keltirilgan? 1) madaniy tok; 2) shuvoq; 3) topinambur; 4) terakbargli liftok; 5) kattaqo‘rg‘on; 6) qorago‘zal A) 4 tur B) 2 tur C) 3 tur D) 1 tur 25 / 25 25. Merinos zoti -…….. A) juft tuyoqli hayvon B) sersut qoramol zoti C) toq quyoqli hayvon D) tarpanning avlodi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6