Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 874 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 B) 2, 4, 6, 1, 7, 3, 5 C) 1, 7, 3, 5, 2, 4, 6 D) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 2 / 25 2. DNKning bir zanjiri asosida keltirilgan fragmentdagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang. T-C-G-A-G-T-A-C-C-T-A-T-G-A-T-C-C-C A) 46 B) 90 C) 45 D) 88 3 / 25 3. Translatsiya (a) va transkripsiya (b) jarayonlariga mos javoblarni to‘g‘ri juftlang. 1) yadroda amalga oshadi; 2) ribasomada kechadi; 3) fermentlar, DNK molekulasi ishtirok etadi; 4) oqsil molekulasi sintezlanadi; 5) i-RNK molekulasi sintezlanadi. A) a-1, 3; b-2, 4, 5 B) a-3, 5; b-1, 2, 4 C) a-1, 3, 5; b-2, 4 D) a-2, 4; b-1, 3, 5 4 / 25 4. Genlarning pleyotrop ta’sirida sichqon junining rangi qora bo‘lishi qanday holatdagi genotipga bog‘liq? A) AA B) Aa C) AA, aa D) aa 5 / 25 5. Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkum (b) ga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) a-2; b-7 B) a-2; b-3 C) a-5; b-7 D) a-7; b-2 6 / 25 6. Qaysi organizmlar tallomga ega ekanligini aniqlang? A) ulva, nitella, kladoniya B) qo‘ziqorin, plaun C) lishaynik, zamburug‘lar D) plaun, spirogira, lishaynik 7 / 25 7. Gullari to‘g‘ri, murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) shirinmiya; 2) yeryong‘oq; 3) na’matak; 4) partenotsissus; 5) sebarga; 6) yantoq A) 3, 4 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 4 8 / 25 8. Noto‘g‘ri (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqali hayvonlarni aniqlang. 1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) salamandra; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsa; 7) triton; 8) kalxat A) a-2, 5; b-1, 3 B) a-2, 6; b-3, 5 C) a-4, 6; b-2, 5 D) a-4, 7; b-1, 8 9 / 25 9. Simmental qoramol zotida sut tarkibidagi yog‘ miqdori ikki juft polimer genlarga bo‘g‘liq. Dominant digomozigota genotipli qoramol suti tarkibida 600 g yog‘ bo‘ladi. Agar barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa, sut tarkibida 400 g yog‘ bo‘ladi. Digeterozigata genotipli qoramol zotlari o‘zaro chatishtirilishi natijasida (nazariy jihatdan avlodning barchasi urg‘ochi qoramol tug‘ildi, deb tahmin qilinsa) hosil bo‘lgan avlodning necha foizining suti tarkibida 500g yog‘ bo‘lishini aniqlang? A) 37,5% B) 45,5% C) 27% D) 38,5% 10 / 25 10. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong‘oq; 4) na’matak; 5) yeryong‘oq; 6) yantoq. A) 3, 6 B) 1, 5 C) 4, 6 D) 2, 3 11 / 25 11. Tuxum yo‘nalishida boqiladigan tovuqlarni aniqlang. A) nyugempshir, pekin B) kornuel, plimutrok C) rus oq tovug‘i, leggorn D) zagorsk, pervomaysk 12 / 25 12. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan? A) bir xujayrali xivchinlilardan B) kornuel, plimutrok C) zagorsk, pervomaysk D) nyugempshir, pekin 13 / 25 13. Оdamning orqa miyasi 21-segmentidagi orqa (a), old (b) va yon (c) shoxlardan chiquvchi nervlarni to‘g‘ri juftlang? 1) sezuvchi; 2) harakatlantiruvchi; 3) simpatik; 4) parasimpatik A) a - 1; b - 2; c - 4 B) a - 1; b - 2; c - 3 C) a - 2; b - 1 D) a - 2; b - 1; c - 4 14 / 25 14. O‘simliklarga ziyon keltiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni juftlang. 1) tamaki mozaikasi qo‘zg‘atuvchisi; 2) gommoz qo‘zg‘atuvchisi; 3) bo‘rtma nematoda; 4) nozema; 5) vilt qo‘zg‘atuvchisi; 6) qo‘ziqorin; 7) zang zamburug‘i; 8) mikoz qo‘zg‘atuvchisi. A) a-3, 5, 7; b-2 B) a-5, 6, 7; b-1, 2 C) a-3, 5, 6; b-1, 8 D) a-4, 5, 6; b-2, 8 15 / 25 15. DNK fragmentida jami 1632 ta vodorod bog‘i mavjud bo‘lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmentidagi adenin nukleotidlari sonini aniqlang. A) 408 B) 340 C) 510 D) 125 16 / 25 16. Mog‘or zamburug‘i jinsiy ko‘payganda zigotadan (a) va jinssiz ko‘payganda mitseliydan (b) nima hosil bo‘ladi? A) a - sporangiy; b - sporangiy B) a - mitseliy; b - spora C) a - spora; b - gameta D) a - vegetativ tana; b – sporangiy 17 / 25 17. Kartoshkaning kechpishar navini aniqlang. A) Nimrang B) Obidov C) Samarqand D) Sanzor 18 / 25 18. Gametagenezning uchinchi bosqichida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang? 1) meyoz bo‘linish kuzatiladi; 2) birlamchi jinsiy hujayralar ozuqa to‘playdi; 3) hujayra o‘lchami ba’zan yuz, ming barobar ortadi; 4) senrtiola oqsil bo‘laklarini o‘zini yig‘ish jarayoni kuzatiladi; 5) gomologik xromasomalar o‘rtasida genlar almashinuvi kuzalatilishi mumkin; 6) translatsiya kuzatiladi; 7) RNK polimeraza fermenti ishlashi amalga oshadi; 8) gaploid to‘plamli xromasomaga ega hujayra hosil bo‘ladi; 9) genetik axboratning nukleotid tilidan aminokislota tiliga tarjimasi amalga oshadi; 10) xromasoma soni o‘zgarmaydi; 11) xromatidlar tetradasi hosil bo‘ladi A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 5, 8, 11 C) 1, 2, 3, 5, 6, 9, 10 D) 1, 5, 7, 8, 9, 11 19 / 25 19. Odam organizmida B1 vitaminining yetishmasligi natijasida …. A) nerv tolalari falajlanadi, ko‘rish qobiliyati pasayadi B) milklar qonaydi, tishlar to‘kiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi C) bronxlarning shilliq pardasi yallig‘lanadi, epiteliy to‘qimasining yangilanishi buziladi D) qo‘l-oyoq muskullari uvushib og‘riydi, nerv tolalari falajlanadi 20 / 25 20. Pseudomonas va vertitsillium hujayralari uchun umumiy bo‘lmagan tuzilmalarni aniqlang. A) RNK va DNK nukleotidlari B) ribosoma va hujayra qobig‘i C) plazmatik membrana va ATF D) endoplazmatik to‘r va mitotik ip 21 / 25 21. Qaysi organizmlarda xorda (a), nerv nayi (b), jabra yoriqlari (c) faqat embrional davrda mavjud bo‘ladi? 1) triton; 2) salamandra; 3) lansetnik; 4) kasatka; 5) oqbiqin delfin; 6) assidiya; 7) so‘fito‘rg‘ay; 8) alligator A) а-1, 7; b-3, 6; с-5, 8 B) а-1, 3; b-7; с-2, 8 C) а-5; b-4, 8; с-5, 7 D) а-3, 6; b-5, 7; с-1, 8 22 / 25 22. Tashqi sekretsiya bezlari mahsulotlari keltirilgan qatorni belgilang. 1) insulin; 2) androgen; 3) testosteron; 4) tripsin; 5) timozin; 6) lipaza A) 1, 3 B) 4, 6 C) 1, 5 D) 2, 5 23 / 25 23. Odam yuragiga xos bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. A) chap bo‘lmacha qisqarganda ikki tavaqali klapan ochiladi B) o‘ng qorincha qisqarganda venoz qon o‘pka arteriyasi chiqadi C) chap qorincha qisqarganda qon o‘pka venasiga chiqadi D) o‘ng bo‘lmacha qisqarganda uch tavaqali klapan ochiladi 24 / 25 24. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 48 B) 24 C) 12 D) 76 25 / 25 25. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 1,4,8 B) 4,7,6 C) 2,3,4 D) 6,7,2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6