Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 32 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 9-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) O’zgarmaydi B) 8 marta ortadi C) 16 marta ortadi D) 4 marta ortadi 2 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=6 m bo’lsa, harakat boshidan necha sekund vaqt o’tgach koptok o’ng devorga 3 – marta to’qnashadi. Barcha to’qnashishlar mutlaq elastik. ? = 10 ?/?^2 A) 2.5 B) 0.75 C) 3 D) 0.5 3 / 25 Jadvaldan foydalanib jism tezligini (km/h) toping. A) 50 B) 30 C) 40 D) 60 4 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjiridagi ?1 ampermetrdan 6 A tok o’tayotgan bo’lsa, 15? li qarshilikning kuchlanishi nechaga teng? A) 20 B) 35 C) 15 D) 25 5 / 25 Harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuchga ……. kuchi deyiladi. A) Amper B) Lorens C) Arximed D) Nyuton 6 / 25 Futbolchi koptokni tik yuqoriga qarab tepib yubordi. 40 m balandlikda topning tezligi 20 m/s ga teng bo’lsa. Futbolchi qanday ish (J) bajargan. Koptokning massasi 3 kg va havoning qarshilik kuchi mavjud emas deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 18 B) 1800 C) 1.8 D) 180 7 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemaning K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig’im necha μF ekanligini toping. A) 8 B) 4 C) 6 D) 4.8 8 / 25 Massasi 4 kg bo’lgan jismga 4 ta kuch rasmda ko’rsatilgandek ta’sir qilmoqda. Harakat boshidan 9 s vaqt ichida jismning impulsi (kg*m/s) qanchaga o’zgaradi? A) 90 B) 80 C) 85 D) 95 9 / 25 Agar yerda gorizontal yotgan 4 m uzunlikdagi trubaning bir uchidan ko’tarish uchun 6kN kuch yetarli bo’lsa, shu trubani vetrikal holatga keltirish uchun kamida qanday ish (kJ) bajarish kerak? ? = 10 ?/?^2 A) 24 B) 39 C) 25 D) 45 10 / 25 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib to’xtadi. Bu tormozlanish jarayonida avtomobil qancha yo’l bosgan.(m) A) 25 B) 225 C) 27,5 D) 22,5 11 / 25 Chizmada 4 ta bir xil g’ishtning silliq sirt bo’ylab birinchisiga qo’yilgan F kuch ta’siridagi harakati tasvirlangan. 4-g’ishtga qanday kuch ta’sir etadi? A) F/4 B) 3F/4 C) F D) F/2 12 / 25 Prujinani 9 sm ga siqish uchun А1 ish bajarildi, 9 sm ga cho’zish uchun esa - А2. А1/А2 ni toping. A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 13 / 25 Elektrolizda buyumni nikellash 50 minut davom etib, buyum 0.09 g nikel bilan qoplandi. Elektroliz vaqtidagi tokning qiymatini toping. Nikel uchun k= 0.3 mg/C. A) 10 A B) 0.2 A C) 1 A D) 0.1 A 14 / 25 Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi 20 m/s va aylanish radiusi 40m bo’lsa jismning markazga intilma tezlanishini toping. (m/ ?^2 ) A) 60 B) 0.5 C) 800 D) 10 15 / 25 Elektr maydon kuchlanganligi 600 kV/m bo’lgan bir jinsli maydonga kiritilgan +2nC nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchning qiymati necha mN ga teng? A) 120 B) 12 C) 1,2 D) 1200 16 / 25 Deformatsiyalanmagan prujinani siqish natijasida 200 J ish bajarildi. Agar prujinaning bikrligi 2500 N/m bo’lsa, prujina necha sm ga siqilgan? A) 0.4 B) 4 C) 400 D) 40 17 / 25 Elektronning zaryadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) −1.6 ∗ 10^−19 C B) +1.6 ∗ 10^−19? C) +1C D) -1C 18 / 25 Agar jismning massasi 4 kg va tezligi 5 m/s ga teng bo’lsa, uning kinetik energiyasini hisoblang. A) 50 J B) 25 J C) 20 J D) 40 J 19 / 25 Jism shimol tomonga 400 m, so’ng janubga 500 m masofa o’tdi. Bu harakat uchun 10 s vaqt sarflangan bo’lsa, jismning bu harakatidagi o’rtacha ko’chish tezligini (m/s) toping. A) 50 B) 90 C) 40 D) 10 20 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjirining A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 1.5R B) 3R C) 0.5R D) 2R 21 / 25 Yer sirtidan gorizontga nisbatan necha gradus burchak ostida otilgan jismning kinetik va potensial energiyalari harakat trayektoriyasining o’rtasida o’zaro tenglashadi? A) 60 B) 60 C) 55 D) 45 22 / 25 Elektr zanjirining X va Y nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 2R B) 18R C) 6R D) 1R 23 / 25 Jism tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan vertikal otildi. Jism qanday maksimal balandlikka (m) ko’tariladi? A) 10 B) 20 C) 40 D) 60 24 / 25 Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Qaysi jismning tezlanishi kattaroq? A) 2 – jismning B) 1 – jismning C) To’g’ri javob yo’q D) Teng 25 / 25 1kW*soat elektr energiyasining narxi 290 so’mni tashkil etmoqda. Iste’molchi oktabr oyi uchun 58.000 so’mni to’lagan bo’lsa, shu oy davomida necha MJ elektr energiyasini iste’mol qilgan? A) 7.2 B) 72 C) 7200 D) 720 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz