Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 454 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Granata 45 m balandlikda tezligi 0 ga teng bo’lgan vaziyatda teng ikki qismga bo’linib portladi. Bunda birinchi qism 200 g massaga ega bo’lib, portlashdan so’ng yuqoriga tik ravishda ko’tarilib, 9 s dan (portlashdan so’ng) so’ng yerga tushdi. Granataning portlashdan oldingi ichki energiyasi to’liq mexanik energiyaga aylanadi deb olib, granataning dastlabki “ichki+mexanik” energiyasini (J)toping. ? = 10 ?/?^2 A) 500 B) 50 C) 600 D) 2500 2 / 25 Harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuchga ……. kuchi deyiladi. A) Arximed B) Amper C) Nyuton D) Lorens 3 / 25 Prujinani 9 sm ga siqish uchun А1 ish bajarildi, 9 sm ga cho’zish uchun esa - А2. А1/А2 ni toping. A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 4 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=6 m bo’lsa, harakat boshidan necha sekund vaqt o’tgach koptok o’ng devorga 3 – marta to’qnashadi. Barcha to’qnashishlar mutlaq elastik. ? = 10 ?/?^2 A) 0.75 B) 2.5 C) 0.5 D) 3 5 / 25 Agar jismning massasi 4 kg va tezligi 5 m/s ga teng bo’lsa, uning kinetik energiyasini hisoblang. A) 25 J B) 50 J C) 40 J D) 20 J 6 / 25 Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Qaysi jismning tezlanishi kattaroq? A) Teng B) To’g’ri javob yo’q C) 2 – jismning D) 1 – jismning 7 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjirining A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 2R B) 3R C) 1.5R D) 0.5R 8 / 25 Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi 20 m/s va aylanish radiusi 40m bo’lsa jismning markazga intilma tezlanishini toping. (m/ ?^2 ) A) 60 B) 10 C) 800 D) 0.5 9 / 25 Elektr zanjirining X va Y nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 6R B) 2R C) 1R D) 18R 10 / 25 Futbolchi koptokni tik yuqoriga qarab tepib yubordi. 40 m balandlikda topning tezligi 20 m/s ga teng bo’lsa. Futbolchi qanday ish (J) bajargan. Koptokning massasi 3 kg va havoning qarshilik kuchi mavjud emas deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 1.8 B) 180 C) 1800 D) 18 11 / 25 Faradeyning ikkinchi qununi ifodasidagi A/Z nisbat qanday ataladi? A) Molyar ekvivalent B) Kimyoviy ekvivalent C) Fizikaviy ekvivalent D) Elektrokimyoviy ekvivalent 12 / 25 Elektronning zaryadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) -1C B) +1.6 ∗ 10^−19? C) −1.6 ∗ 10^−19 C D) +1C 13 / 25 Massasi 4 kg bo’lgan jismga 4 ta kuch rasmda ko’rsatilgandek ta’sir qilmoqda. Harakat boshidan 9 s vaqt ichida jismning impulsi (kg*m/s) qanchaga o’zgaradi? A) 90 B) 95 C) 85 D) 80 14 / 25 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib to’xtadi. Bu tormozlanish jarayonida avtomobil qancha yo’l bosgan.(m) A) 225 B) 25 C) 27,5 D) 22,5 15 / 25 1kW*soat elektr energiyasining narxi 290 so’mni tashkil etmoqda. Iste’molchi oktabr oyi uchun 58.000 so’mni to’lagan bo’lsa, shu oy davomida necha MJ elektr energiyasini iste’mol qilgan? A) 7200 B) 720 C) 72 D) 7.2 16 / 25 Jism tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan vertikal otildi. Jism qanday maksimal balandlikka (m) ko’tariladi? A) 60 B) 10 C) 40 D) 20 17 / 25 Muayyan sharoitda shakli va hajmi hisobga olinmasa ham bo’ladigan jismga ……. deyiladi. A) Moddiy nuqta B) Sanoq jismi C) Tayanch D) Tinchlikdagi jism 18 / 25 Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 8 marta ortadi B) 4 marta ortadi C) 16 marta ortadi D) O’zgarmaydi 19 / 25 Jism shimol tomonga 400 m, so’ng janubga 500 m masofa o’tdi. Bu harakat uchun 10 s vaqt sarflangan bo’lsa, jismning bu harakatidagi o’rtacha ko’chish tezligini (m/s) toping. A) 50 B) 10 C) 90 D) 40 20 / 25 Chizmada 4 ta bir xil g’ishtning silliq sirt bo’ylab birinchisiga qo’yilgan F kuch ta’siridagi harakati tasvirlangan. 4-g’ishtga qanday kuch ta’sir etadi? A) F/4 B) 3F/4 C) F/2 D) F 21 / 25 Metall sharcha +3? zaryadga ega, shu sharchaga tekkazish yo’li bilan qanday zaryad berilganida, u elektroneytral bo’lib qoladi. A) -6e B) -3e C) +3? D) 0 22 / 25 Yer sirtidan gorizontga nisbatan necha gradus burchak ostida otilgan jismning kinetik va potensial energiyalari harakat trayektoriyasining o’rtasida o’zaro tenglashadi? A) 45 B) 55 C) 60 D) 60 23 / 25 Agar yerda gorizontal yotgan 4 m uzunlikdagi trubaning bir uchidan ko’tarish uchun 6kN kuch yetarli bo’lsa, shu trubani vetrikal holatga keltirish uchun kamida qanday ish (kJ) bajarish kerak? ? = 10 ?/?^2 A) 24 B) 25 C) 45 D) 39 24 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjiridagi ?1 ampermetrdan 6 A tok o’tayotgan bo’lsa, 15? li qarshilikning kuchlanishi nechaga teng? A) 20 B) 15 C) 35 D) 25 25 / 25 Deformatsiyalanmagan prujinani siqish natijasida 200 J ish bajarildi. Agar prujinaning bikrligi 2500 N/m bo’lsa, prujina necha sm ga siqilgan? A) 4 B) 40 C) 0.4 D) 400 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6