Uy » Choraklik online testlar » Ona tili va adabiyot choraklik » 6-sinf Ona tili va adabiyot 1-chorak Ona tili va adabiyot choraklik 6-sinf Ona tili va adabiyot 1-chorak InfoMaster Oktabr 28, 2021 1169 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili va adabiyot 1-chorak Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Hеch qаyеrning mеvаlаri biznikichаlik shirin emаs. Gapda olmoshning qaysi turi mavjud? A) gumon B) belgilash C) bo`lishsizlik D) ko`rsatish 2 / 25 Qaysi qatorda kasb – hunar oti yasovchi qo’shimchalar berilgan? A) -soz,-kor,-gar B) -lik,-moq,-da C) -mi,-yu,-ku D) -ar,-dir,-cha 3 / 25 Qaysi qatorda narsa – buyum oti yasovchi qo`shimchalar berilgan? A) –loq, zor B) –ma, -don C) –lik, -chilik D) –boz, -paz 4 / 25 Qaysi qatorda mavhum otlar berilgan? A) Daftar, qalam, kitob B) Dala, bog’, gulzor C) O’tirmoq, kulmoq D) Baxt, vijdon, burch 5 / 25 Qaysi gapda jamlash olmoshi qatnashgan? A) Hаr bir ishni mаs’uliyat bilаn bаjаrish kеrаk. B) Hamma narsaning otasi – mеhnat. C) Hаr kim bilim оlish huquqigа egа. D) Jahonda bilimdan kuchli narsa yo‘q. 6 / 25 Yasama o`rin - joy otlari berilgan javobni aniqlang. A) Shifokor,o’qituvchi,bog’bon B) Paxtakor, zargar,o’quvchi C) Gulzor, oromgoh, o`tloq D) Toshkent, Guliston, Xiva 7 / 25 -k, -q, -оq, -gi qo`shimchalaridan qanday otlar yasaladi? A) mavhum ot B) narsa – buyum C) o`rin – joy oti D) kasb – hunar 8 / 25 - kor qo`shimchasini qaysi qatordagi so`zlarga qo`shish mumkin? A) zar, etik B) Osh, sinf C) bog`, paxta D) San`at, shifo 9 / 25 Saida supurgi bilan ko‘chani supurdi. Gapda qanday ot qatnashgan? A) yasama narsa – buyum oti B) yasama o`rin - joy oti C) kasb – hunar oti D) yasama shaxs oti 10 / 25 – lik, - chilik qo`shimchalari qanday ot yasaydi? A) mavhum ot B) o`rin – joy oti C) kasb – hunar D) narsa – buyum 11 / 25 X asrda yashab ijod etgan, dunyo xaritasini chizgan olim kim? A) Al - Xorazmiy B) Ibn Sino C) Mirzo Ulug’bek D) Al - Beruniy 12 / 25 О‘zbekistonning tabiatini . . . yurt bilаn tеnglаshtirib bo‘lmаydi. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. A) o`sha B) butun C) jami D) hech qaysi 13 / 25 Qaysi qatorda tub shaxs otlari berilgan? A) maktab, hovli, dala B) ustoz, dehqon, usta C) shifokor, o`qituvchi, bog`bon D) soatsoz, san`atkor, sinfdosh 14 / 25 Belgilash olmoshi mavjud gap berilgan javobni toping. A) Do’stim uyqusida allanimalarnidir gapirib chiqdi. B) Har bir fasl o’ziga xos chiroyga ega. C) Karimning bir o’zi savollarga javob berdi. D) Bugungi darsda hech kim past baho olmadi. 15 / 25 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi berilgan? A) Hech kim yolg’on gapirmasin. B) Hamma bayramda faol qatnashdi. C) Navro’z bayramida kimlar qo’shiq aytdi? D) Kimdir qo’ng’iroq qilibdi. 16 / 25 Hаmmаning bir istаgi bоr. Olmosh qanday qo`shimcha olgan? A) tushum kelishigi B) ko`plik C) egalik D) qaratqich kelishigi 17 / 25 Men qishloqda yashayman. Gapda qanday ot qatnashgan? A) mavhum ot B) kasb – hunar C) o`rin – joy oti D) narsa – buyum 18 / 25 Qaysi gapda belgilash olmoshi egalik qo`shimchasi bilan qo`llangan? A) Har kim ekkаnini o‘rаdi. B) Har kimning o`z ishi bor. C) Har birimiz bu ishga mas`ulmiz. D) Hech kimdan kam emasmiz. 19 / 25 Izohli lug`at deb qanday lug`atga aytiladi? A) Tildagi barcha so`zlarning qanday ma`nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug`atga B) To`g`ri javob yo`q C) So`zlarning yozilishini ko`rsatuvchi lug`atga D) Bir tildagi so`z ikkinchi tilde qanday so`zga teng kelishini ko`rsatuvchi lug`atga 20 / 25 Shakldosh so`zlar deb qanday so`zlarga aytiladi? A) Shakli bir xil bo`lsa ham, ma`nosi bir – xil bo`lgan so`zlarga B) Qarama – qarshi ma`noni bildirgan so`zlarga C) Bir mazmuniy uyaga mansub bo`lgan so`zlarga D) Aytilishi va yozilishi bir xil, turli atash ma`nolarini bildiradigan so`zlarga 21 / 25 Eskirgan so`zlar deb nimaga aytiladi? A) Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so`zlarga B) Faqat bir tovushni farqlovchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so`zlarga C) Tilimizda ma`lum davrda qo`llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so`zlarga D) Ma`nosi bir so`zga teng keladigan so`zlarga yoki gap birikmasiga 22 / 25 Qanday so`zlarga ko`p ma`noli so`zlar deyiladi? A) Aniq bir ma`noni ifodalash uchun qo`llaniladigan so`zlarga B) Bir bo`g`inida yonma – yon ikki xil undosh kelgan so`zlarga C) Tarkibida yonma – yon bir xil undoshlar kelgan so`zlarga D) Nutqiy ma`noda ikki va undan ortiq ma`noda qo`llanuvchi so`zlarga 23 / 25 Qanday so`zlar otash ma`nosiga ega? A) taqlid so`zlar B) yuklamalar C) mustaqil so`zlar D) bog`lovchilar 24 / 25 Yangi paydo bo`lgan so`zlar qaysi javobda berilga A) internet, kollej B) zavod, avtobus C) chechak, telivizor, radio D) hozirgi, yangilik, paydo 25 / 25 Leksikalogiya deb Tilshunoslikning qanday bo`limida aytiladi A) so`z ma`nolari haqida B) to`g`ri talaffuz qoidalarini C) hech qanday D) so`zlarning imlo qoidalarini 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 6-sinf Ona tili va adabiyot 2-chorak
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 6-sinf Ona tili va adabiyot 1-chorak
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 5-sinf Ona tili va adabiyot 4-chorak
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 5-sinf Ona tili 3-chorak yuzasidan TEST