Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 36 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 9-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Agar jismning massasi 4 kg va tezligi 5 m/s ga teng bo’lsa, uning kinetik energiyasini hisoblang. A) 25 J B) 40 J C) 20 J D) 50 J 2 / 25 1kW*soat elektr energiyasining narxi 290 so’mni tashkil etmoqda. Iste’molchi oktabr oyi uchun 58.000 so’mni to’lagan bo’lsa, shu oy davomida necha MJ elektr energiyasini iste’mol qilgan? A) 72 B) 720 C) 7.2 D) 7200 3 / 25 Qarshiligi 200 Om bo’lgan rezistordan 3 A tok o’tishi uchun, uning uchlaridagi kuchlanish necha V bo’lishi lozim? A) 203 B) 66.7 C) 600 D) To’g’ri javob berilmagan 4 / 25 Massasi 4 kg bo’lgan jismga 4 ta kuch rasmda ko’rsatilgandek ta’sir qilmoqda. Harakat boshidan 9 s vaqt ichida jismning impulsi (kg*m/s) qanchaga o’zgaradi? A) 85 B) 95 C) 80 D) 90 5 / 25 Granata 45 m balandlikda tezligi 0 ga teng bo’lgan vaziyatda teng ikki qismga bo’linib portladi. Bunda birinchi qism 200 g massaga ega bo’lib, portlashdan so’ng yuqoriga tik ravishda ko’tarilib, 9 s dan (portlashdan so’ng) so’ng yerga tushdi. Granataning portlashdan oldingi ichki energiyasi to’liq mexanik energiyaga aylanadi deb olib, granataning dastlabki “ichki+mexanik” energiyasini (J)toping. ? = 10 ?/?^2 A) 50 B) 2500 C) 500 D) 600 6 / 25 Faradeyning ikkinchi qununi ifodasidagi A/Z nisbat qanday ataladi? A) Fizikaviy ekvivalent B) Molyar ekvivalent C) Elektrokimyoviy ekvivalent D) Kimyoviy ekvivalent 7 / 25 Harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuchga ……. kuchi deyiladi. A) Lorens B) Arximed C) Amper D) Nyuton 8 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=6 m bo’lsa, harakat boshidan necha sekund vaqt o’tgach koptok o’ng devorga 3 – marta to’qnashadi. Barcha to’qnashishlar mutlaq elastik. ? = 10 ?/?^2 A) 0.5 B) 0.75 C) 3 D) 2.5 9 / 25 Jism tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan vertikal otildi. Jism qanday maksimal balandlikka (m) ko’tariladi? A) 20 B) 10 C) 60 D) 40 10 / 25 Prujinani 9 sm ga siqish uchun А1 ish bajarildi, 9 sm ga cho’zish uchun esa - А2. А1/А2 ni toping. A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 11 / 25 Futbolchi koptokni tik yuqoriga qarab tepib yubordi. 40 m balandlikda topning tezligi 20 m/s ga teng bo’lsa. Futbolchi qanday ish (J) bajargan. Koptokning massasi 3 kg va havoning qarshilik kuchi mavjud emas deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 1800 B) 18 C) 1.8 D) 180 12 / 25 Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi 20 m/s va aylanish radiusi 40m bo’lsa jismning markazga intilma tezlanishini toping. (m/ ?^2 ) A) 0.5 B) 60 C) 10 D) 800 13 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjirining A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 3R B) 2R C) 0.5R D) 1.5R 14 / 25 Elektr maydon kuchlanganligi 600 kV/m bo’lgan bir jinsli maydonga kiritilgan +2nC nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchning qiymati necha mN ga teng? A) 120 B) 1,2 C) 1200 D) 12 15 / 25 Elektrolizda buyumni nikellash 50 minut davom etib, buyum 0.09 g nikel bilan qoplandi. Elektroliz vaqtidagi tokning qiymatini toping. Nikel uchun k= 0.3 mg/C. A) 10 A B) 0.2 A C) 1 A D) 0.1 A 16 / 25 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib to’xtadi. Bu tormozlanish jarayonida avtomobil qancha yo’l bosgan.(m) A) 22,5 B) 25 C) 27,5 D) 225 17 / 25 Elektr zanjirining X va Y nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 1R B) 2R C) 18R D) 6R 18 / 25 Agar yerda gorizontal yotgan 4 m uzunlikdagi trubaning bir uchidan ko’tarish uchun 6kN kuch yetarli bo’lsa, shu trubani vetrikal holatga keltirish uchun kamida qanday ish (kJ) bajarish kerak? ? = 10 ?/?^2 A) 24 B) 25 C) 45 D) 39 19 / 25 Jism shimol tomonga 400 m, so’ng janubga 500 m masofa o’tdi. Bu harakat uchun 10 s vaqt sarflangan bo’lsa, jismning bu harakatidagi o’rtacha ko’chish tezligini (m/s) toping. A) 10 B) 40 C) 50 D) 90 20 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemaning K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig’im necha μF ekanligini toping. A) 6 B) 4.8 C) 8 D) 4 21 / 25 Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Qaysi jismning tezlanishi kattaroq? A) 2 – jismning B) 1 – jismning C) To’g’ri javob yo’q D) Teng 22 / 25 Jadvaldan foydalanib jism tezligini (km/h) toping. A) 40 B) 50 C) 60 D) 30 23 / 25 Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) O’zgarmaydi B) 4 marta ortadi C) 8 marta ortadi D) 16 marta ortadi 24 / 25 Muayyan sharoitda shakli va hajmi hisobga olinmasa ham bo’ladigan jismga ……. deyiladi. A) Sanoq jismi B) Tayanch C) Tinchlikdagi jism D) Moddiy nuqta 25 / 25 Elektronning zaryadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) -1C B) +1C C) +1.6 ∗ 10^−19? D) −1.6 ∗ 10^−19 C 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz