10-sinf Fizika olimpiada №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Fizika olimpiada №1

2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar

Ismi familiyangizni kriting!

1 / 25

Jism radiusi 1 m ga teng bo’lgan aylana bo’ylab w=1+3t+t^{2}  qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Jismning t = 2 s vaqt momentidagi tangensial tezlanishini (m/s^{2}) aniqlang.

2 / 25

Galvanik elementning ichki qarshiligi 2 ?. Agar unga qarshiligi 8 ? bo’lgan resistor ulasak manbaning FIK i nimaga (%) teng bo’ladi?

3 / 25

Bikrligi 1 N/m dan bo’lgan 7 ta purjinani har birini 7 ga bo`lib eshib qo`yildi va hosil bo`lgan prujinalar ketma – ket ulandi, hosil bo`lgan prujina bikrligi (N/m) nimaga teng?

4 / 25

Ideal gazning bosimi 800 kPa va hajmi 5 l ga teng bo’lsa, molekulalarining ilgarilanma harakat to’liq kinetik energiyasi necha kJ ga teng ekanligini toping.

5 / 25

Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi necha kV/m ekanligini toping.

6 / 25

Silindrik idishda porshen ostida joylashgan gaz doimiy 500 MPa bosim ostida kengayib, 200 kJ ish bajardi. Bunda gazning hajmi necha litrga kengaydi?

7 / 25

Jismga o’zaro 60˚ burchak ostida yo’nalgan 6ta kuch ta’sir etmoqda. Ularning 5tasi bir xil 50 N qiymatga ega. 6-si esa 30 N qiymatga ega. Jismning massasi m = 20 kg bo’lsa, u shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ta’sirda qanday tezlanish (?⁄?^2) bilan harakatlanadi?

8 / 25

Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan r masofada har birining zaryadi q dan bo'lgan to'rtta mahkamlangan zaryad izma ketin joylashgan. Agar ikki qo’shni zaryadning o’zaro ta’sir potensial energiyasi W = 600 J ga teng bo’lsa, sistemaning to’la potensial energiyasi (J) nimaga teng?

9 / 25

Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. Suvning solishtirma muzlash issiqligining qiymati (kJ/kg) nimaga teng?

10 / 25

?(?) = 10 + 4? qonuniyat bilan harakatlanayotgan jism t = 5 s ichida qanday masofani bosib o’tadi?

11 / 25

O’rtacha kvadratik tezligi 500 m/s ga teng bo’lgan geliyning haroratini toping.

12 / 25

Chizmada ko’rsatilgan sxemadan foydalanib K va L nuqtalar orasidagi kuchlanishni (V) aniqlang.

13 / 25

Gaz haroratini 17℃ ga oshdi. Gazning absolyut harorati necha kelvinga oshganini toping.

14 / 25

EYuK bir gal 6 Om tashqi qarshilikka, ikkinchi gal 24 Om tashqi qarshilikka ulandi. Bunda har ikki holatda ham tashqi zajirdagi quvvat bir xil ekanligi ma’lum bo’ldi. Tashqi qarshilikning qanday qiymatida (Om) undagi quvvat maksimal bo’ladi?

15 / 25

Tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lsa, toshning to’liq mexanik energiyasi trayektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta bo’ladi?

16 / 25

Zaryad miqdori xato yozilgan javobni toping.

 

17 / 25

A punktidan o’zaro perpendikulyar yo’llar orqali bir vaqtning o’zida ikki avtomobil : birinchisi 80 km/h va ikkinchisi 60 km/h tezliklar bilan jo’nab ketishdi. Ular qanday tezlik (km/h) bilan bir-biridan uzoqlashmoqdalar?

18 / 25

Chizmada ko’rsatilgan qaysi nuqtaning magnit induksiya vektori kattaroq qiymatga ega?

19 / 25

Odam yerda 220 N og`rilikdagi yukni ko`tara oldi, u qandaydir bir “alfa” sayyorada xuddi shu yukdan yana nechtasini ko`tara oladi? “Alfa” sayyora uchun erkin tushish tezlanishi yerdagidan 10 marta kichik.

20 / 25

Og’irligi  11/20 N bo`lgan jism qiyaligi 30° bo`lgan qiya tekislikdan tekis sirpanib tushmoqda jism va sirt orasidagi ishqalanish kuchini (N) toping.

21 / 25

40 N kuch jismga 3 ?⁄?^2 tezlanish beradi. Necha nyuton kuch shu jismga 1.5 ?⁄?^2 tezlanish beradi?

22 / 25

Tomonlari 6, 8 va 24 sm bo’lgan bir jinsli parallelopipedning massasi m = 10 kg ga teng. Shu parallelopiped. Yerga tayangan holda erishishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik potensial energiyalari farqini toping (J).

23 / 25

Izoxorik jarayonda gazning bosimi 20 % ga oshdi. Gazning harorati 40 K ga ortgan bo’lsa, uning oxirgi haroratini (℃ da) ni toping.

24 / 25

Uchta bir xil qarshilik o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulangan. Birinchi qarshilikning qiymatini o’zgartirmasdan, ikkinchi qarshilikning qiymati 3 marta, uchinchisiniki esa – 2 marta orttirilsa, birinchi qarshilikning kuchlanishi necha marta kamayadi?

25 / 25

Chizmada ko’rsatilgan sxemaning A va B nuqtalar orasidagi umumiy qarshilikni toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

3 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0