7-sinf Fizika 2-chorak

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Fizika 2-chorak

Testni Vafaqulov Alisher tayyorladi.

1 / 25

Jism 20 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Jism necha sekund eng baland nuqtasigacha ko’tariladi? g = 10 m/s2

2 / 25

Jism yerdan 35 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi. U yerga necha sekunddan so’ng tushadi?

3 / 25

Yuqoriga tik otilgan jism H balandlikkacha ko’tarildi. U 4H balandlikkacha ko’tarilishi uchun otish tezligini qanday o’zgartirishi kerak?

4 / 25

Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism birinchi sekunda qanday masofani o’tadi?g = 10 m/s2

5 / 25

Avtomobil 5 m/s2 tezlanish bilan tinch holatdan harakat boshladi. U 4s da necha metr yo’l o’tadi?

6 / 25

Erkin tushish deb qaysi harakatga aytiladi

7 / 25

Erkin tushayotgan jism ikkinchi sekundda qanday masofani (m) o’tadi?

8 / 25

Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish ishoralarning munosabatini ko’rsating.

1)  υ0 > 0, a>0 

2) υ0 > 0, a<0

3) υ0 < 0, a<0 

4) υ0<0, a>0  

9 / 25

Balkondan boshlang’ich tezliksiz tushib ketgan jism 1 s da yerga etib kelgan bo’lsa, u qanday balandlikdan (m) tushgan?

10 / 25

Samolyot qo’nish paytida g’ildiraklari yerga tekkandagi tezligi 360 km/soat. Agar uning tezlanishi 2m/s2 bo’lsa, u qancha vaqtdan keyin to’xtaydi

11 / 25

Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism 3-sekund ichida qanday masofani o’tadi? g = 10 m/s2

12 / 25

Tezlanishning o’lchov birligini ko’rsating

13 / 25

Joyidan qo’zg’algan jism 0,2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanganda 1 minutda u qanday tezlikka erishadi

14 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi, N – tayanch reaksiya kuchi, Lift tinch turganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

15 / 25

Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi

16 / 25

Nyutonning 3 qonuni formulasi qaysi ifodada to’g’ri ko’rsatilgan?

17 / 25

Massasi 60  kg    bo’lgan jism tik yuqoriga 1 m /s2 tezlanish bilan ko’tarilayotgan bo’lsa, uning og’irligi qanday bo’ladi?

18 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi,  N – tayanch reaksiya kuchi, Lift tekis xarakatlanganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating. Lift yuqoriga xarakatlana boshlaydi

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

19 / 25

Vaznsiz ko’zg’almas blok orqali o’tkazilgan vaznsiz cho’zilmas ipga massalari 6 va 4 kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Ishqalanish yo’q. Agar bu sistema o’ziga qo’yib berilsa,  yuklar qanday tezlanish (m/s2) bilan xarakat qiladi?

20 / 25

Motosikl botiq ko’prik ustida tekis harakatlanmoqda. Ko’prikning eng quyi nuqtasiga yetganida unga qo’yilgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday yo’nalgan bo’ladi?

21 / 25

1 m/s2   tezlanish bilan tushayotgan liftdagi    20 kg massali bolaning og’irligi qancha?

22 / 25

Massasi m = 10  kg  bo’lgan jismga 25 N  kuch ta’sir qilmoqda. Shu  kuch ta’sirida u qanday tezlanish bilan harakat qiladi?

23 / 25

O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning bir-biriga ta’sir kuchlari bir to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalgan, moduli bo’yicha teng va yo’nalish bo’yicha qarama-qarshidir. Bu .......

24 / 25

Nyutonning 2-qonuni formulasini ko’rsating

25 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi,  N – tayanch reaksiya kuchi, Lift yuqorida to’xtashdan oldin sekinlashganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating. Lift yuqorida to’xtashdan oldin sekinlashyapti

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0