Kimyo abituriyent testi №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Kimyo abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig‘indisi kamayib borish tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang. 1) H3O+; 2) CH4; 3) HF; 4) NH4+; 5) H2O

2 / 30

Quyida qaysi elementlarda tashqi qavatidagi s- va p- elektronlar soni teng?

1) uglerod  2) kislorod  3) kremniy  4) magniy

3 / 30

Eng kuchli oksidlovchi element juftini ko‘rsating?

4 / 30

Quydagi elementlarda ionlanish potensiali qanday o‘zgaradi

5 / 30

Nitrat kislota (HNO3) eritmasiga mol miqdorda mis metali qo’shilishidan olingan 8,96 l (n.sh.) gazlar aralashmasi 1 l 0,2 M bariy gidroksid (Ba(OH)2) eritmasidan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentrasiyasi 2 marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan misning massasini (g) hisoblang. Ar(Cu)=64

6 / 30

M n2+ kationidagi elektronlar soni X3− anionidagi elektronlar sonidan 5 taga ko‘p bo‘lsa, X elementni aniqlang.

7 / 30

Mis kuporosi va kristall soda aralashmasi tarkibida 38% suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi mis kuporosining massa ulushini hisoblang. (%)

8 / 30

3 g etanni to’la yoqish uchun tarkibida kislorod va ozon bo’lgan 6,53 l (n.sh)aralashma sarflandi. Sarflangan aralashma tarkibidagi ozonning hajmiy ulushini hisoblang. (%)

9 / 30

Neytronlar soni barcha zarrachalarning 35% ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa noma’lum elementning jami zarrachalar soni qancha?

10 / 30

Davriy sistemadagi davr raqamining fizik manosi qanday holda to‘g‘ri ifodalangan? 1) yadro atrofidagi elektron qobiqlar soni 2) chetki qobiqdagi elektronlar soni 3) oxirgi qobiqdan avvalgi qobiqdagi elektronlar soni 4) tashqi elektron qobiqning raqami

11 / 30

Mis kuporosi va kristall soda aralashmasi tarkibida 46,8% suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi natriy karbonatning massa ulushini hisoblang. (%)

12 / 30

Tinch holatdagi uzunligi L bo’lgan jism  tezlik bilan harakatlanganda uning uzunligi qanday o’zgaradi?

13 / 30

150mis (II) sulfat eritmasiga 11,2 g Fe plastinka tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqanidan so’ng plastinka metallarining to’liq ajralib chiqishi uchun 80 ml (ρ=1,26 g/ml) 37,5% li HNO₃ sarflandi. Boshlang’ich aralashmadagi tuzning konsentratsiyasini (%) aniqlang.

14 / 30

Davriy jadvalning bitta guruhchasida joylashgan elementlar atomlarining o‘zaro qaysi xususiyatlari o‘xshash bo‘ladi? 1) yadro zaryadi bir xilligi bilan 2) Tashqi elektron qobiqdagi elektronlar soni bilan 3) elektron dobiqlar soni bilan 4) kimyoviy xossalari bilan 5) fizik xossalari bilan

15 / 30

He, CO va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 5 ga teng. Shu aralashmada He va CO teng hajmda, CO va noma’lum gaz teng massada bo‘lsa, no‘malum gazni toping.

16 / 30

2A + xB = 2C bo’lgan reaksiyada 4 mol A moddaning 50% i sarflangan. B ning 50% i ortib qolgan. Jarayon 1 litrli idishda olib borilgan bo’lsa B ning necha moli sarflangan (Km=1).

17 / 30

Mn, Mn+2, Mn4+ larning 3d pog‘onachasidagi elektronlar sonini aniqlang.

18 / 30

21 g siklogeksanni katalizator (Pt) ishtirokida qizdirib (t=300oC) olingan aromatik uglevodorodga oldiniga FeCl3 ishtirokida brom, so‘ngra natriy gidroksid bilan ishlov berilganda hosil bo‘lgan mahsulot massasini (g) hisoblang

19 / 30

Qaysi zarrachani massasi va zaryadi bir xil qiymatga ega?

20 / 30

22,4 l (n.sh) CO va CO2 aralashmasida 98,73∙1023 elektron mavjud bo’lsa, ushbu aralashmadagi uglerod (IV) oksidning miqdorini aniqlang. (mol)

21 / 30

2A + xB = 2C bo’lgan reaksiyada 4 mol A moddaning 50% i sarflangan. B ning 50% i ortib qolgan. Jarayon 1 litrli idishda olib borilgan bo’lsa B ning necha moli ortib qolgan (Km=1).

22 / 30

0,05 mol fenolni bromlashda (2,4,6-tribromfenol hosil bo‘ladi) hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotni neytrallash uchun 12%li kaliy gidroksid eritmasidan qancha massa (g) sarflanadi?

23 / 30

Talliyning nisbiy atom massasi 204, 383 ga tеng. Talliy ikkita izotopdan tarkib topgan: 203Tl va 205Tl. Tabiiy talliydagi har qaysi izotopning molyar ulushini aniqlang.

24 / 30

Atom radiusi eng kichik elementni ko‘rsating.

25 / 30

Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali kamayib boradi.

26 / 30

Massa atom birligi qiymatini ko‘rsating.

27 / 30

Galliyning nisbiy atom massasi 69, 723 ga tеng. Galliy ikkita izotopdan tarkib topgan: 69Ga va 71Ga. Tabiiy galliydagi har qaysi izotopning molyar ulushini (%) aniqlang.

28 / 30

Agar tabiiy kislorod tarkibida 95% 16O, 4% 18O va 1% 17O bo‘lsa, elеmеntning atom massasi qanchaga tеng bo‘ladi.

29 / 30

Mis atomining absolyut massasi 1, 06×10-22 ga tеng bo‘lsa, uning nisbiy atom massasini aniqlang

30 / 30

Oltin atomidagi s- va d- elektronlar sonini hisoblang

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0