Kimyo abituriyent testi №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Kimyo abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Noma’lum alkenga Cl₂ ning CCl₄ dagi eritmasi ta’sir ettirilganda 29,7 g dixlorid xosil bo’ldi. Xuddi shuncha miqdordagi alkenga KMnO₄ ning suvdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 18,6 g ikki atomli spirt xosil bo’ldi. Alkenni toping.

2 / 30

He, Ne va Ar dan iborat 17,92 litr (n.sh.) aralashma tarkibidagi neonning hajmi geliy va argon hajmlari yig’indisidan uch marta kichik bo’lsa, neonning massasini (g) hisoblang. (w(Ar) = 1/2,5)

3 / 30

Keltirilgan elementlardan qaysi birining maksimal valentligi guruh nomeridan katta.

4 / 30

Adenin tarkibidagi uglerodning massa ulushi vodorodning massa ulushidan necha marta katta?

5 / 30

112 l (n.sh) CO va CO2 aralashmasida 614,04∙1023 elektron mavjud bo’lsa, ushbu aralashmadagi uglerod (IV) oksidning hajmiy ulushini aniqlang

6 / 30

Nitrat kislota (HNO3) eritmasi-ga mol miqdorda mis metali qo’shilishidan olingan 13,44 l (n.sh.) gazlar aralashmasi 2 l 0,2 M bariy gidroksid (Ba(OH)2) eritmasidan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentrasiyasi 2 marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang

7 / 30

0,6 mol kristallogidrat tarkibidagi kristalizatsion suv va suvsiz tuz massalar farqi 42 g ga teng. Agar kristallogidrat tarkibida 36% suv bo’lsa, kristallogidrat molekular massasini toping.

8 / 30

xlor atomining absolyut massasi 5, 89×10-23 ga tеng bo‘lsa, uning nisbiy atom massasini aniqlang

9 / 30

Quyidagi elementlarni elektromanfiylik qiymatlarining kamayib borish tartibida joylashtiring. 1-Ca, 2-Ba, 3-Cl, 4-Sr, 5-S, 6-Si, 7-Al, 8-P

10 / 30

Qaysi guruh va davr elementining metalmaslik xossasi kuchliroq

11 / 30

Uglerod yonishi natijasida 11,2 l (n.sh.) uglerod oksidlarining aralashmasi hosil bo‘lib, uning geliyga nisbatan zichligi 9 bo‘lsa, reaksiya uchun sarflangan kislorod hajmini (l, n.sh.) hisoblang.

12 / 30

Bir atomli spirtdan olingan 8,4 g to‘yinmagan uglevodorod 32 g bromni o‘ziga biriktirsa, spirtning tuzilishini aniqlang

13 / 30

Elementlarning atom radiusi davr ichida chapdan o‘ngga qanday o‘zgaradi.

14 / 30

Alkan va alkendan iborat 44,8 litr (n.sh.) aralashma (D(H2)=28,5) 160 g bromni biriktiradi. Agar uglevodorodlar tarkibidagi uglerodlar soni o‘zaro teng bo‘lsa, alkenni toping.

15 / 30

Qaysi elementga metalmaslik xos emas.

16 / 30

Mn, Mn+2, Mn4+ larning 3d pog‘onachasidagi elektronlar sonini aniqlang.

17 / 30

..…ns pog‘onachadan (n-1)d ga bitta elektron o‘tishi ro‘y beradi.

18 / 30

Davr va guruh raqami ortib borganda, element atom radiusi qanday o‘zgaradi

19 / 30

Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig‘indisi kamayib borish tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang. 1) H3O+; 2) CH4; 3) HF; 4) NH4+; 5) H2O

20 / 30

Quydagi orbitallarning qaysi birida elektron energiyasi eng kam?

21 / 30

He, CO va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 5 ga teng. Shu aralashmada He va CO teng hajmda, CO va noma’lum gaz teng massada bo‘lsa, no‘malum gazni toping.

22 / 30

Quyidagi keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi neytronlarga nisbatan elektronlar soni ko‘p bo‘lganlarini tanlang. 1) LiH; 2) SiH4; 3) HF; 4) H2O; 5) CH4

23 / 30

0,05 mol fenolni bromlashda (2,4,6-tribromfenol hosil bo‘ladi) hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotni neytrallash uchun 12%li kaliy gidroksid eritmasidan qancha massa (g) sarflanadi?

24 / 30

Birinchi guruh elementlaridan ionlanish potensiali eng yuqorisini tanlang?

25 / 30

Galliyning nisbiy atom massasi 69, 723 ga tеng. Galliy ikkita izotopdan tarkib topgan: 69Ga va 71Ga. Tabiiy galliydagi har qaysi izotopning molyar ulushini (%) aniqlang.

26 / 30

Tabiiy kobalt ikkita izotopdan tarkib topgan: 57Co va 59Co. Ularning molyar ulushlari mos ravishda 3, 5% va 96, 5% ga tеng bo‘lsa, kobaltning o‘rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.

27 / 30

Davriy jadvalning bitta guruhchasida joylashgan elementlar atomlarining o‘zaro qaysi xususiyatlari o‘xshash bo‘ladi? 1) yadro zaryadi bir xilligi bilan 2) Tashqi elektron qobiqdagi elektronlar soni bilan 3) elektron dobiqlar soni bilan 4) kimyoviy xossalari bilan 5) fizik xossalari bilan

28 / 30

Nеonning nisbiy atom massasi 20, 2 ga tеng. nеon ikkita izotopdan tarkib topgan: 20Ne va 22Ne. Tabiiy nеondagi har qaysi izotopning molyar ulushini (%) aniqlang.

29 / 30

Nitrat kislota (HNO3) eritma-siga mol miqdorda mis metali qo’shilishidan olingan 8,96 l (n.sh.) gazlar aralashmasi 1 l 0,2 M bariy gidroksid (Ba(OH)2) eritmasidan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentrasiyasi 2 marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang.

30 / 30

Agar elementni elektron konfiguratsiyasi …4s1, 3d5 bilan tugasa, uning atomidagi neytronlar va elektronlar yig‘indisini aniqlang?

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0