Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №1 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 604 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida retsessiv belgili farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz? A) 100 % B) 75 % C) 0 % D) 25 % 2 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida necha foiz organizm kulrang tusda bo'lishi ehtimolini aniqlang. A) 100 B) 50 C) 25 D) 75 3 / 30 Kallimaga xos ma'lumotlarni tanlang. 1) tangachaqanotlilar turkumiga mansub; 2) chumchuqsimonlar turkumiga mansub; 3) lichinkasida soxta oyoqlari bor; 4) traxeyalar orqali nafas oladi; 5) o’pkasi orqali nafas oladi; 6) ayirish sistemasi malpigi naychalaridan iborat, 7) qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o’xshash A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4, 7 D) 3, 5, 6 4 / 30 Lansetnikka xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. 1) nerv naychasi ektodermaning orqa tomonidan hosil bo'ladi; 2) nerv naychasi ektodermaning yon tomonidan hosil bo'ladi; 3) ayirish sistemasi a'zolari mezodermadan hosil bo'ladi; 4) limfa sistemasi a'zolari mezodermadan hosil boladi; 5) gaz almashinuvi jabralarda amalga oshadi; 6) bosh miyasi sodda tuzilgan. A) 2,3,5,6 B) 1,3,4,5 C) 2,6 D) 1,3,5 5 / 30 Hujayra mitoxondriyasi uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating. 1) bo'linish yo'li bilan ko’payadi, 2) turli to’qima hujayralarida soni doimiy emas; 3) faqat ko'p hujayrali organizmlarda uchraydi, 4) ichki membranasi burmali; 5) Go’lji majmuasidan hosil bo’ladi, 6) silliq membranalari krista deyiladi A) 1,2,6 B) 1,2,4 C) 3,5,6 D) 1,4,6 6 / 30 Kartoshka tugunagining ko'k-binafsha rangini dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlaming faoliyati dominant H geni bo'lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil-binafsha rang bo'ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilgan. Olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi? A) 25 B) 75 C) 100 D) 50 7 / 30 Qo'g'a o simligi uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1) mevasi qanotchali suv yordamida tarqaladi; 2) mevasi shamol yordamida tarqaladi; 3) kserofit o’simlik; 4) hayotiy shakli o‘t; 5) to’qaylarda tarqalgan; 6) namsevar o simlik A) 1,4,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,6 D) 1,3 8 / 30 Barglari navbatma-navbat joylashgan madaniy bo'lmagan o'simliklami aniqlang. A) terak, o'sma, beda, yantoq B) qashqarbeda, kamxastak, tangao’t, kavrak C) o'rta osiyo noki, na'matak, do'lana, dalachoy D) olma, do'lana, oqquray, atrrgul 9 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 128 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 5 va 3 B) 4 va 3 C) 4 va 2 D) 2 va 1 10 / 30 DNK molekulasida 1332 ta T bor. Timin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % tashkil etadi. DNK molekulasida jami nechta nukleotid bor A) 2664 B) 5382 C) 3027 D) 5328 11 / 30 Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avlodlardan nechtasining quloq uzunligi o'rtacha bo'lishini aniqlang. A) 14 B) 21 C) 28 D) 7 12 / 30 Baqa (I) va it (II) ning orqa hamda qushlarning (III) oyoqlari qanday qismlardan iborat? 1) son; 2) boldir; 3) tovon; 4) panja; 5) ilik; 6) bilak. A) I - 1, 2,3,6; II - 1,2,3,4; III - 1,2,5,6 B) I- 1,2,5,3,4; II- 1,2,3,4; III - 1,2,3,4 C) I- 1,2, 3,4; II- 1,2,3, 4,5; III -1,2, 5,4 D) I- 1,2,3,4; II- 1,2,3,4; III -1,2,5 13 / 30 28 ta xromosomali turlari mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan organizm(lar)ni ko'rsating. A) bug'doy, iloq B) skerda C) xrizantema D) tamaki 14 / 30 DNK molekulasida 1234 ta T bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % tashkil etadi. DNK molekulasida jami nechta nukleotid bor A) 3936 B) 4936 C) 4938 D) 6349 15 / 30 Nechta aminokislotaning genetik kodi faqat bitta? A) 2 ta B) 18 ta C) 12 ta D) 20 ta 16 / 30 Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida necha foizining qoshi sertuk, qovog'i osilgan va burni katta bo'ladi? A) 0 % B) 100 % C) 75 % D) 25 % 17 / 30 Krot sistematikasiga oid ma’lumotlarni aniqlang. A) sutmizuvchilar sinfi, yirtqichlar turkumi B) sutemizuvchilar sinfi, hasharotxo'rlar turkumi C) sudralib yuruvchilar sinfi, tangachalilar turkumi D) qushlar sinfi, tuvaloqlar turkumi 18 / 30 Maxsar o’simligiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio’tdoshlar oilasiga mansub 3) gultojisi naysimon; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o simlik; 6) moyli o simlik A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 2,3,5 D) 1,4,6 19 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha nisbat qanday bo’lishini aniqlang. A) 9:3:3:1 B) 15:1 C) 12:3:1 D) 9:6:1 20 / 30 Quyidagi qaysi ta’rifda invaginatsiya gipotezasiga mos dalil keltirilgan? A) xloroplast, mitoxondriya, yadro qo’sh membranali ekanligi B) biomolekulalar yadro va sitoplazmada turlicha bo'lishi C) yadro va sitoplazmaning plastik jarayonlari o'xshashligi D) mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK mavjudligi 21 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo'yicha geterozigotali bo'ladi? A) 48 ta B) 24 ta C) 72 ta D) 12 ta 22 / 30 Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang A) urg'ochi va erkagida bir juftdan tuxumdonlar va urug'donlar B) urg'ochisida ko'p tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar C) germofrodit, ko'p sonli tuxumdon va urug'donlar D) urg'ochisida 1 ta tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar 23 / 30 Quyidagi hayvonlami tana qoplami bilan juftlab belgilang. a) jayra; b) yexidna; c) gekkon; d) muflon; 1) jun; 2) uzun ninalar; 3) uzun qillar; 4) muguz tangachalar; 5) suyak tangachalar; 6) tivit. A) a-2, b-4, c-5, d-3 B) a-2, b-3, c-4, d-1 C) a-3, b-6, c-3, d-4 D) a-3, b-4, c-5, d-1 24 / 30 6 ta xromosomali organizm(lar)ni aniqlang? A) skerda B) xrizantema C) bug'doy iloq D) tamaki 25 / 30 Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avloddagi uzun quloqli qo'ylar sonini va foizini aniqlang. A) 14 ta; 50 B) 21 ta; 75 C) 7 ta; 25 D) 28 ta; 100 26 / 30 Kartoshka tugunagining ko'k-binafsha rangini dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlaming faoliyati dominant H geni bo'lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil-binafsha rang bo'ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Quyidagi chatishtirishlaming qaysi birida genotip bo'yicha nisbat 1:1:1:1:1:1:1:1 A) FfGgHh x ffgghh B) ffggHH x FFGGhh C) ffgghh x FFGghh D) FfGgHH x FfGGHH 27 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha ota-onaga o'xshamagan organizmlar necha foizni tashkil qiladi? A) 50 B) 75 C) 25 D) 100 28 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 256 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 4 va 3 B) 2 va 1 C) 4 va 2 D) 5 va 3 29 / 30 Magnoliyasimonlarga mansub o'simliklarni aniqlang. A) shirach, olg'i B) lola, bangidevona C) bo’yimodaron, xolmon D) sachratqi, tamak 30 / 30 DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang. A) 45080,6 A; 34941 B) 45980 A; 8672 C) 34941 A; 2843 D) 13259 A; 45080 Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz