Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 533 Ko'rishlar 24 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) relyefning notekisligi B) doimiy shamollarning esishi C) vulqonlarning otilishi D) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi 2 / 30 2. Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 20-50 va 200-300 B) 50-60 va 100-200 C) 60-70 va 100-150 D) 35-40 va 70-80 3 / 30 3. Yer yuzi maydoni necha mln. Km. kv. Ni tashkil etadi? A) 361 B) 510 C) 149 D) 610 4 / 30 4. ”Gufik-Avisenna” qo’shma korxonasi qaysi davlat bilan nima ishlab chiqariladi? A) Hindiston bilan dori-darmon B) Gretsiya bilan mo’yna C) Isroil bilan mayanez D) Aqsh bilan marmar 5 / 30 5. Qaysi tumanda 10ta qorako’lchilik xo’jaligi bor? A) Konimex B) Qiziltepa C) Tomdi D) Zarafshon 6 / 30 6. Okeanlar va ularga tegishli dengizlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 7 / 30 7. Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya B) Polsha, Norvegiya, Daniya C) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya D) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya 8 / 30 8. Quyidagi milliy bog‘lardan qaysilari Shimoliy Amerikada joylashgan? 1. Jasper; 2. Yosemit; 3. Manu; 4. Sekvoyya; 5. Parakas; 6. Vud-Buffalo. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6 9 / 30 9. Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi korxonasi respublikamizning qaysi shahrida joylashgan? A) Andijon B) Samarqand C) Qorovulbozor D) Chirchiq 10 / 30 10. Agar yillik yog‘in miqdori 300 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1000 mm ga teng bo‘lsa, namlik koeffitsiyentini aniqlang. A) 1.32 B) 2.1 C) 0.21 D) 0.3 11 / 30 11. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 14 998,5 km B) 4,999.50 C) 1 914, 5 km D) 9 999 km 12 / 30 12. O‘rta okean tizmalarining uzunligidan 150 marta qisqa masofa necha gradus meridian yoyining uzunligiga teng? A) 2,8° B) 3,1° C) 3,6° D) 4,2° 13 / 30 13. Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistonning eng janubida joylashgan tog‘ hisoblanadi? A) Bobotog‘ B) Oqtog‘ C) Qurama D) Zarafshon 14 / 30 14. Quyidagi qaysi geografik obyekt Past Afrikada joylashgan emas? A) Tubkal tog‘i B) Assal ko‘li C) Darfur platosi D) Kattara botig‘i 15 / 30 15. O‘zbekistonda Isroil bilan hamkorlikda paxta teradigan mashinaning yangi modeli qachon yaratilgan? A) 1992-y. B) 2000-y. C) 1998-y. D) 1994-y. 16 / 30 16. Quyidagi qaysi davlat iqtisodiyoti eng qoloq agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi? A) Shri Lanka B) Vyetnam C) Laos D) Bangladesh 17 / 30 17. 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare B) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru C) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur D) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali 18 / 30 18. Quyidagi grafikdan foydalanib, soat 17:30 dagi havo harorati va atmosfera hodisasini aniqlang. A) +23°C, bulut B) +17°C, shabada C) +20°C, jala D) +22°C, yomg‘ir 19 / 30 19. Yarimorolda joylashgan davlatlar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Yaponiya; 2) Norvegiya; 3) Ispaniya; 4) Shri-Lanka; 5) Vyetnam; 6) Koreya Respublikasi; 7) Islandiya; 8) Kuba; 9) Italiya. A) 2, 4, 6, 7, 9 B) 1, 3, 5, 7, 8 C) 2, 3, 5, 6, 9 D) 1, 4, 5, 6, 8 20 / 30 20. Quyidagi xarita-sxemada 4 raqami bilan qaysi dengiz ko‘rsatilgan? A) Adriatika B) Tirren C) Liguriy D) Ioniya 21 / 30 21. Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Indoneziya B) Singapur C) Vyetnam D) Xitoy 22 / 30 22. Gipsli cho‘llar tarqalgan hududlarni belgilang. 1) Orolbo‘yi Qoraqumi; 2) Ustyurt; 3) Qorsoqboy; 4) Mo‘yinqum; 5) Betpaqdala; 6) Mang‘ishloq; 7) Keles tekisligi. A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6 23 / 30 23. Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Gavayi B) Pasxa C) Tasmaniya D) Mariana 24 / 30 24. Qaysi tog‘ tizmasi Antarktidani ikki qismga ajratib turadi? A) Berlin B) Transantarktida C) Desepshen D) Erebus 25 / 30 25. Quyidagi rasmda qanday relyef shakli aks ettirilgan? A) Tepalik B) Yassitog‘lik C) Cho‘qqi D) Botiq 26 / 30 26. Qorako‘l qo‘ylari Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining qaysi qismida boqiladi? A) Sharqida B) Shimoli-g‘arbida C) Markazi va janubida D) Janubida 27 / 30 27. Korsika oroli qaysi davlatga tegishli? A) Fransiya B) Ispaniya C) Gretsiya D) Italiya 28 / 30 28. Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 3500 m B) 4000 m C) 3000 m D) 4500 m 29 / 30 29. Quyidagi qaysi olim tuzgan xaritada Nil va Ra daryolari tasvirlangan? A) Beruniy B) Nosir Xisrav C) Xorazmiy D) Ptolemey 30 / 30 30. 12. Abiskun dengizi qaysi materikda joylashgan suv havzasining qadimgi nomi hisoblanadi? A) Afrika B) Yevrosiyo C) Avstraliya D) Shimoliy Amerika 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6