Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 607 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Sirdaryo B) Piskom C) Zarafshon D) Chirchiq 2 / 30 2. Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 27°C B) 26°C C) 27,6°C D) 26,4°C 3 / 30 3. Zona so’zining ma’nosini aniqlang. A) Nemischa so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan, ensiz yer B) Lotincha so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan , ensiz yer C) Yunoncha so’z bo’lib , uzun, cho’zilgan , ensiz yer D) Lotincha so’z bo’lib, uzun cho’zilmagan, enli yer 4 / 30 4. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Volfram, germaniy, rux, magniy. B) Platina, molibden, nikel, aluminiy. C) Oltin, kumush, platina, uran. D) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. 5 / 30 5. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Andijon, Namangan B) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon C) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan D) Farg‘ona, Muborak, Navoiy 6 / 30 6. Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 16,425 t B) 164,25 kg C) 164 250 kg D) 16,425 kg 7 / 30 7. Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 1 va 2 B) 3 va 6 C) 4 va 6 D) 4 va 7 8 / 30 8. 1986-yil Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar rasmda qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 3 va 9 B) 1 va 4 C) 2 va 6 D) 7 va 8 9 / 30 9. Polineziya tarkibiga kirmaydigan orollar berilgan javobni belgilang. A) Finiks, Pasxa B) Santa Krus, Tuamotu C) Taiti, Gavayi D) Nauru, Bismark 10 / 30 10. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan. A) 1 va 3 B) 5 va 6 C) 4 va 7 D) 3 va 4 11 / 30 11. Tamaki-fermentatsiya zavodi respublikamizning qaysi viloyatida ishga tushirilgan? A) Navoiy B) Samarqand C) Surxondaryo D) Toshkent 12 / 30 12. Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Morena B) Laguna C) To‘g‘onli D) Tektonik 13 / 30 13. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Havo haroratiga B) Albedoga C) Yog‘in miqdoriga D) Relyefga 14 / 30 14. Havo haroratining yillik amplitudasi quyidagi qaysi yo‘nalishda ortib boradi? A) Ekvatordan qutblarga tomon B) Tog‘larning cho‘qqisidan etagiga tomon C) Daryo manbaidan mansabiga tomon D) Shimoldan janubga tomon 15 / 30 15. Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harf bilan belgilangan? A) D, A B) J, B C) G, F D) F, B 16 / 30 16. Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya B) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya C) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya D) Polsha, Norvegiya, Daniya 17 / 30 17. Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Lankaster B) Daniya C) Deyvis D) Mak-Klintek 18 / 30 18. Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari orasida neft-gaz zaxiralariga eng boy davlat qaysi? A) Togo B) Gana C) Gvineya D) Nigeriya 19 / 30 19. Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Farg‘ona IES B) Navoiy IES C) Talimarjon IES D) Sirdaryo IES 20 / 30 20. Mamlakatimizda shahar aholisining salmog‘i 1989-yildagiga nisbatan 2019-yilda qanday o‘zgardi? A) 9,5 % ga ko‘paydi B) 10,5 % ga kamaydi C) 9,5% ga kamaydi D) 10,5 % ga ko‘paydi 21 / 30 21. Quyidagi qaysi materik hududini qutbiy doira chizig‘i kesib o‘tmagan? A) Antarktida B) Janubiy Amerika C) Shimoliy Amerika D) Yevrosiyo 22 / 30 22. Quyidagi qaysi tog‘ tizmasida balandlik mintaqalarining soni kamroq? A) Bruks B) Kilimanjaro C) Hindukush D) Tyanshan 23 / 30 23. Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 9, 8, 7 B) 16, 17, 19 C) 1, 2 , 4 D) 9, 10, 12 24 / 30 24. Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) irmoqlar B) suvayirg‘ich C) daryo manbai D) estuariy 25 / 30 25. 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur B) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali C) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru D) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare 26 / 30 26. Iqlim xaritalarida yog‘in miqdori bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deb ataladi? A) Izobaralar B) Izogipslar C) Izotaxalar D) Izogiyetalar 27 / 30 27. Yarimorolda joylashgan davlatlar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Yaponiya; 2) Norvegiya; 3) Ispaniya; 4) Shri-Lanka; 5) Vyetnam; 6) Koreya Respublikasi; 7) Islandiya; 8) Kuba; 9) Italiya. A) 2, 3, 5, 6, 9 B) 1, 4, 5, 6, 8 C) 1, 3, 5, 7, 8 D) 2, 4, 6, 7, 9 28 / 30 28. Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Verxoyansk tizmasiga B) Erebus vulqoniga C) Shimoliy qutbga D) Pantanal botqoqligiga 29 / 30 29. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 1 914, 5 km B) 14 998,5 km C) 4,999.50 D) 9 999 km 30 / 30 30. Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Termik depressiya B) Sovuq front C) Geotermik o‘choq D) Iliq front 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6