Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 553 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) dengiz havosi B) havo harakati C) havo massalari D) kontinental havo 2 / 30 2. Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan B) chuqurligi va maydoni bilan C) tarkibidagi moddalari bilan D) suvning harorati bilan 3 / 30 3. Iliq oqimlarni aniqlang. A) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Gvineya B) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Kanar C) Shimoliy Atlantika, Peru, Antil, Gvineya D) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Labrador, Gvineya 4 / 30 4. Quydagilardan mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 10,9 va 13,4 %i qaysi tarmoqlarda band ekanligini ajrating? 1. Sanoat; 2. Qishloq xo‘jaligi; 3. Savdo va umumiy ovqatlanish; 4. Qurilish; 5. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 6. Transport va aloqa; 7. Fan, ta`lim, madaniyat va san`at; 8. Boshqaruv tashkilotlari. A) 1.5 B) 3.7 C) 4.8 D) 2.6 5 / 30 5. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan B) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon C) Farg‘ona, Andijon, Namangan D) Farg‘ona, Muborak, Navoiy 6 / 30 6. Tamaki-fermentatsiya zavodi respublikamizning qaysi viloyatida ishga tushirilgan? A) Toshkent B) Samarqand C) Navoiy D) Surxondaryo 7 / 30 7. Yarimorolda joylashgan davlatlar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Yaponiya; 2) Norvegiya; 3) Ispaniya; 4) Shri-Lanka; 5) Vyetnam; 6) Koreya Respublikasi; 7) Islandiya; 8) Kuba; 9) Italiya. A) 1, 3, 5, 7, 8 B) 2, 4, 6, 7, 9 C) 1, 4, 5, 6, 8 D) 2, 3, 5, 6, 9 8 / 30 8. Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan B) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on C) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon D) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz 9 / 30 9. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Ra va Istr B) Hind va Nil C) Gang va Nil D) Oks va Yaksart 10 / 30 10. Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Mak-Klintek B) Lankaster C) Deyvis D) Daniya 11 / 30 11. Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari orasida neft-gaz zaxiralariga eng boy davlat qaysi? A) Gvineya B) Togo C) Nigeriya D) Gana 12 / 30 12. Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Geotermik o‘choq B) Termik depressiya C) Sovuq front D) Iliq front 13 / 30 13. Okeanlar va ularga tegishli dengizlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang. A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 14 / 30 14. Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 1 914, 5 km B) 9 999 km C) 4,999.50 D) 14 998,5 km 15 / 30 15. Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harf bilan belgilangan? A) F, B B) D, A C) G, F D) J, B 16 / 30 16. Mamlakatimizda shahar aholisining salmog‘i 1989-yildagiga nisbatan 2019-yilda qanday o‘zgardi? A) 9,5 % ga ko‘paydi B) 9,5% ga kamaydi C) 10,5 % ga ko‘paydi D) 10,5 % ga kamaydi 17 / 30 17. 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru B) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali C) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur D) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare 18 / 30 18. Havo haroratining yillik amplitudasi quyidagi qaysi yo‘nalishda ortib boradi? A) Shimoldan janubga tomon B) Tog‘larning cho‘qqisidan etagiga tomon C) Daryo manbaidan mansabiga tomon D) Ekvatordan qutblarga tomon 19 / 30 19. Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Verxoyansk tizmasiga B) Pantanal botqoqligiga C) Erebus vulqoniga D) Shimoliy qutbga 20 / 30 20. Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 1, 2 , 4 B) 9, 10, 12 C) 9, 8, 7 D) 16, 17, 19 21 / 30 21. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan. A) 1 va 3 B) 4 va 7 C) 5 va 6 D) 3 va 4 22 / 30 22. Iqlim xaritalarida yog‘in miqdori bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deb ataladi? A) Izogiyetalar B) Izobaralar C) Izogipslar D) Izotaxalar 23 / 30 23. 1986-yil Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar rasmda qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 1 va 4 B) 7 va 8 C) 2 va 6 D) 3 va 9 24 / 30 24. Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Tektonik B) To‘g‘onli C) Laguna D) Morena 25 / 30 25. Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) suvayirg‘ich B) estuariy C) irmoqlar D) daryo manbai 26 / 30 26. Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 4 va 7 B) 1 va 2 C) 4 va 6 D) 3 va 6 27 / 30 27. Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Polsha, Norvegiya, Daniya B) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya C) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya D) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya 28 / 30 28. Quyidagi qaysi tog‘ tizmasida balandlik mintaqalarining soni kamroq? A) Tyanshan B) Hindukush C) Kilimanjaro D) Bruks 29 / 30 29. Hind okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 36,5 ‰. Okeandan olingan 4,5 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 164,25 kg B) 164 250 kg C) 16,425 kg D) 16,425 t 30 / 30 30. Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 85% B) 57% C) 70% D) 91% 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6