Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 438 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar C) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari D) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari 2 / 30 2. Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon bostirilgandan 600 yil o`tib……. A) G`aznaviylar davlati barham topdi B) Ma`sud G`aznaviy hukmronligi tugadi C) Ibrohim Bo`ritegin Vaxsh, Chog`aniyon va Xuttalonni egalladi D) Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi 3 / 30 3. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi B) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida C) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi D) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari 4 / 30 4. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 5 / 30 5. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) P. Marten B) J. Uatt C) J. Tomas D) G. Jons 6 / 30 6. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi B) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi C) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi D) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi 7 / 30 7. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) rimliklar B) hindlar C) yunonlar D) misrliklar 8 / 30 8. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni B) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i C) artilleriya qo‘mondoni D) bunday harbiy mansab bo‘lmagan 9 / 30 9. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) qirol qasrlarida B) zodagonlar uylarida C) bozorlarda D) ibodatxonalarda 10 / 30 10. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Samarqand B) Eloq C) Shosh D) Buxoro 11 / 30 11. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) V. Emmanuel B) K. Kavur C) J. Garribaldi D) J. Madzini 12 / 30 12. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Fermopil darasida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Plateya shahri yaqinida D) Attika sohilida 13 / 30 13. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Al-Xorazmiy B) Abu Nasr Farobiy C) Ahmad Farg‘oniy D) Abu Rayhon Beruniy 14 / 30 14. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 4, 5, 6 B) 5, 6, 7 C) 1, 3, 7 D) 2, 3, 4 15 / 30 15. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga nechta darvozadan kirilgan? A) 6 ta B) 8 ta C) 12 ta D) 10 ta 16 / 30 16. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) astronomiya B) musiqa C) arifmetika D) grammatika 17 / 30 17. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Bo‘riboy Ahmedov B) Maqsud Shayxzoda C) Qozizoda Rumiy D) Volter 18 / 30 18. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Samarqand B) Hirot C) Toshkent D) Buxoro 19 / 30 19. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Qarshi shahrida B) Buxoro shahrida C) Samarqand shahrida D) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan 20 / 30 20. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Turkiya B) Avstriya C) Fransiya D) Angliya 21 / 30 21. Qaysi asarda dunyoning yaratilishidan to 1523- yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A) “Habib us-siyar” B) “Shajarayi turk” C) “Ravzat us-safo” D) “Firdavs ul-iqbol” 22 / 30 22. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) o‘zaro urushlarga B) pul ishlab chiqarishga C) hamkorlikka D) o‘zaro aloqalarga 23 / 30 23. IX asr oxiri - X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Yaroslav B) Vladimir C) Ryurik D) Oleg 24 / 30 24. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish B) imperiyani qayta tiklash C) respublika tuzumini o‘rnatish D) ishchilarga saylov huquqi berish 25 / 30 25. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Erdona B) Olimxon C) Norbo‘tabiy D) Abdulkarimbiy 26 / 30 26. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) slavyanlarga B) vizantiyaliklarga C) germanlarga D) franklarga 27 / 30 27. Dastlabki globusni mil. avv. II asrda qaysi olim yaratgan? A) Poliyen B) Aristotel C) Sitrabon D) Krates 28 / 30 28. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Nasr Samarqandiy B) Abdulla Sabroniy C) Ahmad Ma’sudiy D) Sayid ibn Javhariy 29 / 30 29. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Qoshg‘ariy C) Ahmad Yugnakiy D) Abu Rayhon Beruniy 30 / 30 30. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1592-yil B) 1637-yil C) 1593-yil D) 1627-yil 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6