Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 42 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Gullari to‘g‘ri, murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) shirinmiya; 2) yeryong‘oq; 3) na’matak; 4) partenotsissus; 5) sebarga; 6) yantoq A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 4 D) 3, 4 2 / 24 2. Simmental qoramol zotida sut tarkibidagi yog‘ miqdori ikki juft polimer genlarga bo‘g‘liq. Dominant digomozigota genotipli qoramol suti tarkibida 600 g yog‘ bo‘ladi. Agar barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa, sut tarkibida 400 g yog‘ bo‘ladi. Digeterozigata genotipli qoramol zotlari o‘zaro chatishtirilishi natijasida (nazariy jihatdan avlodning barchasi urg‘ochi qoramol tug‘ildi, deb tahmin qilinsa) hosil bo‘lgan avlodning necha foizining suti tarkibida 500g yog‘ bo‘lishini aniqlang? A) 45,5% B) 37,5% C) 27% D) 38,5% 3 / 24 3. Kakku (a) va salamandra (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo'linishdan so‘ng 64 ta blastomer hosil bo'ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) 3 marta meridinal bo'linishdan so'ng 16 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo'lishi bilan tugallanadi A) a-3, 6; b-1, 4 B) a-1, 5; b-4, 6 C) a-1, 3; b-4, 5 D) a-1, 2; b-3, 6 4 / 24 4. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori A) a-2,6 b-3,5 B) a-3,4 b-1,2 C) a-2,3 b-1,7 D) a-4,5 b-6,7 5 / 24 5. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`lmaydi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi A) 1.3 B) 2.4 C) 1.4 D) 2.5 6 / 24 6. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. B) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. 7 / 24 7. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 8 / 24 8. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 4, 6; II – 2, 3 B) I – 3, 6; II – 4, 5 C) I – 1, 4; II – 5, 6 D) I – 3, 5; II – 2, 4 9 / 24 9. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-2, 7; b-3, 5 C) a-2, 3; b-4, 6 D) a-6, 7; b-1, 5 10 / 24 10. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 1, 2 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 2, 5 11 / 24 11. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi B) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi C) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi D) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi 12 / 24 12. Oddiy lipidni aniqlang. A) glikolipid B) glikoprotein C) mum D) fosfolipid 13 / 24 13. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-2; II-3 B) I-1; II-2 C) I-3; II-2 D) I-2; II-1 14 / 24 14. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi B) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud C) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali D) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali 15 / 24 15. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 2 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 2, 5 16 / 24 16. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) tovuqlarning Pervomaysk zoti B) tovus kaptar C) sudralib yuruvchilar sinf D) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi 17 / 24 17. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f B) 1 - b; 2 - a, c C) 1 - a; 2 - c, d D) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e 18 / 24 18. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 11 yoki 7 B) 16 yoki 20 C) 14 yoki 22 D) 10 yoki 8 19 / 24 19. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) bangidevona, turp, arpa B) lola, boychechak, bug‘doy C) beda, burchoq, loviya D) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam 20 / 24 20. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 1, 2, 6, 10 B) 2, 3, 4, 6, 10 C) 3, 5, 7, 8, 9 D) 4, 5, 7, 9 21 / 24 21. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-1; b-4 B) a-2; b-5 C) a-3; b-1 D) a-4; b-2 22 / 24 22. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – c, d, e; II – a, b, f B) I – b, c, f; II – a, d, e C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – a, d, e; II – b, c, f 23 / 24 23. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni B) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni C) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni D) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni 24 / 24 24. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-3, 6; b-5, 7 B) a-1, 3; b-5, 8 C) a-1, 7; b-2, 8 D) a-1, 2; b-4, 8 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz