10-sinf Kimyo olimpiada №3

0

10-sinf Kimyo olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 25

1. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish

2 / 25

2. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak?

3 / 25

3. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 172,8 g cho‘kma hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 1:2 bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.

4 / 25

4. Reаksiyaning o’rtаchа tezligi 0,4 mоl/l·sek gа teng, bоshlаng’ich mоddа kоnsentrаsiyasi 2,5 mоl dаn 1,3 mоl gаchа kаmаygаn bo’lsа, reаksiyaning dаvоm etgаn vаqtini аniqlаng.

5 / 25

5. Molekulasida vodorod soni uglerod sonidan 5 taga ko’p bo’lgan va molekulasida atomlar soni 5 ta bo’lgan ikkita noma’lum alkanlarning 2:3 hajmiy nisbatdagi aralashmasi argondan necha marta yengil?

6 / 25

6. Tarkibida 75% sof malaxit bo`lgan 200 g mineraldan qancha g mis (II) oksid ajratib olish (Cu(OH)2·CuCO3 = 2CuO + CO2 + H2O) mumkin? Reaksiya unumi – 0.9.

7 / 25

7. NaxSOx+2 tarkibli tuzning 1 g ida 4.24·1021 ta oltingugurt atomi bo`lsa, x ni aniqlang.

8 / 25

8. Tartib raqami 19 bo`lgan element atomlarida nechta elektron pog`ona bor?

9 / 25

9. Reaksiyaning tog`ri reaksiya tezlik konstantasi 2,3×106 s-1 ga, muvozanat konstantasi 4,0 × 108 ga teng. Teskari reaksiya tezlik konstantasi nechaga teng?

10 / 25

10. Kumush saqlovchi 1,50 gr ruda eritildi va barcha Ag⁺ 0,124 gr Ag₂S ga aylandi. Rudadagi kumushning massa ulushini aniqlang.

11 / 25

11. Qaysi elementning 1,00 gr na`munasi eng ko`p molekulani o`zida saqlaydi?

12 / 25

12. Qaysi kvant sonlar kombinatsiyasini real atomga qo`llash mumkin? Kvant sonlarning kelish ketma – ketligi – [bosh kvant son (n), orbital kvant son (l), magnit kvant son (ml), spin kvant son (ms)].

13 / 25

13. Pastda keltirilgan atomlarni atom radiusi kamayib borishi taribida joylashtiring.
Pb, P, Cl, F, Si

14 / 25

14. 45˚C da suvning ion ko`paytmasi 4,0×10-14 ga teng. Shu temperaturada toza suvning pH qiymatini aniqlang.

15 / 25

15. Iodid ion asosli sharoitda permanganat bilan gipoyodit ionigacha quyidagi reaksiya bo`yicha oksidlanadi:
I- + MnO₄- → IO- + MnO₂
Tenglashtirilgan reaksiya tenglamasida gidroksid ionining iodid ioniga miqdoriy nisbati qanday?

16 / 25

16. O`zgarmas harorat va hajmli germetik konteyner ichiga 3:1 mol nisbatda mos ravishda vodorod va azot joylandi, tegishli katalizator ishtirokida ammiak gazi hosil bo`ldi. Muvozanat qaror topganidan so`ng vodorod parsial bosimi kvadratining ammiak parsial bosimiga nisbati 0.2 ga teng bo`lsa, N2(g) + 3H2(g) → 2NH3(g) reaksiyasining muvozanat kanstantasi Kp ni hisoblang.

17 / 25

17. Cl- elektron konfiguratsiyasi keltirilgan qatorni toping.

18 / 25

18. Naproksenda qancha uglerod atomi sp-, sp2- va sp3- gibridlanishda hamda molekulada qancha π-bog`
mavjud?

19 / 25

19. Quyidagi ikki atomli molekulalardan qaysi biri eng yuqori bog` energiyasiga ega.

20 / 25

20. Pastda keltirilgan reaksiyaning muvozanat konstantasidan foydalanib,
2SO3(g)=2SO2(g) + O2(g) K = 1,8×10-5
quyidagi reaksiyaning muvozanat konstantasini aniqlang.
SO2(g) + 1/2O2(g)=SO3(g) K = ?

21 / 25

21. C3H8O formulaga nechta izomer to`g`ri keladi?

22 / 25

22. Tabiiy mis 63 va 65 izotoplardan iborat bo`lib, uning atom massasi 63.54 ga teng. Har bir izotopning tabiatdagi molyar ulushini mos ravishda aniqlang.

23 / 25

23. Tarkibida 10% qo`shimchalari bo`lgan 50 g ohaktoshdan necha g karbonat angidrid olish mumkin?

24 / 25

24. Agar reaksiya unumi 70% bo`lsa, 2.45 g bertolle tuzidan necha l (n.sh.da) kislorod olish mumkin?

25 / 25

25. 0,1 M li 1 ml ikki valentli metal saqlagan eritmaning rangi och pushti bo`lib, unga 1 ml konsentirlangan HCl kislota eritmasi qo`shilsa, eritma rangi yorqin-ko`k rangga o`zgaradi. Metall ionini aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0