Fizika attestatsiya №11

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №11

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism o‘z tezligini 120 sekund ichida 3 marta oshirdi va 480 m masofaga ko‘chdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping(m/s).

2 / 40

2. Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).

3 / 40

3. Jismga bir vaqtning o`zida 3 N va 8 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagidagi qaysi kuch yuqoridagi vektorlarning teng ta’sir etuvchisi bo`la oladi?

4 / 40

4. Yuqoriga tik otilgan tezlikli jism qanday balandlikka ko‘tariladi?

5 / 40

5. Mutlaq silliq stolda M=10kg massali taxta, taxtada esa m=4kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,2. Taxtachaga F=10N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s²) bilan harakatlanishini aniqlang.

6 / 40

6. Bikirligi 100 N/m bo’lgan prujina vertical tayanchga mahkamlangan. Prujinaga qanday (kg) massali yuk osilganda uning cho’zilishi 1 sm ga teng bo’ladi? g=10 m/s²

7 / 40

7. Moddiy nuqta yo’lning birinchi 4 km ini 2 km/h tezlik bilan, qolgan 1 h da esa 2,5 km/h tezlik bilan harakatlansa, uning boshlang’ich 2h dagi o’rtacha tezligini toping ( km/h )?

8 / 40

8. Muhitda to‘lqin uzunligi 8π m bo‘lgan ko‘ndalang to‘lqin hosil qilinmoqda. Agar muhit zarralarining maksimal tezligi 20 cm/s, tebranish amplitudasi 8 cm bo‘lsa, to‘lqinning tarqalish tezligini (m/s) toping.

9 / 40

9. Rasmda protonni qaysi nuqtaga joylashtirilsa, u eng katta energiyaga ega bo'ladi?

10 / 40

10. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima?

11 / 40

11. 100 km yo’lda 10 kg benzin sarflaydigan avtomobil divigateli yonilg’i bakining sig’imi 60 litr bo’lsa, avtomobil bakidagi yonilg’i bilan qancha yo’l bosadi? ρbenzin=710 kg/m3

12 / 40

12. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2.

13 / 40

13. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C.

14 / 40

14. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma?

15 / 40

15. Burchak tezlanish bilan chiziqli tezlik orasidagi burchak qancha gradus?

16 / 40

16. Elektron atomni ionlashi uchun kamida qanday tezlikka (Mm/s) ega bo`lishi kerak? Atomning ionizatsiya energiyasi 0,392 •10-17    J. Elektron massasi 9,1• 10-31   kg.

17 / 40

17. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi?

18 / 40

18. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi?

19 / 40

19. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

20 / 40

20. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang.

21 / 40

21. Massasi 2000 t bo‘lgan poyezd to‘g'ri chiziqli harakatlanayotib, tezligini 36 dan 72 km/soatga oshirdi. Impulsning o‘zgarishini toping.

22 / 40

22. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin.

23 / 40

23. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

24 / 40

24. 1,2 kg massali jism aylana bo’ylab 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Jism 90° ga burilganda uning impulsi qanday o’zgaradi (kg·m/s)?

25 / 40

25. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi?

26 / 40

26. Ikkita elementar zarracha bir nuqtadan chiqib, shu nuqtaga nisbatan biri 0,4c, ikkinchisi 0,5c tezliklar bilan qarama-qarshi tomonga uchib ketdi. Zarrachalarning bir-biriga nisbatan tezligini toping.  c-- yorug`likning vakuumdagi tezligi.

27 / 40

27. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg.

28 / 40

28. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³  ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi?

29 / 40

29. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng.

30 / 40

30. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

31 / 40

31. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng.

32 / 40

32. Qarshiligi 15Ω  bo‘lgan reostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesimi 1,25 mm²  bo‘lgan nikelin simdan necha kilogramm olish kerak? (Nikelin simning zichligi 8,8 g/sm³ , solishtirma qarshiligi 0,4Ω•mm²/m ).

33 / 40

33. Tebranish konturi sig`imi 0,5 F bo`lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanishning maksimal qiymati 9V bo`lsa, konturdagi tok kuchining amplituda qiymati necha  mA  ga teng bo`ladi?

34 / 40

34. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

35 / 40

35. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta?

36 / 40

36. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3).

μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m

37 / 40

37. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan?

38 / 40

38. Chang’ichi tepalikka ko’tarilayotib 3 km ga teng yo’lni o’rtacha 5,4 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. U pastga tushayotib 10 m/s tezlikda 1 km yo’l  o’tadi. Chang’ichining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping.

39 / 40

39. Massasi 1,6 kg yuk osilgan ip gorizontal yo‘nalishda 12 N kuch ta’sirida yangi vaziyatga keltirildi. Ipning tarang­lik kuchini toping

40 / 40

40. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0