Biologiya attestatsiya №11

0%
11

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №11

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Langust qaysi sinfga kiradi

2 / 40

2. Ikki belgisi boʻyicha geterozigota genotiplarni aniqlang 1. AabbCcDD 2. AAbbCCdd 3. AaBbCcdd 4. AABBCcDd 5. AABbCcDd

3 / 40

3. Quyidagilardan to’g’ri(I) va qiyshiq(II) gulli vakillarni tanlang? 1. qoqio’t 2. Zangori sachratqi 3. Ermon shuvog’i 4. Qizil lola 5. nok 6. Itqovun 7. Soya 8. Baobab 9. Bo’tako’z

4 / 40

4. Pisum sativumning resessiv belgilarini ajrating? 1)gulining qizilligi 2)donining silliqligi 3)yashil rangli,silliq don 4)gulning poya uchida joylashishi 5)poyaning uzun bo'lishi 6)yashil rangli, bo'g'imsiz dukkak 7)sariq rangli bo'g'imli bo'g'imsiz dukkak 8)gulning barg qo'ltig'ida joylashishi

5 / 40

5. Nazariy jihatdan dala qirqbo’g’imining 1 tasporangiysida 5 ta spora yetilsa, 1 ta spora beruvchi boshog’idan taxminan nechta spora yetilishi mumkin?

6 / 40

6. Oq amur(a),gurbusha(b) va baqa(c)ni umurtqa pog`onasiga birikmagan kamar suyaklar soni aniqlang.

7 / 40

7. G`ovak tolali(a) va tig`iz tolali(b) biriktiruvchi to`qima xillarini aniqlang.

8 / 40

8. Ulotriksni jinsiy va jinssiz ko`payishida 256 ta izogameta va 40 ta zoospora hosil bo`lgan bo`lsa, izogametalarninng 50% dan zigota hosil bo`lib ulardan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Jinsiy ko’payish natijasida qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan.

9 / 40

9. Burun teshigi og`iz teshigi bilan bog`langan (I) va bog`lanmagan (II) sovuqqonli hayvonlarni toping?

10 / 40

10. Ulotriksning jinsiy va jinssiz ko’payishi natijasida 144 ta yangi ulotriks ipi hosil bo’ldi. Ko’payish jarayonidagi gametalar va zoosporalarning nisbati 1 : 4 bo’lsa, jinssiz ko’payish natijasida nechta yangi ulotriks ipi hosil bo’ladi?

11 / 40

11. Quydagi rasmdan miya sopining qismlarini belgilang.

12 / 40

12. Odam yuragining muskullarda paydo bo'ladigan o‘zgarishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati qanday ataladi?

13 / 40

13. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘iz; 2) laylak; 3) chigirtka; 4) o‘rgimchak; 5) kaltakesak; 6) o‘simlik.

14 / 40

14. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi.

15 / 40

15. Oziq zanjiridagi 1,2,3,4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang

16 / 40

16. Santa-Gertruda va Zagorsk zotlari uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni belgilang. 1)ichagi anal teshigiga ochiladi: 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshituv yo’liga ega; 3) tana o‘zgarishlar harorati doimiy; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub: 5) embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; 6) yuragi to‘rt kamerali.

17 / 40

17. Gormonlar, ular ishlab chiqariladigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari jadvaldagi qaysi raqamlar qatorida muvofiq tarzda to‘g‘ri berilgan?

18 / 40

18. Odamning Odamning bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) tashqi kulrang qavati nerv hujayralaridan iborat; 2) o‘ng va chap yarimsharlarda hid bilish, eshitish, ko‘rish, chamalash va tuyg‘u markazlari joylashgan; 3) chakka qismida eshitishning oliy markazi joylashgan; 4) ensa qismida ko‘rishning oliy markazi joylashgan; 5) chap yarimsharda geometrik obrazlari aniqlash markazi joylashgan.

19 / 40

19. Jadvaldagi 1, 2, 3, 4 tartib raqamlarining gorizontal qatorlarida prokariot, lishaynik va zamburug‘ vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Qaysi gorizontal qatordagi ma’lumotlar berilgan organizmlar uchun mutloq to‘g‘ri?

20 / 40

20. Sersut qoramol zotlarini aniqlang.

21 / 40

21. Churrak (a), ilvirs (b), bo‘g‘ma ilon (mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyachasida burmalar yo‘q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko‘p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi.

22 / 40

22. Odamda kretinizm kasalligining kelib chiqish sababini ko‘rsating.

23 / 40

23. Sog‘lom odam tinch nafas chiqargandan so‘ng chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarish holati ... deb ataladi.

24 / 40

24. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang. 1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi

25 / 40

25. Zoosenoz tarkibiga kiruvchi ko‘l baqasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1)eshituv organlari ichki va o‘rta quloqdan iborat; 2)ayirish organi ikkita tasmasimon buyrakdan iborat; 3)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 4)yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qovoqsiz ko‘zlari yaqin masofadan yaxshi ko‘radi; 6) qovurg‘alarining bir uchi ko‘krak umurtqalariga, ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi.

26 / 40

26. Odam buvragining kalavasimon kanalchalarida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

27 / 40

27. Toshbaqaning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang.

28 / 40

28. Quyidagilardan yo'sintoifa, ochiq urug‘lilar va yopiq urug`lilar bo‘limlari uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) murtak xaltaning mavjudligi; 2) jinsiy ko‘payishning ustunlik qilishi; 3) xlorofillning bo`lishi; 4) qo‘sh urug‘lanish; 5) tuxum hujayraning urug'kurtakdagi arxegoniyda yetilishi; 6) sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i.

29 / 40

29. Ko’zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti yetishmasligi (a) va to’r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi (b) natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni ko’rsating.

30 / 40

30. Shakli o‘zgargan ildiz ( a ) poya ( b ) barg ( c ) larga ega o‘simliklarni juftlab ko‘rsating. 1) topinambur; 2) karam; 3) piyoz; 4) lavlagi; 5) bodring; 6) burchoq; 7) do‘lana; 8) turp.

31 / 40

31. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i.

32 / 40

32. Odam organizmidagi nafas chiqarish jarayonida qisqaradigan (I) va qo’lni tirsakdan yozuvchi (II) muskullarni belgilang.

33 / 40

33. Rasmda odam skeleti tasvirlangan. O'zaro harakatchan (a), yarim harakatchan (b), harakatsiz choksiz (va harakatsiz chok orqali ( birikadigan suyaklar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

34 / 40

34. Zuhrasochning sporalari (a), funariyaning gametalari (b) qayerda yetiladi?

35 / 40

35. Achitqi zamburug‘lari nima bilan oziqlanadi (a) va oziqlanish jarayonida qanday birikmalar hosil bo‘ladi (b)?

36 / 40

36. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi?

37 / 40

37. Dala qirqbo‘g‘imining jinsiy bo‘g‘ini uchun mos keladigan javobni aniqlang.

38 / 40

38. Kamxastak va qarag‘ayga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) fitosenoz vakili; 2) murtak xalta; 3) urug‘; 4) fitofag; 5) urug‘kurtak; 6) tuguncha.

39 / 40

39. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi.

40 / 40

40. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Odam yuragi chap qorinchasiga ...1)qon bo'lmachadan o'tadi; 2)qon yarim oysimon klapan orqali o'tadi; 3)arterial qon o'tadi; 4)venoz qon o'tadi; 5)qon vena tomiridan o'tadi; 6)uch tavaqali klapan orqali o'tadi; 7)ikki tavaqali klapan orqali o'tadi

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0