10-sinf Fizika olimpiada №2

0

10-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. A punktidan o’zaro perpendikulyar yo’llar orqali bir vaqtning o’zida ikki avtomobil : birinchisi 80 km/h va ikkinchisi 60 km/h tezliklar bilan jo’nab ketishdi. Ular qanday tezlik (km/h) bilan bir-biridan uzoqlashmoqdalar?

2 / 25

2. Chizmada ko’rsatilgan qaysi nuqtaning magnit induksiya vektori kattaroq qiymatga ega?

3 / 25

3. Quyidagi rasmda magnit maydonning tok bilan o’zaro ta’siri ko’rsatilgan. Amper kuchining yo’nalishini toping.

4 / 25

4. Baland bino tarnovidan ikkinchi tomchi uzilgaa paytdan  2 sekund o'tgach, uning birinchi tomchidan uzoqligi 25 m bo'lsa, tomchilar qanday vaqt intervalida (s) uzilishini  aniqlang.

5 / 25

5. Buyumni nikellaahda 3 m² yuzasida 0,05 mm qalinlikda nikel  qatlami hosil qilish uchun necha gramm nikel ishlatiladi? Nikelning zichligi 8900 kg/ m³ ga teng.

6 / 25

6. Jismning harakat tengiamasi x = 0, 5t² + 2t + 4 ko'rinishga  ega. Jismning tezligi harakat boshlanganidan keyin 5 s  o'tgach qanday bo'ladi (m/s)?

7 / 25

7. Ovchi tinch turgan qayiqda turib uchayotgan qushga  gorizontga nisbatan 30° burchak ostida o'q uzdi. Ovchining qayiq bilan birgalikdagi massasi 80 kg. O'qnlng massasi 40 g,  o'rtacha tezligi esa 400 m/s. Suvning qayiq harakatiga   o'rtacha qarshilik kuchi 4 N bo'lsa, qayiq qancha masofaga  (m) siljidi?

8 / 25

8. Kub shaklidagi muz bo’lagi ichida bir jinsli sharsimon jism joylashtirilgan bo’lib, ushbu muz suvda to’la botgan holda suzib yuribdi. Agar kub shaklidagi muzning tomonlari a, uning ichidagi sharning diametri ham a ga teng bo’lsa, shu sharsimon jism moddasining zichligini (kg/m³) toping. Muzning hamda suvning zichliklari 0,9 g/sm³ va 1,0 g/sm³.

9 / 25

9. Ko’lning biror h chuqurligidagi bosim 0,5 MPa ga teng bo’lsa, undan 10 m chuqurroqdagi gidrostatik bosim necha kPa ga teng bo’ladi? P₀=100 Pa, g=10 m/s²

10 / 25

10. Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir tomonga qarab mos holda 5 m/s va ? tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha bilan devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha, dastlabki yo’nalishida, 2 m/s tezlik bilan harakatni davom etdi. Devorning tezligi ? (m/s) nimaga teng?

11 / 25

11. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi?

12 / 25

12. 20 sm uzunlikdagi 25 A tokli o’tkazgichni bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda 20 mm masofaga siljitishda 20 mJ ish bajarildi. Magnit maydon induksiyasini aniqlang (Tl).

13 / 25

13. Massasi 500 g bo‘lgan jism 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan  tik yuqoriga otildi. Agar jism 4 m balandlikka ko'tarilgan  bo'lsa, jism ko'tarilayotgan davrda havoga ishqalanish  kuchlari qanday ish (J) bajargan?

14 / 25

14. Gidravlik pressning 0,5 m² yuzali kichik porsheniga bosim  ga orttirilsa, sirti 1  bo'lgan katta porshenga bosim  qanchaga ortadi?

15 / 25

15. Massasi 20 g bo'lgan sharcha bikrligi   2000 N/m bo'lgan  prujinaga qanday balandlikdan (m) tushganida prujina  1 sm ga siqiladi?

16 / 25

16. Moddiy nuqta koordinatasi ?=2+3sin(4?∙?+?/2) qonun bo’yicha o’zgarmoqda. ?=0 vaqtda nuqta tezligi qanday bo’lgan?

17 / 25

17. Tinch turgan 2,5 kg massali jismga 20 N va 15 N kuchlar  o'zaro 90° burchak ostida ta’sir qilmoqda. Jismning 3 s dan keyingi tezligini (m/s) toping.

18 / 25

18. Chastotasi 2 Hz bo'lgan to'lqin 3 m/s tezlik bilan   tarqalmoqda. Bir-biridan 75 sm masofada bo'lgan nuqtalar  v tebranishlarining maksimal fazalar farqi qanday?

19 / 25

19. Ikki ishchi og’irligi 600 N va uzunligi 6 m bo’lgan bir jinsli taxtani ko’tarib ketmoqda. Taxtaning uchlari birinchi ishchining yelkasidan 1 m, ikkinchi ishchining yelkasidan 2 m chiqib turibdi. Taxta har bir ishchi yelkasiga qanday kuch (N) bilan bosmoqda?

20 / 25

20. Gorizontal sirtdagi 25   impulsli bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to’qnashgandan keyin impulsi 15   bo’lib qoldi. Ikkinchi sharning impulsi () qanday bo’lib qoldi

21 / 25

21. Jismning boshlang'ich tezligi 7 m/s. Jismga tezlikka  proporsional bo'lgan (proporsionallik koeffitsiyenti 3,5 kg/s)  ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Jism massasi 3,5 kg bo'lsa,  jism to'xtagunicha qancha yo'l bosadi?

22 / 25

22. Har binning qalinligi h= 7 sm bo'lgan yetti brusok   bir-biriuing ustiga taxlangan bo'lib, bu to‘p suv sirtida tik  holda suzib yuribdi. Bunda suvning sirti tepadan sanaganda   beshinchi va oltinchi brusoklar orasiga to'g'ri kelgan. Agar  brusoklardan biri olib tashlansa, to'pning suvga botishi  necha sm o'zgaradi?

23 / 25

23. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?

24 / 25

24. Magnit induksiyasi 70 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda uchib kirgan ilfa zarrasi radiusi 16,6 sm gat eng bo’lgan aylana trayektoriyasi bo’ylab harakatlanadi. Alfa zarrasiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuchni toping (N)  e=1,6·10-19C  1m.a.b=1,66·10-27 kg 

25 / 25

25. Dengiz sathidan 240 m chuqurlikdagi botiqda atmosfera bosimi 0°C da P1 ga, dengiz sathidan 1,2 km balandlikdagi atmosfera bosimi esa P2 ga teng. P1/P2  nisbatni toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

6 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0