Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 228 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi javob variantlarida keltirib o‘tilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi biri podsho hukumatining jabr- zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan? (XIX asr oxirida) A) Ernazarbiy qo‘zg‘oloni B) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni C) Bobo Go‘klan qo‘zg‘olon D) Dinnosirbek qo‘zg‘oloni 2 / 25 2. Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Ajinatepa buddasi haykali B) Trayan ustuni C) Ulug‘bek rasadxonasi D) Sfinks haykali 3 / 25 3. Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni … boshqarishda mandat huquqini qo`lga kiritishdi. A) 1921-yil 12-noyabrda B) 1921-yil dekabrda C) 1919-yil mayda D) 1919-yil aprelda 4 / 25 4. Manchjou-Go qo`g`irchoq davlatini tuzgan davlat tarixida bo`lib o`tgan to`g`ri javobni toping. A) 1935-yil Millatlar Ligasidan chiqib Koreyaga qarshi tajovuzni kuchaytirdi B) 1920-yillar o`rtalariga kelib hukumatda harbiylarning roli kuchaydi va so`l kuchlar quvg`in ostiga olindi C) 1940-yil 5-aprelda SSSR bilan neytralitet haqidagi paktni imzoladi D) 1920-yillar o`rtalariga kelib mamlakatda sanoat to`ntarishi yuz berdi 5 / 25 5. “Ravzat us-safo” asarining muallifi umrining ko`p qismini qaysi shaharda o`tkazgan? A) Balx B) Samarqand C) Buxoro D) Hirot 6 / 25 6. Vashington konferensiyasida asosiy rolni o`ynagani davlatlarni toping . 1.AQSh 2.Buyuk Britaniya 3.Fransiya 4.Yaponiya 5.Rossiya A) 1,2,4 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,2,3 7 / 25 7. Xondamirning “Habib us-siyar” asari O`rta Osiyo va Xurosonning qaysi davr tarixini o`rganishda muhim manba sanaladi? A) XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragi B) XV asrning so`nggi choragi va XVII asrning birinchi yarmi C) XV asr oxiri va XVII asrning o`rtalari D) XIV asrning so`nggi choragi va XV asrning birinchi choragi 8 / 25 8. Arab xalifaligida san`atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan? A) tasviriy san`at B) me`morchilik C) haykaltaroshlik D) musiqa 9 / 25 9. BXSR dastlabki hukumati tarkibida adliya noziri kim bo`lgan? A) Muxtorjon Saidjonov B) Yu. Ibrohimov C) Mukammal Burhonov D) Najib Husainov 10 / 25 10. Quyidagi shaharlarning qay biri Peloponnesda joylashmagan? A) Messena B) Olimpiya C) Knid D) Sparta 11 / 25 11. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Kaspiy dengizi B) Qozoq juzlari C) Eron D) Buxoro 12 / 25 12. Germaniya tarixida – Veymar respublikasi davri qachondan boshlandi? A) 1918-yil 31-iyul B) 1919-yil 8-noyabr C) 1919-yil 31-iyul D) 1923-yil 13 / 25 13. Misrda ta`lim olayotganda o`quvchilar nimalarga yozishgan? 1.papirusga 2.sopol buyum parchasiga 3.papirusdan ishlangan qog`ozga 4.ohaktoshga A) 2.4 B) 2.3 C) 1.2 D) 1.3 14 / 25 14. Qaysi atama italyancha so`z bo`lib qog`oz, hujjat degan ma`noni anglatadi? A) industriya B) kartel C) ekspansiya D) trest 15 / 25 15. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida Fransiyada qaysi sohalarda inqiroz yuz berdi? 1.oziq-ovqat 2.kimyo 3.to`qimachilik 4.metallurgiya 5.neftni qayta ishlash 6.mashinasozlik A) 2,4,5,6 B) 1,3,4,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,5 16 / 25 16. Qachondan Afrika qit`asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlangan? A) XVIII asrning oxirlaridan B) XVIII asrning o`rtalaridan C) XIX asrning 70-yillaridan D) XIX asrning boshlaridan 17 / 25 17. Mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’plagan vatandoshimiz nomi ko’rsatigan to’g’ri javobni toping? A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Nasr Farobiy C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Ahmad al Farg’oniy 18 / 25 18. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul qaysi davlatda edi? A) Italiya B) Germaniya C) Fransiya D) Angliya 19 / 25 19. 1875-yilda qayerda Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi? A) Bolgariyada B) Serbiya va Chernogoriyada C) Bosniya va Gersogovinada D) Galitsiyada 20 / 25 20. Mesopotamiyada o`z oilasini boqish uchun kambag`allar …… mulklarida ishlaganlar. A) zodagon va kohinlar B) podsho va ibodatxona C) hukmdor va harbiylar D) hukmdor va zodagonlar 21 / 25 21. O`zbekiston SSRda 1931-yil avgustda 3871 xo`jalik “quloq oilasi” sifatida qayerlarga surgun qilingan? 1.Ukraina 2.Qrim 3.Qozon 4Sibir 5.Shimoliy Kavkaz A) 1,3,5 B) 2.3,5 C) 1,2,3 D) 1,4,5 22 / 25 22. Niderlandiyada Vilgelm van Oran`ye Shimoliy hududlar hukmdori deb e`lon qilingan yili Fransiyada…….. A) diniy urushlar boshlandi B) Genrix Navarskiy taxtga chiqdi C) Nant edikti imzolandi D) ”Varfolomey tuni” bo`lib o`tdi 23 / 25 23. Farg`ona vodiysida qachon favqulodda holat e`lon qilindi? A) 1921-yil 3-noyabrda B) 1921-yil 13-sentyabrda C) 1920-yil 6-martda D) 1920-yil 3-mayda 24 / 25 24. 1877-yilda Toshkentda “Shahar nizomi”ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan? A) general-gubernator B) harbiy vazir C) armiya generali D) imperator 25 / 25 25. O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot a)1843 b)1844 c)1832 d)1825 A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6