Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 229 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 11 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Ikki buyuk sarkarda” B) “Buyuk Temur” C) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” D) “Temur tuzuklari” 2 / 25 2. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; B) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; C) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; D) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; 3 / 25 3. Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) AQSh B) Italiya C) Ispaniya D) Rossiya 4 / 25 4. ’’Buyuk Temur’’ nomli sahna asarini kim yozgan? A) Pero Meksika B) I.M.Mo’minov C) Klavixo D) Xristofor Morlo 5 / 25 5. Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon bostirilgandan 600 yil o`tib……. A) G`aznaviylar davlati barham topdi B) Ibrohim Bo`ritegin Vaxsh, Chog`aniyon va Xuttalonni egalladi C) Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi D) Ma`sud G`aznaviy hukmronligi tugadi 6 / 25 6. Baronlarning deyarli barchasi qirilib ketgan urush tugagandan to’rt yil o’tgandan so’ng bo’lgan voqeani toping. A) Genrix VII Tyudor taxtga o’tirdi B) Ibrohim Lo’diy taxtga o’tirdi C) Mo’g’ullarga qarshi kurashda Moskva knyazi dastlabki g’alabaga erishgan D) Karl VIII taxtga o’tirdi 7 / 25 7. Amerigo Vespuchchi vatani tarixiga oid to`g`ri javobni toping. A) 1872-yilda Fransiya ta`sirida bo`lgan Rim shahri Italiya qirolligiga qo`shib olindi B) J.Garibaldi Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishgan C) Italiyani birlashtirish Sitsiliya qirolligi zimmasiga tushdi D) J.Garibaldi Palermoni egallaganidan so`ng Neapolga yurish qildi 8 / 25 8. 1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali qanchaga oshgan? A) 2 barobar B) 3 barobar C) 2,25 barobar D) 7,5 barobar 9 / 25 9. Qaysi shayboniy hukmdorlar o`z davrining nihoyatda o`qimishli kishilari bo`lganlar? 1.Ubaydulloxon 2.Shayboniyxon 3.Abdulazizxon 4.Abdullaxon 5.Ko`chkunchixon A) 2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,5 D) 1,2,5 10 / 25 10. Chechakka qarshi emlash usulini kim aniqlagan? A) A.Levenguk B) Y.Mayer C) E.Jenner D) E.Jenner va A.Levenguk 11 / 25 11. Qachon industrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to`plandi? A) XIX asr o`rtalarida B) XVII asr oxirlarida C) XIX asr boshlarida D) XVIII asr o`rtalarida 12 / 25 12. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Kaspiy dengizi B) Eron C) Buxoro D) Qozoq juzlari 13 / 25 13. Quyidagi javoblardan qaysi biri o`rta asrlarning birinchi davriga xos emas? A) G`arbiy Yevropada yangi diniy ta`limot-xristianlikning keng tarqalishi B) Yer egaligining yangi turlarini shakllanishi C) Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi D) Yirik feodal davlatlarning paydo bo`lishi 14 / 25 14. Quyidagi atamalar juftligidan qaysi biri bir xil ma’noni beradi? A) sanoat-industriya B) patent-dividend C) sudebnik-edikt D) deklaratsiya-bill 15 / 25 15. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi…nishonlandi. A) 1999-yil dekabrda B) 2000-yil noyabrda C) 1998-yil oktabrda D) 2001-yil oktabrda 16 / 25 16. Qo`qon xonligi davrida qurilgan me`moriy obidalarni qurilgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1.Xudoyorxon saroyi 2.Hokim oyim madrasasi 3.Sulton Murodbek 4.Hazrati Kalon Sohibzoda a)1869-1870 y b)1872 y c)1862 y d)1863-1870 y A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c C) )1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 17 / 25 17. Qachondan Afrika qit`asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi? A) XIX asrning boshlaridan B) XIX asrning oxirlaridan C) XIX asrning o`rtalaridan D) XIX asrning 70-yillaridan 18 / 25 18. O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari-satrapliklar yillik soliq to`lashdan tashqari …ham safarbar etilgan. A) saroy va ibodatxonalar qurilishiga B) yo`llar qurilishiga C) boj yig’ish uchun D) to`g`onlar qurilishiga 19 / 25 19. Kimning asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o`ziga xos aybnoma edi? A) F.Shiller B) O.Balzak C) A.S.Pushkin D) I.Gyote 20 / 25 20. Sun sulolasi davrida Xitoyning … viloyatlarida hunarmand-to`quvchilar shoyi gazlamalarning o`nlab xillarini tayyorlaganlar. A) janubiy B) shimoliy C) g`arbiy D) sharqiy 21 / 25 21. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1843-yilda B) 1825-yilda C) 1832-yilda D) 1844-yilda 22 / 25 22. Xivaning XVI asrdan 1812-yilga qadar bo`lgan tarixini yozgan tarixchining jiyani nechta asarning muallifi bo`lgan? A) 13 ta B) 15 ta C) 16 ta D) 12 ta 23 / 25 23. Qadimda Qashqadaryoning sharqiy qismi qanday atalgan? A) Uzunqir B) Afrosiyob C) Yerqo`rg`on D) Nautaka 24 / 25 24. Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimiga tayinlangan yili halok bo`lgan temuriy hukmdor kimning yordamida Samarqand taxtini egallagan? A) Abulxayrxon B) Abdulaziz C) Mirzo Abdullo D) Abulqosim Bobur 25 / 25 25. G`arbiy Yevropada vujudga kelgan Uyg`onish davrining vatani nima sababdan Italiya bo`ldi? A) G`arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalistik jamiyatga xos xususiyatlar ertaroq vujudga kelgan B) Italiya mustamlakachilik urushlari va diniy nizolardan uzoq muddat chetda turganligi C) G`arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada sanoat to`ntarishining ertaroq vujudga kelganligi D) Italiyaning O`rta Yer dengizida hukmron maqeyining yuqoriligi va Atlantika okeanidagi savdoda yetakchi bo’lganligi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6