Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №12 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №12 InfoMaster Aprel 6, 2022 633 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №12 KO’MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN SO’ZLARNING SHAKLLARI KO’MAKCHI BILAN BIRGA KELGAN SO’Z SO’ZLARNING SHAKLLARI (KO’MAKCHILARNING KELISHIKLAR BILAN QO’LLANISHI) MUSTAHKAMLASH BOG’LOVCHILAR TENG BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 41 Til oldi undoshlari to'g'ri berilgan qatomi toping. A) q, g',d B) r, s, g C) t, z, sh D) 1, d, t 2 / 41 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) harakat va holat fe’llariga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga D) to’liq va to’liqsiz fe’llarga 3 / 41 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Buni oradan ko’tarmasak ish bitmaydi A) oshirmoq B) hazm qilmoq C) yo’qotmoq D) ichmoq 4 / 41 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi D) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi 5 / 41 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi B) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi C) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman D) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi 6 / 41 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) necha? B) qachon? C) qancha? D) nega? 7 / 41 Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ? A) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi B) Vaqt allamahal bo’lib qolgan edi C) Ali Qushchi allanimalarni o’ylab ketdi D) Ot nima uchundir o’rnidan jilmasdi 8 / 41 Qancha-qancha donolar bu masala ustida bosh qotirmadi . 2.Biz-u siz bu masalani yecha olmaymiz . 3.Usta u deb ko’rdi,bu deb ko’rdi–bo’lmadi .4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz . A) 2, 4 B) 3, 4 C) 1, 2 , 3, 4 D) 2 9 / 41 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,5 B) 2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5 10 / 41 Sof ko'makchilar berilgan qatorni belgilang. A) evaziga, yo'sinda, boshlab B) yarasha, badaliga, vajidan C) yanglig', dovur, doir D) qarata, asosan, bobida 11 / 41 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! B) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. C) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur D) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. 12 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan? A) avval,qadar,bo’ylab,deb B) ust,oldin,avval,qosh C) so’ng,qarab,orqali,sari D) ost,ro’para,bilan,kabi 13 / 41 Teng bog’lovchilarning xususiyatlari tog’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) A va B B) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. C) uyushiq bo’laklar va gaplarni bog’lab keladi. D) uyushiq bo’laklar va gaplar o’rtasidagi sabab va oqibat munosabatlarini ifodalab keladi 14 / 41 Qaysi gapda ko‘makchi qo‘llangan? A) Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik ko‘yidagi aytilgan qo‘shiqdir. B) Endi xat jo‘natmayman, toki meni tezroq unutsin. C) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. D) Bilar edim, shuning uchun indamadim. 15 / 41 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) qadar. B) sayin, sari. C) so`ng, beri. D) binoan, qarshi. 16 / 41 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) so`ng. B) uchun C) qadar D) sayin 17 / 41 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) chamasi B) o`zga C) bilan D) uzra 18 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. B) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin C) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. D) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 19 / 41 Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o'rganishdadir. Ushbu gapda qatnashgan teng bog'lovchilarni ko'rsating. A) -u, hamda, bilan B) -u, hamda, va C) -u, hamda, bilan, va D) bilan, hamda 20 / 41 Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan? A) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi. B) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. C) Ark suv quygan kabi jimjit. D) Gap futbol o’yini ustida ketardi. 21 / 41 Qaysi gapda ko'makchi ishtirok etmagan ? A) Urushdan oldin bu yer bo'm bo'sh edi B) Ishning boshiga srakor keldi C) Marraga avval Salim keyin Shuhrat eng so'ng Behzod yetib keldi D) Marraga Shuhratdan avval Salim, undan keyin Behzod yetib keldi 22 / 41 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar B) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar C) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar D) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar 23 / 41 Qaysi ko`makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so`z bilan qo`llanadi? A) qadar,uchun B) binoan, qarshi. C) sayin, sari. D) so`ng, beri. 24 / 41 Bosh va qaratqich kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) beri B) sayin. C) kabi D) binoan 25 / 41 Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sari,yarasha,tomon B) uchun,doir,so’ng C) kabi,bo’ylab,muvofiq D) sayin,uzra,qadar 26 / 41 Qaysi ko'makchilar chiqish kelihigi shaklidagi so'zlar bilan birga keladi ? 1 so'ng 2 tomon 3 bilan 4 bo'lak 5 boshtab 6 keyin A) 1,2,3 B) 1,4,5,6 C) 1,2 D) 2,3,4 27 / 41 Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) ayriuv bog’lovchilar B) bog’lovchilar-yuklamalar C) sabab bog’lovchilar D) zidlov bog’lovchilar 28 / 41 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) 1,2,3 B) faqat 1 C) 2,3 D) l,3 29 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud ? A) Marraga avval Salim ,keyin Jahongir ,eng so’ng Oatbek yetib keldi B) Oldinda chuqur soy ,orqada baland cho’qqi ,orada maydon C) Gaplarning barchasida ko’makchi mavjud D) Bu ishlarga siz tufayli erishdim ,ustoz 30 / 41 Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra B) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan C) ko‘ra, qaramay, yarasha, bo‘ylab, muvofiq D) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab, sari 31 / 41 Bilan, singari ko`makchilar qaysi kelishikdagi so`zlar bilan birga qo`llanadi. A) bosh, jo`nalish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar bilan. B) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish. C) bosh kelishikdagi so`zlar bilan D) tushum va qaratqich. 32 / 41 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi B) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi C) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi D) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi 33 / 41 Teng bog’lovchilar nimasiga ko’ra biriktiruv, zidlov, ayruv hamda inkor bog’lovchilariga bo’linadi? A) so’zlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlatni ro’yobga chiqarganligi uchun B) so’z va gaplarni tobe qilmasdan bog’lab kelgani uchun C) B va C D) gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro’yobga chiqarganligi uchun 34 / 41 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) Ko‘makchi qo’llanmagan. B) 3 ta C) 2ta D) 1 ta 35 / 41 Bog‘lovchi ishtirok etmagan gap qaysi qatorda berilgan? A) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na lok. B) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki ayamasdi. C) Xoh o'zing bor, xoh ukangni jo'nat. D) Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o'paman goho. 36 / 41 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) sayin, tufayli. B) sari, qadar C) kabi, singari. D) bilan, uchun 37 / 41 Qaysi qatordagi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) biroq. lekin B) chunki. shuning uchun C) va. ham D) yo. yoki 38 / 41 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. B) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. C) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. D) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. 39 / 41 Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra .. A) yakka va takror B) shart va aniqlov C) sof va vazifadosh D) teng bog'lovchi .ergashtiruvchi bog'lovchi 40 / 41 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. B) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. C) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam D) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. 41 / 41 Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar ko'rsatilgan?1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;3) ko'makchi, yukiama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi;5) zidlov bog'lovchilari uyushiq bo'laklarni emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi. A) 1,2, 3,4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1,2,3 D) 1,2,3, 4, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz