Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №13 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №13 InfoMaster Aprel 6, 2022 118 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №13 SOF VA VAZIFADOSH BOG’LOVCHILAR BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILAR AYIRUV BOG’LOVCHILAR ZIDLOV BOG’LOVCHILAR INKOR BOG’LOVCHISI YAKKA VA TAKROR BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 42 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 6 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 2 / 42 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. C) sodda, qiyosiy, orttirma. D) oddiy, qiyosiy, orttirma. 3 / 42 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda B) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar 4 / 42 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq B) yordam, ko’mak, madat. C) sovuq, oltin D) yosh, zang, to’p 5 / 42 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Barchasi to’g’ri B) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. C) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. D) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. 6 / 42 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. B) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. C) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. D) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. 7 / 42 Berilgan olmoshlardan qaysilari bo’lishsizlik olmoshi hisoblanadi. A) kim, qachon, bu. B) qayer, birov, kimdir. C) kim, u, bu D) hech kim, hech qachon. 8 / 42 Olmoshlarning qaysilari takroriy holda qo’llanadi ? A) kishilik, ko’rsatish. B) so’roq, ko’rsatish. C) gumon, o’zlik. D) o’zlik, belgilash. 9 / 42 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Bobur bog'i ,Orol dengizi B) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i C) mening kitobim , o'z bog'im D) kitobning muqovasi,o’zining she’ri 10 / 42 Ko’makchilar, asosan, quyidagi qaysi so’zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ravishdosh, otlashmagan so’zlar B) A va B C) harakat nomi, sifatdosh D) ot, olmosh 11 / 42 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas B) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi C) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi D) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi 12 / 42 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. C) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. D) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin 13 / 42 Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping. A) goh. yo. ba’zan B) shuning uchun, goh yo C) dam, va, ham D) va, ammo, lekin 14 / 42 Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan so’z berilgan javobni toping. A) ammo B) lekin C) balki D) biroq 15 / 42 Inkor bog’lovchisi qo’llangan gap qatorini toping . A) Bilim qayiarish va takrorlash mevasidir B) Hunar birla aqling birikkan hamon , Har ish bu jahonda yurishgay ravon. C) Sog’lik undan bahramand kishiga ham , boshqalar uchun harii buyuk ne’matdir D) Xalqlarning hech biri boshqasiai takrorlamaydi : na tii , na qiyofa va na mehrda 16 / 42 Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi vazifasidagi so’z qo’llangan? A) Ma’nisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o’lish demakdir. B) Berilgan barcha gaplarda C) U turmushidan, o’tgan umridan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmasdi. D) Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. 17 / 42 Qaysi gapda sof va vazifadosh bog'lovchi qo'llangan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o'ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi. B) Mehmonlar sut-qatig‘-u choy ichib, darhol o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanamas uyquga ketdilar. C) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi. D) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do'st bo'l. 18 / 42 ...bir maslahatni aytib bo'ladi, ...ro'zg'or ishini. (Cho ‘lpon)Nuqtalar o‘rniga qaysi ayiruv bog’lovchisini qo‘yish mumkir A) goh...goh B) yo...yo C) na...na D) ham...,ham. 19 / 42 Ayiruv bog’lovchilar qo’llangan gapni toping. A) Tinchlik va ozodlik uning qo’shig’i B) Dam salobatli. dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi tinglovchini go’yo sehrli qayig’i bilan allaqanday maftunkor sohil sari boshlar. goh tebratib, goh to’lqinlatib borardi C) Malika na yurib charchaydi na sovuqdan shikoyat qiladi D) U ketdi-yu,ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi 20 / 42 Takror qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini aniqlang. A) yo, goh, go’yo B) ba'zan, ham, bir C) hamda. ammo. balki D) dam, yoki, ya’ni 21 / 42 Qaysi gapda takror bog’lovchilar mavjud? A) Goh shamol keladi ,goh yomg’ir yog’adi . B) Qo’lini yuvdi-da hovuchlab suv ichdi C) Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir. D) U Navro’z bayrami yoki dehqonlar kuni deb ham yuritiladi 22 / 42 Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib, unga orom bag’ishlardi.Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti? A) zidlov bog’lovchisi vazifasida B) inkor bog’lovchisi vazifasida C) mustaqil so’z turkumi vazifasida D) modal so’z vazifasida 23 / 42 Na …,na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi ? A) bo’lishli shaklda B) barcha javob to’g’ri C) o’rni bilan bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda D) bo’lishsiz shaklda 24 / 42 Qaysi javobda yakka holda qo’llanadigan teng bog’lovchilar berilgan? A) dam, biroq, yoki B) lekin. hamda,va C) va, toki, shuning uchun D) chunki, agar,ya’ni 25 / 42 Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi. B) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati,shukuhi o’zgacha. C) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini. D) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. 26 / 42 Bog’lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Eshikka qarang, birov keldi-yov B) Bizning guruhimiz tayyor-ku-ya, sizniki-chi? C) Qiziqsiz-a, buvi, eski mahalla qoldimi? D) Salimxon xonadan chiqdi-yu, telifon jiringladi. 27 / 42 Mazmuni zid bo’laklarni bog’lash uclun qo’llangan bog’lovchini belgilang c A) Balki baxt ham shudir B) Zaif yuragim balki chindan ham ko’tarolmasdi C) Goh kulib. goh kuldiradi D) Bu qir tep-tekis emas. balki past-baland qirlar edi 28 / 42 Ba’zan...ba’zan bog’lovchisi yakka holda ishlatilsa qaysi so’z turkumiga oid bo’ladi? A) ko’makchi B) bog’lovchi C) ravish D) yuklama 29 / 42 -u, -yu yuklamasi qaysi gapda zidlov bog’lovchisi sifatida qo’llangan? A) Havo ochildi-yu. kun isimadi B) Dalada qo’y-u qo'zilar o’tlamoqda C) Sinfni boshida ko’targan bola shhu-yu D) Erta-yu kech umidimiz sizdan 30 / 42 Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi vazfasida ishlatilgan? A) Qor yog’di –yu sovuq sezilmadi B) U erta-yu kech kitob o’qiydi C) Bordi -yu kelmasa-chi? D) Aytay dedim-u. iloji bo’lmadi 31 / 42 Zidlov bog’lovchisi qo’llangan gapni aniqlang. A) Dunyoda yaxshi kitoblar ko’p, lekin bu kitoblar uni o’qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir B) Tuzsiz sho’r ovqatlar bemaza bo’ladi C) O’shanda yo men sinovdan o’tdim, yo siz sinovdan o’tdingiz D) Na mashina boradi. na arava 32 / 42 Balki,siz haqdirsiz.2.Siz emas, balki u haqdir.Gaplardagi balki so’zi haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) 1- gapda modal so’z, 2- gapda zidlov bog’lovchisi. B) Har ikkovi gapda ham modal so’z C) 1- gapda zidlov bog’lovchisi, 2-gapda modal so’z D) Har ikkovi gapda ham zidlov bog’lovchisi 33 / 42 Bog’lovchi vazifasidagi -u, -yu yuklamalari qaysi bog’lovchilar o’rnida qo’llanilishi mumkin? A) ayiruv bog’lovchilar o’rnida B) zidlov bog’lovchilar o’rnida C) biriktiruv bog’lovchilar o’rnida D) A va C 34 / 42 Oaysi gapda -yu yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi o’rnida qo’llangan.? A) Ko’ngil yig'laydi-yu,ko’zlarda yosh yo'q B) Sobir keldi-yu, Akram ko’rinmadi C) Olma-anorlar g’arq pishib yotibdi-yu . D) Qor yog’di-yu, izlar bosildi 35 / 42 Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog’lovchilardan keyin vergul qo’yilishi mumkin? A) -u(-yu), -da, balki B) -u(-yu), -da, -ku, ya’ni C) ammo, lekin, biroq, balki D) -u(-yu), -da 36 / 42 Ayiruv bog’lovchilari to’g’ri berilgan qatorni toping. A) va, hamda. bilan. yo. yoyinki B) yo. yoxud. yoki. goh-goh, dam-dam C) ammo. lckin. biroq D) na, goh. va. Biroq 37 / 42 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, ba’zan B) -u, yu, -da, balki C) -u, -yu, -da, xoh D) -u, -yu, -da, na . . na 38 / 42 Biriktiruv bog’lovhchilarga mansub birliklar berilgan qatorni toping. A) A,B,C B) bilan, ham C) u (-yu). –da D) va, hamda 39 / 42 Suv - bu dunyodagi eng yumshoq modda, lekin qattiq narsalarni yengishda unga teng keladigani yo'q.Mazkur gapda qo'llanishiga ko'ra bog'lovchining qaysi turi qatnashgan? A) ergashtiruvchi bog'lovchi B) teng bog'lovchi C) zidlov bog'lovchisi D) yakka bog'lovchi 40 / 42 Takroriy bog’lovchilar qaysi qatorda berilgan? A) dam. ammo, va B) yo. yoki. goh, dam C) ham ,chunki,biroq D) goh, agar, ham 41 / 42 Qaysi qatorda bilan so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanmagan? A) Ruboiy bilan tuyuqning ne farqi bor ? B) O’qituvchi bilan o’quvchi o’tasidagi munosabat yaxshilandi. C) Nodira qizi bilan o’g’lini uyda qoldirdi D) Aql bilan qul bo’lmish ozod. 42 / 42 Garchi zug'um qilganlarni yoqtirmadim,She’r yozdim-u bo'lak ishni qotirmadim.Gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra qaysi turi ishtitok etgan? A) takror bog‘lovchisi B) yakka bog'lovchi C) teng bog’lovchi D) ergashtiruvchi bogiovchi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz