Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №9 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №9 InfoMaster Aprel 6, 2022 128 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №9 EGALIK QO’SHIMCHALI SO’ZLARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH KELISHIK SHAKLLARI BOSH KELISHIK SHAKLI QARATQICH KELISHIGI SHAKLI TUSHUM KELISHIGI SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) Yasama so'z mayjud emas. B) 2 C) 4 D) 3 2 / 37 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) badbo’y, sovuq B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) bo’ydor, xushbo’y 3 / 37 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar B) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda 4 / 37 Sinonimik qatorni belgilang A) kukush,mayin, o’tkir B) yoz ,ot,kech C) to’r,uch , xayr D) belgi,nishon,alomat 5 / 37 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) III shaxs birlik va ko’plikda. C) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. D) II shaxs birlikda 6 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi D) Hech bir his aqldan bo’lmaydi 7 / 37 Quyidagilarning qaysi biri bo’lishsizlik olmoshi emas? A) hech qachon B) hech bir C) hech nima D) barchasi bo’lishsizlik olmoshi 8 / 37 Qaysi qatorda takror olmosh qo’llangan.? A) Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shu kishini vatani deyilur. B) Bu tarix qanchadan qancha janggu-jadallarning guvohidir. C) Biz o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyamiz. D) Har kishining boshiga balo kelsa, o’zining tilidan keladi. 9 / 37 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 1 ta B) 3 ta C) 4ta D) 5ta 10 / 37 Qachon egalik qo'himchaiari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi A) mustaqil fe'l bilan qo'llanganda B) to'liqiz fe'l bilan qo'llanganda C) harakat tarzi shakli bilan qo'llanganda D) sifatdosh va harakat nomi bilan qo'llanganda 11 / 37 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) mening kitobim , o'z bog'im B) Bobur bog'i ,Orol dengizi C) kitobning muqovasi,o’zining she’ri D) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i 12 / 37 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga B) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga C) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga D) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga 13 / 37 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.Berilgan so'zlarning qaysi biriga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, asosqismda fonetik o'zgarish bo'ladi? A) faqat 5 B) 1,2,3,4 C) 2,5 D) 1,3,4 14 / 37 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 2,3,4 B) 1,2,3,4, C) 2,4 D) 1 15 / 37 Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlik, birodarlik va samimiyatga chorlaydi.Berilgan gapdagi nechta so‘z bosh kelishik shaklida qoilangan? A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 16 / 37 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan B) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan C) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. D) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 17 / 37 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) mavzu B) avzo C) parvo 18 / 37 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) qaratqich va tushum B) qaratqich C) tushum D) qaratqich va o‘rin-payt 19 / 37 Qisqasi, madaniyatli bo’lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas.Gapda qaratqich kelishigining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? A) faqat 1 ta belgili qaratqich shaklidagi so‘z mavjud B) 1 ta belgili, 1 ta belgisiz C) 1 ta belgili, 3 ta belgisiz D) 1 ta belgili, 2 ta belgisiz 20 / 37 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) bosim, bilim, to’zim B) halim, terim,bo’lim C) tuzim, unim, qonim D) so’lim, qo’nim, korim 21 / 37 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,5 D) 2,3,4,5 22 / 37 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 3ta B) Bunday so'z qo'llanmagan C) 1 ta D) 2ta 23 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotgani... uning huzuri... shogirdlari... biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani... sezib ko‘ngli... ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib golibdi.Ushbu parchada nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan? A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 24 / 37 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 3 25 / 37 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda B) zamon otiga qo'shilganda C) qarindoshlik otlariga qo'shilganda D) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi 26 / 37 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 3,4,5,7 B) 1,2,3,7 C) 1,3,4,5,7 D) 1,2,3,4,5,6,7 27 / 37 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 6 B) 4 C) 7 D) 5 28 / 37 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 29 / 37 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 1,3 B) l,2 C) 2, 3 D) faqat 2 30 / 37 Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. B) Paxtaning ziltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. C) Ongni eskirgan, g'arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Ulug‘ saltanati bilan olamni titratgan Amir Temur ustozini oyoq tomoniga qo‘yilishini vasiyat qilgan edi. 31 / 37 Yaxshi tarbiya ko’rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o’z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin…o’tsa, sheriklari…yordam qo’li…uzatadi, safi…kengaytirib, yangi g’alaba…ko’zlaydi. A) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni B) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ni,-ni,-ni,-ni C) -ni,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni D) -ning,dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni 32 / 37 Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan? A) ikki o'rinda belgili, ikki o'rinda belgisiz B) bir o'rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz C) bir o'rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz D) ikki o‘rinda belgili, bir o'rinda belgisiz 33 / 37 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda B) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda D) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda 34 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari B) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari C) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari D) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari 35 / 37 So‘zga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida qanday fonetik hodisa yuz berishi mumkin?1) tovush tushishi; 2) tovush ortishi; 3) tovush almashishi. A) faqat 1 B) 1,2,3 C) l,3 D) 2,3 36 / 37 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush orttirilishi va tushishi B) tovush almashishi va tushishi C) tovush almashishi D) tovush tushishi 37 / 37 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz