Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №10 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №10 InfoMaster Aprel 6, 2022 276 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №10 JO’NALISH VA CHIQISH KELISHIGI SHAKLI MUSTAHKAMLASH YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI KO’MAKCHILAR SOF KO’MAKCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 39 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 9 B) 11 C) 10 D) 12 2 / 39 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . B) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. C) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi D) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . 3 / 39 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) har ikkala gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 4 / 39 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) ko’r, shoir, biologiya. B) g’or,kafil,hosil C) adash,to’q ,dasta D) talaffuz ,muddat,xalq 5 / 39 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) ular B) biz C) В, С. D) siz 6 / 39 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . B) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . C) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . D) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . 7 / 39 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) . Kimda savol bor. B) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. C) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. D) Bular siz ekkan daraxtlar. 8 / 39 Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) soch, qosh B) mashina, maydon C) burun, ogiz D) ko’rik, shahar 9 / 39 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 5ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4ta 10 / 39 Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan? A) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar. B) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar.. C) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. D) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. 11 / 39 Kelishiklar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash bo’ladi ? A) nisbat hosil qiluvchi qo'shimchala’ga B) kelishik qo'shimchala’ga C) to’siqsiz fe’llarga D) ko’makchilarga 12 / 39 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) ko’makchi B) bog’lovchi C) yuklama D) modal 13 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi ishtirok etmagan? A) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. B) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz. C) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz. D) Vatan ham Ona kabi qadirlidir. 14 / 39 Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi . A) modal so’zlar B) yordamchi so’zlar C) undov va taqlid so’zlar D) mustaqil so’zlar 15 / 39 Quyidagi berilgan qaysi turkumga oid birliklarning bazilari o’zlari birikib ketgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajralib yoziladi? A) A,.B B) ko’makchilar C) bog’lochilar D) yuklamalar 16 / 39 Sof ko’makchilarning xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilagan javobni toping. A) bunday ko’makchilar utg’u olmaydi B) ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi. C) bunday ko’makchilar atash ma’nosini tamoman yo’qotgan bo’ladi. D) o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi 17 / 39 Yo’nalish ma’nosini ifodalgan sof ko’makchilarni aniqlang 1) tomon 2) sari 3) qarab 4) qadar 5) sayin 6) bo’ylab A) 1,2,3,6 B) 1,2,5 C) 2,4 D) 2 18 / 39 Sof ko'makchilar haqida qaysi hukm noto'g'ri ? A) Sof ko'makchilar yolgiz o'zi gap bo'lagi bolib kela olmaydi B) Sof ko'makchilar urg'u olmaydi C) Sof ko'makchilar she'riy nutqda ba'zi hollarda chiziqcha bilan yozilishi mumkin D) Sof ko'makchilar tobe o'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi 19 / 39 Quyidagi hususiyatlarning qaysilari mustaqil va yordamchi so`zlarni farqlash uchun xizmat qiladi?1 Ma`lum so`roqqa javob bo`ladigan . 2 Bosh bo`laklar vazifalarini bajarishi va bajarmasligi 3Atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi 4 Gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligi so`z yasalish tiziminig bor yo`qligi A) 2.4.5. B) 1.2. C) 3.4.5. D) 1.3.4. 20 / 39 Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi.Ushbu gapda nechta o‘rinda kelishik shakli belgili qoiiangan? A) 6 ta B) 3ta C) 7ta D) 4 ta 21 / 39 Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ... A) yuklamalar B) sof ko’makchilar C) vazifadosh ko’makchilar D) bog’lovchilar 22 / 39 Sen o'z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo'lmadi farzand.Kelishiklaming qo'llanilishi haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) 3 ta belgili , 2 ta belgisiz B) 3 ta belgili , 3 ta belgisiz C) 4 ta belgili , 2 ta belgisiz D) 2 ta belgili, 3 ta belgisiz. 23 / 39 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) bog’lovchi B) kelishik C) yuklama D) undov so’z 24 / 39 Kelishik shakllarining qo'llanishi bilan bog'liq to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Qaraqtqich va qaralmish yonma-yon kelsa, qaratqich belgisiz qo'llanadi. B) Olmoshlarda jo‘nalish belgisiz qo‘llanadi. C) Atoqli otlarga qo'shilgan tushum belgisiz qo‘llanadi. D) Sifatdoshlarga qo'shilgan qaratqich belgili qo‘llanadi. 25 / 39 Ko'makchilar vazifasiga ko'ra qaysi birliklarga o'xshash ? 1 to'siqsiz fe'llarga 2 ko'makchi fe'llarga 3 nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalarga 4 kelishik qo'shimchalarga A) 1,2 B) 4 C) 1,2,3,4 D) 3,4 26 / 39 Quyida berilgan gapdagi tushum va qaralqich kelishiklari sonini aniqlang.Har bir farzand ona nasihatlarini jon quiog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi iozim. A) 3 ta qaratqich, 5 ta tushum B) 3 ta qaratqich, 6 ta tushum C) 1 ta qaratqich, 6 ta tushum D) 1 ta qaratqich, 5 ta tushum 27 / 39 Sof ko’makchi qo’llangan gapni toping. A) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi, B) Gapirishdan avval yaxshilab o’ylash lozim. C) Gap futbol o’yini ustida ketyapdi, D) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. 28 / 39 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) tushum B) chiqish va tushum C) qaratqich D) chiqish 29 / 39 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi D) faqat vositali to’ldiruvchi 30 / 39 Egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshligi qaysi gapda kuzatiladi? A) Kelib so‘rdingmi hech holimi? B) 0‘g‘lima o‘xshaydi ovozing saning C) Xonasin eshigin yopmayin ketmas. D) Uning arzimudur bunda yozilg‘on? 31 / 39 Ko’makchilar, asosan, quyidagi qaysi so’zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) harakat nomi, sifatdosh B) ot, olmosh C) A va B D) ravishdosh, otlashmagan so’zlar 32 / 39 1 Uzum ye. 2. Uzumni ye. 3 Uzumdan ye.Ushbu gaplar ma’nosida qanday farq mavjud? A) 1-sida har qanday uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va uning bir qismi, 3-sida aniq uzum va hammasi B) 1-sida har qanday uzum, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida aniq uzum va uning bir qismi. C) Ma’noiar orasida farq kuzatilmaydi. D) 1-sida aniq uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida har qanday uzum va uning bir qismi. 33 / 39 Ko‘makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan? A) Ko‘makchilar harakat nomidan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. B) Ko‘makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. C) Ko‘makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi D) Ko‘makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. 34 / 39 Sof ko’makchilar berilgan javobii toping. A) kabi, tufayli, haqida, qadar B) tomom, boshida, uchun, orqali C) singari, misoli, haqida, bo’ylab D) sari, sayin, sung, boshida 35 / 39 Tilimizda kelishik qo’shimchalari aro ma’nodoshliking qaysi turi kuzatilmaydi ?1) ni va da 2 ) ga va da 3) ga va dan 4) ni va ning A) Barchasi kuzatiladi B) 2,4 C) 1,3,4 D) faqat 4 36 / 39 Qaysi kelishik qo‘shimchasi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi? A) Bunday shakl yo‘q. B) chiqish C) o‘rin-payt D) jo‘nalish 37 / 39 Sof ko'makchilar berilgan qatorni belgilang. A) yarasha, badaliga, vajidan B) qarata, asosan, bobida C) yanglig', dovur, doir D) evaziga, yo'sinda, boshlab 38 / 39 Qaysi javobda sof ko’makchi berilgan? A) ko’ra ,qarab , qaraganda B) uchun , kabi ,singari,sari ,sayin C) tog’risida ,haqida D) burun ,ilgari ,keyin 39 / 39 Ko’makchilar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash ? A) to’liqsiz fe’llarga B) ko’makchi fe’llarga C) kelishik qo’shimchalar D) nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz