Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 260 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) maymunga, yurganga, borganga B) unga, donga, o'tinga C) nonga, keng, tushuncha D) ongga, yurting, o’zingga 2 / 34 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) grammatik ko’plik. B) jamlik va to’da C) xil, nav, mo’llik. D) kuchaytirish va takid. 3 / 34 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch B) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq C) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq D) burda, para, karch, chimdim, dasta 4 / 34 Shakldosh so’zlar qatorini toping A) eshik ,chang ,kecha ,tog’ B) oltin ,to’r ,cho’qqi .yosh C) bob ,qiz ,tol ,yoqa, ko’z D) kech,shim,tut ,osh,til 5 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) u, o'sha B) аna, mana C) barchasi ko’rsatish olmoshlari D) bu, shu 6 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. B) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! C) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? D) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . 7 / 34 Olmoshlarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari qaysilar.1 Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchilarni qabul qiladi.2 Olmoshlar egalik qo’ shimchalarini olib qo’llanadi.3 Boshqa so’z turkumlarida qo’shimchalar yordamida olmoshlar yasalmaydi.4 Olmoshlardan ayrim yasovchi affikslar yordamida boqa so’z turkumlariga xos so’zlar yasaladi. A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3,4 8 / 34 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz va siz. B) ular. C) biz D) biz, siz, ular. 9 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat B) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim C) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman D) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi 10 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. B) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. C) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. D) men, sen, u, biz, siz, ular. 11 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) sifat B) ot C) fe’l D) olmosh 12 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 2 B) 2,3 C) 1,2 D) 1,2,3 13 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 1,2, 3 B) 1,3 C) 2, 3,4 D) 2, 4 14 / 34 Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin. A) olmosh. B) ravish. C) sifat. D) fe'l. 15 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. B) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. C) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. D) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. 16 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi B) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman C) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi D) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi 17 / 34 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) o’qisangiz B) ko’p C) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q D) kitobni 18 / 34 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Buning nimasi yomon? . B) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. C) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. D) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. 19 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. B) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. C) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan D) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? 20 / 34 Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) tinchlik B) doimo tinchlik bo’lsin C) istagim D) doimo 21 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. B) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. C) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. D) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. 22 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,4 D) 1,2 23 / 34 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) mana bu B) ana bu, anashu C) manavi, anavi D) barchasi to'g'riyozilgan. 24 / 34 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. B) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. C) U to’g’i, chiroyli yozadi. D) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. 25 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. B) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. C) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. D) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. 26 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) Наг kuni men uning uyiga borar edim. B) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? C) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. D) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. 27 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) aniqlovchi. B) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi C) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. D) to’ldiruvchi 28 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. B) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. C) Barchasi to’g’ri D) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. 29 / 34 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6 30 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) men B) ular C) sen D) biz 31 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 1,3 B) faqat 2 C) 2,3 D) l,2 32 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) III shaxs birlik va ko’plikda. C) II shaxs birlikda D) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. 33 / 34 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) A va B. B) -ning, -ni C) -day, -dek D) - aqa, -cha 34 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nolarini ifodalaydi? A) biz B) ular C) barchasi ifodalaydi. D) siz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz