Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 271 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Sovuqni sovuq saqlar , Issiqni issiq (Termos) Ushbu topishmoqda nechta yasama so’z mavjud ? A) 3 B) 1 C) 4 D) 5 2 / 34 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. B) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. C) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. D) atoqli otlarga qo’shilganda. 3 / 34 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) dona va chama son C) sanoq va tartib son D) taqsim va kasr son 4 / 34 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Oqsoqollarni to’rga chiqardik B) Uning oti ancha qari edi C) Keksalar bilan maslahatlashdim D) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi 5 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) faqat 2 B) 1,3 C) l,2 D) 2,3 6 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. B) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. C) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. D) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. 7 / 34 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) В, С. B) ular C) siz D) biz 8 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) ot B) fe’l C) olmosh D) sifat 9 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. B) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. C) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. D) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. 10 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) u, o'sha B) bu, shu C) аna, mana D) barchasi ko’rsatish olmoshlari 11 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. C) Barchasi to’g’ri D) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. 12 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) ular B) biz C) men D) sen 13 / 34 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) siz ,o’zingiz B) biz ,siz C) men ,sen D) ular , siz 14 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) II shaxs birlikda C) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. D) III shaxs birlik va ko’plikda. 15 / 34 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) kitobni B) o’qisangiz C) ko’p D) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q 16 / 34 Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin. A) olmosh. B) sifat. C) ravish. D) fe'l. 17 / 34 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? D) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. 18 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) aniqlovchi. B) to’ldiruvchi C) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi D) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. 19 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2 B) 1,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4 20 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman B) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi C) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi D) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi 21 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. B) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. C) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. D) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. 22 / 34 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4 23 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) men, sen, u, biz, siz, ular. B) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. C) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. D) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. 24 / 34 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 25 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 2,3 B) 1,2,3 C) 2 D) 1,2 26 / 34 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. B) Buning nimasi yomon? . C) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. D) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. 27 / 34 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) mana bu B) manavi, anavi C) ana bu, anashu D) barchasi to'g'riyozilgan. 28 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 1,2, 3 B) 2, 4 C) 1,3 D) 2, 3,4 29 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim B) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman C) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat D) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi 30 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? B) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. C) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. D) Наг kuni men uning uyiga borar edim. 31 / 34 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz va siz. B) biz, siz, ular. C) biz D) ular. 32 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! B) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. C) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? D) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . 33 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. B) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? C) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. D) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan 34 / 34 Olmoshlarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari qaysilar.1 Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchilarni qabul qiladi.2 Olmoshlar egalik qo’ shimchalarini olib qo’llanadi.3 Boshqa so’z turkumlarida qo’shimchalar yordamida olmoshlar yasalmaydi.4 Olmoshlardan ayrim yasovchi affikslar yordamida boqa so’z turkumlariga xos so’zlar yasaladi. A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz