Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 102 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 1) kav…sh, 2) kib…r, 3) kir…m, 4) lut…f, 5)moy Ilmo qoidasiga ko’ra nuqtalar o’rnida i unlisi qo’shilishi kerak bo’lgan so’zlarni belgilang.. A) 3,5 B) 1,2,3,5 C) 1.4 D) 1,4,5 2 / 35 Malum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Shevaga xos so’zlar B) Atamalar C) Paronomlar D) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. 3 / 35 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi B) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi C) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi D) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi 4 / 35 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan B) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi C) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. D) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda 5 / 35 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) ular , siz B) siz ,o’zingiz C) biz ,siz D) men ,sen 6 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor B) jins, tur, xil C) sabab, maqsad o’rin part D) А va C. 7 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2 B) 1,2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 8 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) noaniqlik B) ta’kid C) jamlik D) so’roq 9 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Hech bir his aqldan bo’lmaydi C) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz D) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi 10 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,6 B) 2,7 C) 3,5 D) 1. 7 11 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 12 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. C) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin D) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. 13 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) bu, shu, o’sha, anovi B) bir zum, batamom, ba’zi C) nechta, nechanchi, qancha? D) butun, bari, har bir 14 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) Uning yoshi qanchada? C) To’yga kim-kim keldi? D) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. 15 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! B) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. C) Kimdir eshikni taqillatdi. D) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. 16 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) egalik. B) kelishik. C) egalik va kelishik. D) ko’plik. 17 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) har qaysi, har bir. B) allanima, allanarsa. C) qanday?, qanaqa?. D) hech qanday, hech qaysi. 18 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. B) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan C) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar D) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi 19 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. B) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. 20 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) hurmat C) sof ko’plik D) ta’kidlash 21 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) ko’plik B) kesatish C) A, B, C D) hurmat 22 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) belgilash B) kesatish C) hurmat D) ko’plik 23 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . B) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . C) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . D) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . 24 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 25 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan B) O’zlarimi ,kelsinlar C) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon D) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar 26 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. B) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. C) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. D) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. 27 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. B) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. C) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. D) O’z uyim -o’lan to’shagim. 28 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 6 B) 3,5 C) 1, 6 D) 2, 5 29 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) qancha? B) necha? C) qachon? D) nega? 30 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . B) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . C) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . D) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . 31 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 1, 2, 3 B) 5 C) 8 D) 6 32 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) kishilik olmoshi B) bo’lishsizlik olmoshi C) belgilash olmoshi D) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi 33 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har qaysi. B) hech qachon. C) har yerda. D) hech yoqdan. 34 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Siz qachon ishga borasiz? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Uni kim bergan edi sizga? 35 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. B) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. C) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. D) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz