Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 7-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 109 Ko'rishlar 81 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: T.FAROG’IY 1 / 26 O’limdan qo’rqarmi,bilgil,mard kishi , Bundan qo’rqib ketmoq nomardning ishi . Ushbu so’zlar qaysi doston qahramoniga tegishli ? A) Avazga B) Alpomishga C) Go’ro’g’liga D) Rustamxonga 2 / 26 Qultegin, Bilga hoqon, To’nyuquq obrazlari mujassamlashgan afsonalarni o’zida ifodalagan yodgirlikni toping. A) O’rxun Enasoy B) Avesto C) Ta'birnoma D) Qayumars 3 / 26 Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida qanday insonning «mahshar kunida armoni» bo'lmasligini ta'kidlaydi? A) ilmni sevgan insonning B) рок niyatli qalb egasining C) ota-onasini rozi qilgan insonning D) sabiii ishq egasining 4 / 26 Atoyi devonining qo'lyozma nusxasi hozirda qayerda saqlanadi? A) Londonda B) Moskvada C) Sankt-Peterburgda D) Parijda 5 / 26 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi? A) o'kurmak B) ingramoq C) singramak D) yig'lamsinmoq 6 / 26 Boburnoma»da musawirlardan kimlar faxr va iftixor bilan tilga olinadi? A) Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar B) Shoh Muzaffar, Qul Muhammad Udiy C) Sulton Ali Mashhadiy, Kamoliddin Behzod D) Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy 7 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida: «...yaxshi zamonlar ko'rdiman», - deb ta'kidlaydi va ayni paytda, «rindlarning sarxayli», «xush aysh»larni «damo- dam» (muntazam, uzluksiz) ko'rganligi bilan faxr-u iftixor ham etadi, o'ziga mehr ko'rsatganlarning davrasida «bazm-u majlis qurgan»ligini ham ta'kidlaydi? A) «Bu mulk» B) «Yod mandin...» C) «Turdiman...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 8 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida kechagi imkon va imtiyoz, bugungi imkonsizlik va mavhumiyat she'rxon ko'z oldida qiyoslab beriladi? Hukm jori, so'z qabuli, bir dun dargo'sh edim, Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo'sh edim, Hoy-hoyi bazmlarda shahd no'sho-no'sh edim, Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo'sh edim, Bu zamon yavg'on qozon ostida qolg'on yundiman. A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Yod mandin...» C) «Turdiman...» D) «Bu mulk» 9 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «Dizzax» - Jizzaxni tilga oladi? A) «Yod mandin...» B) «Turdiman...» C) «Bu mulk» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 10 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «tifli ashk» - ko'z yoshining eng kichik bo'lagi singari nazarlardan qolmoq inson uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan tanga pulga o'xshatiladi? A) «Bu mulk» B) «Turdiman...» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Yod mandin...» 11 / 26 Turdi Farog'iyning «Yod mandin...» deb boshlanuvchi she'rining yakunlovchi bandida mojarolarning ostida qaysi urug'ning boshliqlari turganligi ravshanlashadi? A) Qirq urug'ining B) Ming urug'ining C) Yuz urug'ining D) Nayman urug'ining 12 / 26 Shoir Turdidan bizga qadar saqlanib qolgan adabiy meros nechta she'rni tashkil etadi va ular qaysi tilda ijod etilgan? A) 164 ta she'r, o’zbek va fors-tojik B) 18 ta she'r, o’zbek va fors-tojik C) 72 ta she'r, o’zbek va fors-tojik D) 100 ta she'r, o’zbek 13 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon arzimas bir qatragina suvning «zoti qulzum» - dengizga taalluqli ekanligini unutmaslik lozimligiga ishora qiladi? A) «Bu mulk» B) «Turdiman...» C) «Yod mandin...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 14 / 26 Turdi Farog’iy nechanchi yillarda yashagan? A) 1650-1699 B) XVII asrda yashab, taxminan 1699 yoki 1700 yilda vafot etgan C) 1640-1700 D) XVII asr oxiri', XVIII asr boshlari 15 / 26 Turdi qaysi davrda va qayerda yashab ijod etgan? A) XVII asr o’rtalari va XVIII asr boshlarida Samarqandda Shayboniylar hukmronligi davrida B) XVIII asrning ikkinchi yarmida Ashtarxoniylar davrida Buxoroda C) XV asrda Xurosonda Husayn Boyqaro hukmronligi davrida D) XVII asrning ikkinchi yarmida Abdulazizxon va Subxonqulixonlar hukmronligi davrida Buxoroda 16 / 26 Quyidagi bayt qaysi shoirning qaysi asaridan keltirilgan? Tor ko’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling. To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling. A) Turdi Farog’iy "Subhonqulixon" B) Gulhaniy "Zarbulmasal" C) Muqumiy "Tanobchilar" D) Bobur "Boburnoma" 17 / 26 Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan? A) besh dona B) bir dona C) to'rt dona D) uch dona 18 / 26 Turdi Farog'iyning muxammasidan olingan quyidagi qaysi band Turdining iltijolari, Yaratganga murojaati bilan boshlanadi? A) Xeshman, darvish miskin, mustahiq devonadin, Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin. B) Qilmadim shukronayi, soldurdi tufroq oshima, Qolmadi juz dard-u g'am hamdam, musohib qoshima. C) Nozli hukmi qazo hech kirn rad-u man' etmadi, Barcha bo'yniga solan bu rishtani qat' etmadi. D) Voqife yo'q, bu musofirlig'da mandin ne o'tar, Baski yuz ko'yi bila ro'zi kelib, ro'zi ketar. 19 / 26 Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan? A) to'rt dona B) besh dona C) uch dona D) bir dona 20 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko'plab qiyinchiliklarni ro'para qilganligi sabab hozir hatto ignaning teshigidan nam o'tadigan darajaga yetib kelganligini aytadi? A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Turdiman...» C) «Bu mulk» D) «Yod mandin...» 21 / 26 Turdi Farog'iy kimning huzurida moddiy qiyinchilikda yashaydi? A) Rahimbiy huzurida B) Nodirmuhammad huzurida C) Oqbo'tabiy huzurida D) Subhonqulixon huzurida 22 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon iztiroblarining manbalari kashf etilib, ular orasida «charxi dun», «gardishi davron», shuningdek, taqdirning buqalamunliklari ajralib turadi? Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob. A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Yod mandin...» C) «Turdiman...» D) «Bu mulk» 23 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'ri yozilayotgan paytda o'z tug'ilgan joyida emas, boshqa o'lkalarda yashashga majbur bo'lganligi sabab, kunlarning qiyinligini, vaziyatning og'irligini «bo'lmagay mundin batar» ifodasi orqali ko'rsatib beradi? A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Yod mandin...» C) «Bu mulk» D) «Turdiman...» 24 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida tushkunlikka tushgan, qiyinchiliklar girdobida yashayotgan shaxs fojiasining tasvirini chizar ekan, qiynalib ketdim demaydi, balki xalqona tilda: «Oshimga tufroq soldirdi», - deydi? A) «Yod mandin...» B) «Bu mulk» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Turdiman...» 25 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rining lirik qahramoni nazarida «umri kiromi», «g'ussayi behuda» afsus va nadomatlar bilan to'lib-toshmoqda va barchasi «zaxmi nishi ro'zgor ahlini talx-u tundiman» degan xulosa uchun asos bo'lmoqda? A) «Bu mulk» B) «Yod mandin...» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Turdiman...» 26 / 26 Turdi Farog'iyning quyidagi baytida qo'llanilgan «faroz», «nishib», «qarib» so'zlarining ma'nolarini toping. Yuz farozidin ozib, tushdum nishibi qirqqa, Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa. A) «faroz» - balandlik, «nishib» - pastlik, «qarib» - qarimoq B) «faroz» - pastlik, «nishib» - balandlik, «qarib» - qarimoq C) «faroz» - yaqin; «nishib» - balandlik, «qarib» - pastlik D) «faroz» - balandlik, «nishib» - pastlik, «qarib» - yaqin 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz